Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги



бет12/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40

HARAKAT VA SALOMATLIK
A.Ashurov, E.Tursunqulov, I.Mirzayev, SamDU

O`zbekiston Respublikasining ta’lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida sog`lom avlod davlat dasturi mazmunida o`z aksini topgan g`oyalar insonni intellektual va ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakillantirish imkonini beruvchi eng maqbul yo`l ekanligini ifoda etadi.

Harakat qilish jismoniy rivojlanishning boshqa ko`rsatgichlari bilan bir qatorda insonlar salomatligiga o’bektiv ko`rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Odamda harakatlanish ehtiyoji u tug`ilgan vaqtdanoq paydo bo`ladi.

Hozirgi vaqtdagi turmush tarzi odamdan haddan tashqari harakatchanlikni talab qilmaydi. Ayniqsa, talabalar, maktab o`quvchilari, aqliy mehnat ishchilari, yengil jismoniy faoliyat bilan shug`ullanuvchi kishilar turli darajadagi rahbarlarga aloqadir.

Har qaysi ota-onalarning orzusi bo`lgan, ya’ni o`z farzandlarining jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk bo`lib, hayotga munosib o`rnni egallashni eng ommaviy maqsad deb bilgan mamlakat va xalqigina yuksak taraqqiyotga erishadi.

Bolaning salomatligi u yashaydigan muhit sharoitiga chambarchas bog`liq ekanligi bugungi kunga hech kimga sir emas. Bola salomatligiga ta’sir etuvchi omillar tib ilmining bilimdoni buyuk Ibn Sinoning ko`pgina asarlarida ham o`z aksini topgan bo`lib, unda salomatlikni asosiy garovi sifatida shaxsiy gigiyena qoidalari bayon qilishgan. Inson salomatligi atrofimizni o`rab turgan havoning tarkibiga bog`liq, chunki havo gavdamizni va ruhimizning tarkibiga kirgan to`rt asosiy unsurlarning biridir.

Ibn Sino ta’limoticha, bolaning salomatligi ko`p jihatdan ota-ona sog`ligiga bog`liq bo`lib, u o`sayotgan va rivojlanayotgan muhit ham o`z ta’sirini ko`rsatadi. Oilada bola hayotini to`g`ri yo`lga qo`yishning asosiy shartlari quyidagilaridan iborat bo`lish kerak. Oqilona qatiy belgilangan kun tartibi, quyosh, toza havo, gigiyena talablari, yo`llar va jismoniy mashqlarni to`g`ri yo`lga qo`yish hamda barcha talablarni bajarish.

2014-yil ,,Sog`lom bola yili’’ munosabati bilan yurtimizda barcha yo`nalishlarda yanada yoshlarni salomatligiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu vazifani hal etishga maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasi muhim o`rinda turadi.

Umuman olganda yosh bolalar sog`ligini mustahkamlashda ularni har tomonlama rivojlantirishga turli xil qiziqarli harakatli o`yinlarni ahamiyati kattadir. Bolalarga quvonch bag`ishlaydigan harakatli o`yinlar orqali, bola tevarak atrofdagi borliqni kuatadi, o`zini qurshab turgan olamni tushuna boshlaydi, unga turmush, hayot hodisalariga muayyan munosabat ma’no bo`ladi.

Hozirgi kunlarda harakat tanqisligi biroz bo`lsada muommolarga duch kelmoqda. Ushbu muammolar bo`yicha Urgut va Tayloq aholi turar joylarida so`rovnomalar o`tkazdik. So`rovnomalarni tahlil qilish orqali quyidagilarni aniqladik.

1 Xotin-qizlarni uy yumushlari bilan shug`ullanishi o`zi yetarli deb hisoblashadi.

2 Ba’zi kasalligi bor kishilar, sog`lar sport bilan shug`ullansin, menga nima kerak deb noto`g`ri fikrlashadi.

3 Ko`pchilik ota-onalar o`z farzantlarini semiz (to`la) bo`lishlarini istab, kam miqdorda harakatlantirib, ko`proq ovqat yeyish kerak deb o`ylashadilar.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyudagilarni tavsiya qilamiz.

-Aholi turar joylarida turli sport majmualarigda turli sport mashg`ulotlarini tashkil etish lozim.

-Tug`riqxonalarda har xil yengil mashqlarni o`tkazib turish va ma’sul xodimlar belgilanishi kerak.

-Bolalarni yoshiga qarab, mashqlar kompleksini ishlab chiqish.

Ma’lumki jismoniy tarbiya va sport har tomonlama barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish inson organizmini mustahkamlaydi. Ish qobiliyatini ustiradi, sog’lom hayot tarziga ehtiyojini tarbiyalaydi. Harakat faoliyati insonning ruhiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. U salbiy, ruhiy ta’sirlar, aqliy charchashni bartaraf etish vositasi va yutuq faoliyati omiliya sifatida xizmat qiladi. Sog’lom bolada jismoniy mashqlar natijasida miya qon aylanishi yaxshilanadi. Jajjigina beshik ostonasida emaklay boshlayotgan chaqaloq ota-onasining imo-ishoralari bilan harakatlana boshlaydi. Qay tomonga yo’naltirilsa qaysi va qaysi harakatni ko’rsatsa shunga qarab takrorlaydi. Bolani kichik yoshidanoq xayotga to’g’ri tarbiyalay olish, oila a’zolarining kichiktirib bo’lmas mas’uliyatlari sanaladi. Zero kelajak bugundan boshlanadi. Bolani shu yoshidan tarbiya masalasiga e’tibor berilmasa kelajak boy beriladi. Oilada bola tarbiyasi uning jismoniy va ma’naviy sog’lom bo’lib yetishishini kun jihatdan tarbiyaning o’z vaqtida bosqichma-bosqich jarayonida berib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Ibn Sino o`zining asarlariga badantarbiya qilsangiz, sizga dori-darmonni hojati yo`q deb yozadi. Toza havoda ko`proq bo`ling deb maslahat bergan. Har bir kishi sport bilan shug`ullanish, harakatlar ehtiyojlarini qondirishi lozim.
JISMONIY MASHQLARGA YOSH ORGANIZMNING MOSLASHISH YO’LLARI
A.A. Qurbonov, O.K.Raupov, SamDU

Yosh bolalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sport ishlarini kengaytirish masalalarini bugungi zamon talablari darajasida ko’tarish , jismoniy madaniyat va sport musobaqalarining vazifalaridan biridir. Yosh bolalarni sport turlariga jalb qilish va ular bilan sport mashqlarini tashkil qilishda yoshlarning morfologik rivojlanganligini aniqlashda maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, sport mashqlari jarayoni yosh organizmga har tomonlama o’z ta’sirini o’tkazadi.

Har qaysi yoshda bolalar organizmining rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlariga ega. Binobarin, organizmdagi funksional tuzilish o’zgarishi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish, jismoniy madaniyat mashg’ulotlarida nihoyatda muhimdir. Umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklarini sifatli tashkil qilib borishda yuqorida qayd etilgan yosh xususiyatlarining davrini hisobga olish muhim bo’lgan vazifalardan biridir. Bunday holatlarda ayniqsa, 7-sinfda tahsil olayotgan o’g’il va qiz o’quvchilar bilan ko’proq harakatda bajariladigan jismoniy mashqlarni tashkil etish kerak. Bu yoshdagi bolalar harakat faoliyatlari ancha yuqoriligi bilan farq qiladi. Yosh bolalar fiziologik xususiyatlari va harakat faoliyati, ular bilan jismoniy madaniyat dars va mashg’ulotlari jarayonida yoki, sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda harakatli sport o’yinlarini ko’proq o’tkazishni taqqozo qiladi.

Muayyan yoshdagi bolalar organizmida jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlar jarayonida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini har bir jismoniy madaniyat mutaxassisi yaxshi bilishi kerak. Chunki, bu yoshdagi bolalarda suyak tizimi shakllanib, qon bosimi ko’tarilib, skelet suyaklari, ko’krak qovurg’asi rivojlanib boradi.

Jismoniy madaniyat darslarini shunday tashkil etish kerakki, unda har o’quvchining morfologik tuzulishidagi kamchiliklar aniqlanib, shu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko’rilishi lozim. Olib borilgan izlanish va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yosh xususiyatlariga ko’ra, o’g’il va qiz bola o’rtasidagi tafovut unchalik katta bo’lmasada, lekin qiz bolalar 11-12 yoshda o’g’il bolalarga qaraganda, 2-3 yosh farq qiladi. Lekin, 11-12-13-14 yoshda bu o’zgarishlar o’g’il bolalarda tez sur’atlarda rivojlanishini ko’ramiz.

Yosh organizm har tomonlama tashqi muhit ta’siriga moslashishga harakat qiladi. Organizm o’zining tabiiy rivojlanish qobiliyatlariga ega bo’lganligi sababli, bajarilishi murakkab bo’lgan mashqlar yoki uzoq muddatda bajarishga mo’ljallangan jismoniy mashqlar, yoxud mashq jarayonida sport turlarining texnik va taktik tomonlarini o’zlashtirishda oddiydan –murakkabga, osondan-qiyinga qarab boruvchi pedagogik tamoyillardan foydalanilsa, yosh organizminng bunday holatlarga moslashishi ko’nikma va malaka hosil qilishi osonroq kechadi. Ko’nikma va malaka yosh organizmda birdaniga shakllanmaydi, chunki, bir mashqni uzoq muddat bajarish qayta-qayta takrorlash usuli bilan shakllanadi. Bu borada olib borilgan kuzatishlar bir qator natijalarni ko’rsatmoqda, jumladan 11-12 yoshdagi bolalar bilan yengil atletikaning uzoq masofalarga yugurish bo’yicha natijalarini nazorat qilganimizda, ko’pchilik bolalarning manzilga, ya’ni marraga yetib kela olmaganligi ko’zga tashlanadi. Bunda yosh bolalarda iroda, chidamlilik kabi sifatlar, jismoniy fazilatlar ham yaxshi rivojlanmaganligi namoyon bo’ldi. Jismoniy tarbiya jarayonida maxsus mashqlar bosqichma- bosqich, muntazam o’tilmaganligi tufayli o’quvchilarning jismoniy tarbiyadan natijalari past bo’lib qolmoqda. O’sib kelayotgan yosh organizm o’zining tuzilishi jihatidan rivojlanishi bilan katta yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga to’g’ri keladi. Kuch, iroda, egiluvchanlik, epchillik kabi jismoniy sifatlar insonda tabiatdan mavjud bo’ladi. Biroq organizmdagi bu jismoniy sifatlarni yanada rivojlanish uning jismoniy mashqqa moslashishini ta’minlash, so’zsiz, jismoniy madaniyat o’qituvchilari zimmasiga yuklatiladi. Chunki, har bir jismoniy madaniyat va sport mutaxassisi yosh organizm xususiyatlarini bilishi, buning uchun anatomiya, fiziologiya, pedagogika, psixologiya, sport metrologiyasi, biomexanika, jismoniy madaniyat nazariyasi fanlarini yaxshi o’zlashtirishi lozim. Shu taqdirdagina u o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishi mumkin bo’ladi.

Yosh organizm tashqi muhit ta’siriga javob beradi, u har tomonlama tez suratlar bilan rivojlanishiga harakat qiladi. Buning uchun bularda moyillik bo’ladi. Bunday holatda sportchi o’z organizmini muntazam ravishda jismoniy mashqlar yordamida tayyorlab borishi kerak. Tashqi muhitda va jismoniy mashqlarga moslashish so’zsiz yosh bolalar organizimi rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligiga bog’liq.
YOSH AYLODNI TURLI SALBIY TA’SIRLARDAN ASRASHDA BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
M.Imomov, I.X.Omonova, D.D.Xalimov, SamDU

Sog`lom avlodni tarbiyalashda sport va jismoniy tarbiyaning o`rni beqiyosdir. Sog`lom odamgina chinakam baxtli bo`la oladi. Faqatgina sog`lom xalq, sog`lom millat buyuk ishlarga qodir bo`ladi.

Mamlakatimizda bolalar va o`smirlarni jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash Davlat dasturining asosiy mazmuniga aylangan desak xato bo`lmaydi. Chunki, kelajak avlodlar taqdiri bugungi sog`lom kishilarimizning ma`nan va jismonan barkamolligi bilan bog`liqdir.

Mamlakatimizda sog`lom avlodni tarbiyalashga yuksak umum insoniy qadriyatlarga asoslangan, hayotiy o`ringa ega bo`lgan, ma`naviy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsning shakllanishiga yo`naltirilgan keng ko`lamli chora tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrda «O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida»gi farmonining qabul qilinishi, bu sohadagi ishlarga yanada e`tiborli bo`lishni talab etadi. Farmonda belgilab qo`yilgan O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasining maqsad va vazifalaridan ba`zi o`rinlariga e`tibor qaratsak, unda: «Bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida Davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yo`lida va barqaror avj oldirishga ko`maklashish; bolalarda sportga mehr uyg`otish, o`sib kelayotga yosh avlod ongida sport bilan shug`ullanish, sog`lom turmush tarziga amal qilish, ma`naviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy ta`sirlardan va zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fe`l atvorli, Vatanga mehr – muhabbat va o`z mamlakati uchun g`urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish» zarurligi aytib o`tilgan.

Mazkur jihatlarni e`tiborga olgan holda respublikamiz Prezidentining «Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida»gi farmoni asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinib, mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishni ta`minlaydi. Respublikamizning barcha tumanlari markazlari va yirik qo`rg`onlarida bolalar sporti uchun yangidan sport inshootlari qurildi. Shuningdek, sport markazlari, sport inshoatlari, o`quv yurtlari qoshida sport to`garaklari ko`paytirildi. Respublikamizning ushbu qarorlarida bolalar sportini yanada ommalashtirish asosiy maqsad qilib ko`rsatilgan bu o`z navbatida o`quvchi yoshlarning salomatligini yaxshilash ularni jismoniy barkamol qilib o`stirish va iqtidorli yoshlarni sportga safarbar etish ko`zda tutilgan.

Sog`lom avlod, eng avvalo bolalar salomatligi ularning jimoniy jihatdan barkamol bo`lib o`sishi bilan bevosita bog`liqdir. Sog`lom avlod tarbiyasining muhim omili va uni takomillashtirishning e`tiborga loyiq tomoni jismoniy madaniyat va sport hisoblanadi. Hozirgi kunda umumta`lim maktab o`quvchilari orasida ham jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va sport musoboqalarining tashkil etilishidan yuqori natijalarga erishilmoqda. E`tiborli tamoni shundaki, Respublikamiz Prezidenti mazkur jamg`armaning ish faoliyatini nazorat qilish va ko`maklashish yo`lida bevosita g`amxo`rliklar qilib kelmoqda. Deyarli har yili 2-3 marotaba jamg`arma ishlarini rivojlantirish bo`yicha maxsus yig`ilishlarda Prezidentimizning o`zi qatnashib tegishli topshiriqlar beradi. Bunday nufuzli yig`ilishlar va ulug`vor tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlaridagi bolalar sport maktablarining ish faoliyatini yaxshilashda muhim burulishlar yasamoqda.

Shuning uchun jismoniy madaniyatni xalq ruhiga va e`tiboriga mos holida tashkil etishimiz lozim. Bu jismoniy tarbiyani milliy ma`naviyatimiz ruhi bilan tushuntirishimiz demakdir. Sog`lom avlodni tarbiyalash borasidagi chora tadbirlarni yanada kuchaytirish yoshlarni sportga qiziqishlarini oshirib sog`lom va ahil oila qurishlari natijada oilada sog`lom bola dunyoga kelishini ta`minlash maqsadida sog`lom avlodni tarbiyalash barchaning, butun jamiyatning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy vazifasi, burchi hamdir. Mamlakatimizda 2014-yil «Sog`lom bola yili» deb nomlanishi va «Sog`lom avlod dasturi»ning ishlab chiqilishi ham yuqoridagi fikirlarimiz dalilidir.


IBN SINONING SOG’LOM BOLANI TARBIYALASHDAGI QARASHLARI
K.M.Umarov, SamDU

Tariximizdan m’lumki bobokolonlarimiz bolani har tomonlama uyg’un rvojlantirishga katta e’tibor qaratganlar. Qadim qadimdan ajdodlarimizni ko’pchiligi muayyan maxsus bilimga ega bo’lmasdan turib, jismonan va manan xayot kechirib bo’lmasligini yaxshi tushunganlar. Bobokolonlarimizdan A. Temur, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro kabi ulug’ allomalarning asarlaridagi, qarashlarini ta’kidlab o’tish kerak.

Mutafakkir “Shayx ur-Rais”, “Donishmandlar sultoni”,”Tabiblar shohi”-buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tabiat muvozanati, tabiatni asrash, kishi salomatligini mustahkamlash va kasallarni davolash borasida bebaho asarlarni yozib qoldirgan.

Uning uzoq yillar dovomida olib borgan ilmiy tajribalarining mahsuli sanalmish asarlari talim-tarbiya soxalari va badantarbiya ta’limotining xususiyatlari va ijtimoiy pedagogik jarayonlariga qaratilgan. “Tib qonunlari” kitobida insonning paydo bo’lishi, uni yoshligidan avaylab tarbiyalash, bunda badan tarbiya mashqlari, uqalash, sovuq suvda cho’miltirish, sof havoda sayir qildirish, turli faol harakatlarga o’rgatish kabi tavsiyalari mazmun topib, ular hozirgi kunda ham jaxon xalqlarining badan tarbiyasida amaliy jixatdan qo’llanilib kelinmoqda.

Ulug’ olim o’z asarlarida tarbiya muammolariga faqat tabobatchi sifatida emas, balki atoqli pedagog sifatida ham yondashadi. Abu Ali “Tib qonunlari” kitobida bolani jismoniy tarbiyalash masalalarini to’liq ko’rib chiqadi. U bolalarni ovqatlantirish, cho’miltirish, ularni uyqu- oromi kabi muhim jihatlarga alohida etibor beradi. Ayniqsa, bola uchun sof havo, quyosh, suv va jismoniy mashqlarning benixoyat zarurligini uqtiradi. Shu bilan birga, olim bolaning anatomik-fizologik xususiyatlarni xisobga olish lozimligini ko’rsatadi.

Abu Ali “Tib qoninlari”da jismoniy mashqlarni ilmiy ta’rif qilish bilan bir qatorda, ularning turlarini tavsiflab, organizm uchun naqadar foydasi borligini tushuntirib beradi. "Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzulgan xolatlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muxtoj bo’lmaydi. Bunda albatta, o’zga tadbirlar xam muvofiq va to’g’ri amalga oshirilishi kerak”, deb aloxida ta’kidlaydi.

Ibn Sino bolaning tug’ilganidan boshlab uni jismonan chiniqtirish masalalariga aloxida e’tibor qaratish zarurligini ilmiy ravushda asoslab bergan bolani cho’miltirish, ovqatlantirish toza havoga olib chiqish xatto beshikka bog’lab unga oxista ohangda qushiq aytish lozimligini uqtiradi.

Ibn Sino bolalarning qiziqishini tabiiy rivojlanish jarayonini besh davrga bo’lib o’rganadi unga chaqaloqlik, bolalik, chiniqish yoshlik, yetuklik davrlarini kiritib ularning har bir davrida bolalar bilan o’ziga xos jismoniy mashq qilish zarurligini ko’rsatadi. Olim insonlarni jismoniy mashq qilishga da’vat etar ekan bu ish bilan shug’ullangan kishi doriga muxtojlik sezmasligini ta’kidlaydi.

Abu Alining 1000-yil oldin aytgan fikrlari bugungi barkamol avlodni jismonan baquvvat manan teran fikirli qilib tarbiyalashda muhum ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Qomusiy olimning fikiriga ko’ra ishtimoiy munasabatlarni tartibga solishda insonni to’g’ri-jismonan baquvvat aqli raso qilib tarbiyalashda mamlakatda amalda bo’lgan qonunlar miqdori emas balki ularning sifati hal qiluvchi ahamiyatga egadir

“Tib qonunlari” kitobining salomatlikni saqlashga bag’shlangan uchunchi qismining ikkinchi bo’limida o’sib kelayotgan yoki voyaga yetgan kishilar uchun kundalik hayot tarzi mohiyati bayon etilgan. Bu o’rinda shuni aloxida ta’kidlash mumkinki, buyuk alloma jismoniy tarbiyani kishi salomatligini saqlashda ovqatlanish va uyqu tartibidan ustun quyadi. Bunda u barcha tartib-qoidalar jismoniy tarbiyadan boshlanish kerakligini ochiq – oydin aytadi.

Salomatlikni saqlashda to’g’ri ovqatlanish va me’yorida uxlash ham muxum ahamiyat kasb etadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, me’yoridan ko’proq ovqatlanganda uning bir qismi tanada parchalanmay qolib, u turli kasalliklarni chaqirish xafini keltirib chiqaradi. Jismoniy tarbiya yoki mashq esa bunday bulishiga yo’l qo’ymaydi. Binobarin kasalliklarning oldi olinadi. Ibn Sinoning jismoniy tarbiya soxasidagi fikirlarining xarakterli tomoni shundaki, bu masalani u kishi faoliyatining boshqa tomonlaridan ajralgan halda emas, balki insonning barcha faoliyati chanbarchas bog’liq halda olib qaraydilar. Chunki Ibn Sino jismoniy tarbiyani bolaning yoshiga, kuchiga va hayotiy tajribasiga yarasha olib borish kerakligini, jismoniy mashqlar bolani organizimini mustahkamlash bilan bir qatorda u bolaning ruhiy tetiklashtirishga aqliy qobiliyatining o’sishiga katta yordam berishni uqtiradi. Jismoniy harakat tanada to’planib qoladigan turli zararli moddalarning chiqarib yuborishga ko’maklashadi.

Jismoniy mashq, harakat yoki tarbiya tanadagi tug’ma haroratni bir zayilda saqlanishga bo’g’um va paylarning mustahkam bo’lishiga, quyuqlashib qolgan suyuqliklarni asil me’yoriy holatiga qaytishiga ham imkoniyat yaratadi.

Jismoniy mashqdan yoki xarakatdan vos kechgan kishilarda esa tana madorsizlanib va kuchsizlanib boraveradi. Bu esa oxir-oqibat turli xil kasalliklarning paydo bulishiga sabab buladi. Buyuk allomalarning bu noyob fikirlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini topmog’da. Ibn Sino sog’lom avlod tarbiyasi borasida qo’ydagi qimmatli saboqlarni qoldirib ketgan

- birinchidan, Ibn Sino yoshlarni ilim egallashiga chaqirgan. U ilm sadoqatga etaklovchi kuch-qudratga ega ekanligini ta’kidlaydi;

-ikkinchidan, Ibn Sino yoshlarni jamiyatga foydali bo’lgan ishlar bilan mashg’ul bo’lishga chorlaydi;

-uchunchidan, so’z va ish birligiga doim amal qilinsa, salomatlik yaxshi bo’lishligini uqtiradi;

-to’rtinchidan, Ibn Sinoning sertashish darbador hayot yo’li yoshlarni vatanni sevishga, uni ardoqlashga da’vat etadi. Yuqarida bildirilgan fikirlarga yosh avlod hamisha amal qilishlarini bildiradi.

Azaldan zukko ajdodlarimiz o’z milliyligini ma’naviy boyligini saqlabgina qolmasdan, ezgulik ilim-ma’rufat, mustaqillik singari ezgu g’oyalar sari intilganlar. Millatimizga xos ana shunday intilish millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va albatta sog’lom avlodni tarbiyalash orzu-umudlari, g’oyalari doimo dolzarblik kasb etib kelgan. Xalqimiz har qanday sharoitda ham barkomol ma’naviy yetuk farzandlar tarbiyalash vazifasini yoddan chiqarmaganlar. Bugungu kunda ham yosh avlodni sog’lom jismonan baquvvat, ruhan tetik va aqlan teran qilib tarbiyalash masalalari to’g’risidagi Prezdentimizning olib borayotgan siyosatlarida ham yaqqol ko’rish mumkun. Hozirgi kunga kelib sog’lom bolani tarbiyalashda ham ko’plab ishlar amalga oshirilayotir. Istiqlol yillarida prezdentimiz Islom Karimov Rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga, farzandlarimizni bolaligidanoq sportga jalb etish shu orqali ularni har jihatdan barkomol voyaga etkazishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Farzandlarimizni baquvvat, sog’lom va ruhan tetik, ma’nan jasur bo’lib tarbiyalanish asnosida, yurtimiz dovrug’ini ham olam uzra keng taratmoqda. Shunga binobarin Pespublikamizda 2011-yilda “Bolalarni asraylik” halqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon retingida O’zbekiston bolalat salomatligini mustahkamlash borasida katta g’omxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg’or yetakchi o’n mamlakat qatoriga kiritilgani yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash yo’lidagi amaliy sa’y-harakatlarning yana bir halqora e’tirofi bo’ldi desak yanglishmagan bo’lar edik.

Yuqoridagi fikrlarga xulosa sifatida aytish mumkinki qadim-qadimdan bola tarbiyasiga, allomalarimiz tomonidan ham ko’plab ishlar amalga oshirilgan, chunki shu zaminda ham bolani o’sib ulg’ayishi, teran fikirlash, sog’lom badanga ega bo’lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya berish zarur bo’ladi degan fikirlar asosida ishlar olib borganlar. Hozirgi kunda esa yosh avlodni tarbiyalashda Prezdentimiz tomonidan ham ko’plab ishlar amalga oshirilayotganini ko’rish mumkun. Qadimda ota bobolarimizni ushalmay qolgan g’oya va fikirlarini bugungi kunda hama-hammasini muhtaram Rrezdentimiz ro’yobga chiqarayotganini aytib o’tish lozim. Hozirgi yosh avlod, bobo kalonlarimiz orzu qilgan yigit-qizlar bo’lib yetshayotgani hammamizga ayon, bu borada ko’plab qilingan ishlarni misol qilib aytish mumkin. Chiqarilgan qonun-qarorlar, bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi tuzulishi, qishloq joylarida zamonaviy inshoatlar qurilishi, zamonaviy jixozlar bilan ta’minlanishi, bolalar maydonchalarining bunyod etilishi, xotin-qizlarni sportga jalb etilishi, ularga ko’plab qulayliklar yaratilishi, tibbiy ko’rikni yo’lga quyilishi va boshqa ko’plab ishlar yosh avlodni sog’lom va jismonan baquvvat bo’lib kamol topishi uchu qilinayotgani barchamizga ayondir.



SHAXMAT O’YINI ORQALI BOLALARNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
U.Q. Xoliqov, S. Qurbonboyeva, GulDU

Barkamol avlodni tarbiyalash, uni Vatan yo’lida xizmat qilishini ta’minlash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib qolmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o’zgarishlarning zaminida ham xuddi shu intilish yotganligi bejiz emas. Farzandlarimizni ajdodlarimiz an’analariga sodiq, sog’lom ruhda tarbiyalashda ta’limning o’rni katta. Prezidentimizning “….ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi”8 degan fikridan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan 2014-yil “Sog’lom bola yili” deb nomlanishi barcha xalqimiz qatori ota-ona va o’qituvchi-murabbiylarga ko’tarinki kayfiyat o’yg’otishi barobarida alohida kasbiy mas’uliyat ham yuklaydi. Ta’kidlash joizki, o’qituvchi-murabbiyni kasbiy o’z-o’zini anglash mazmunida sog’lom bola tarbiyasi turadi.

«Shaxmat bola uchun ermak, quvonch manbai bo’libgina qolmay, uning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini o’stirishga ham xizmat qiladigan vositadir. Bu jihatlar bolaning bunday bu yongi hayotida muhim o’rin tutadi. Shaxmat o’yini jarayonida bolalar yangi bilim, malakalarni egallaydilar, qobiliyatlarini o’stiradilar. Ota-onalar o’zlari ham bolalarga o’yin mazmuni va yo’nalishini taklif etishlari mumkin.

Shaxmat o’yinini qiyosan 3 qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda, o’yin boshlanishi, ya’ni diqqat haqida alohida turkumi bo’lib, ular bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda yordam beradi. Ikkinchi qism menshpil bo’lib, o’yin o’rtasi, enshpil, o’yin oxirida bolani maktabga tayyorlashga yordam beradi. Har bir yosh guruhi uchun (5 yoshdan 7 yoshgacha ) bu o’yinlarning barcha turlari tavsiya etiladi.

Idrok deb, narsa yoki hodisalarni sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks ettirishga idrok deyiladi. Bolada shaxmat donalari orqali narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko’ra tahlili qilishi malakasini shakllantiradi. Maktabgacha yosh oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular asosiy gemometrik shakllarni bilishlari lozim. Namunaga ko’ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda ularni bo’yicha terib chiqishni biladilar. Shaxmat donalari to’g’ri terish, nomlarini to’g’ri aytish, ularni kuchlarini farqlash va qanday yurishlarni o’rganadi.

Diqqat – individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faoliyatini bir narsaga qaratilganligidir. Shaxmat o’yini orqali bolalarda diqqatni rivojlantririshga qaratilgan bo’lib, ular voqelikning ma’lum jihatlariga qarata diqqatni to’plashga qaratadi. Shaxmat turkumi orqali maktabgacha yoshda bola diqqatining turg’unligi, ko’chuvchanligi, bo’linuvchanligi kabi xususiyatlari shakllanadi. Diqqatning turg’unligi biror narsa ustida uzoq vaqt to’plab tura olish demakdir. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalar 15-20 daqiqagacha uzluksiz shug’ullana oladilar.

Diqqatni ko’chirish – uni bir faoliyatda ikkinchisiga o’tkaza olishdir. Diqqatning bo’linuvchanligi bir vaqtning o’zida kishining ikki yoki undan ko’proq mashg’ulot bilan shug’ullana olishida namoyon bo’ladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar 6-7 ta mashg’ulot o’rtasida diqqatni taqsimlay oladi.

Maktabgacha yoshda ixtiyorsiz diqqat jarayoni ayni paytda bola uchun qiziqarli narsaga diqqatni qaratishda yuzaga keladi. Ixtiyorsiz diqqat bolaning o’zi uchun qiziq bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullana olishda nazarda tutadi. Shaxmat o’yinining yana bir jihati xotirani o’stirishga qaratilgandir. Katta maktabgacha yoshdagi bola o’z oldiga maqsad qo’ya oladi. Biror narsani eslab qolishi ana shu maqsadni amalga oshirish vositalarini izlab topish shular jumlasidandir. Tafakkurni o’stirish obrazli harakatli, ko’rgazmali obrazli mantiqiy tafakkur turlarini egallashdan iboratdir. Bola turli rejalar va sxemalardan erkin foydalana olishi lozim. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosa qila oladilar. Mantiqiy qonunlarga ko’ra fikrlaydilar. Bolalar ijodiy qobiliyatini o’stirish deganda tasavvur xayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish tushuniladi. Ijodkor ko’p jihatdan o’z his tuyg’ulari, olam haqidagi tasavvurlarni turli usullar bilan bayon eta olishga bog’liq. Buning uchun esa bola har bir narsada uning turli tomonlarini ko’ra olishi narsaga xos alohida belgilarning barchasini his qilishi obrazni ko’z oldiga keltira olishi kerak. Va nihoyat, bolalarni maktabgacha tayyorlashga yordam beradigan shaxmat o’yini orqali kichkintoylarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish nutqning tahlili bilan tanishtirish bola qo’lini yozma malakasini egallashga tayyorlash ishlari olib boriladi.

Deyarli har bir shaxmat o’yini uchun uni o’tkazishning sodda yoki murakkabroq ko’rinishlari keltiriladi. Shu sababli bola bilan o’yin tashkil etishda uning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Agar bola topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga bir muncha murakkabroq topshiriq beriladi, garchi qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. Topshiriqni bajara olmagani uchun uni koyish kerak emas. Bolalarga shaxmatning elementlarini o’rgatibgina qolmay, ularda o’ziga ishonch dadillik fikrni ximoya qila olishi, qarorida qat’iy turishi kabi xislatlarni ham tarbiyalashi zarur. Bu ayniqsa, masalalar, etyud, debyut va ijodiy topshiriqlarni bajarishga tegishli. Bolaga shaxmat qoidalarini tushuntirish o’zining yangi g’oyalarini dadillik bilan ilgari sura olishni o’rgatish kerak. Bu xolda ham bolalarning individual xususiyatlari albatta hisobga olinishi muhimdir. Agar u o’ziga qattiq ishongan bo’lsa, uni o’z javoblarini tanqidiy baholashga o’rgata boshlashi mumkin. Agar tortinchoq, uyatchan bo’lsa, uni qo’llab-quvvatlash, har qanday tashabbusini ma’qullash lozim. Agar kichkintoy topshiriqni tez almashtirmoqchi bo’lsa, uni topshiriq bilan qiziqtirish. Topshiriqning yangi jihati tomonlarni topishga rag’batlantiriladi. Aksincha, bola topshiriqni bajarishda o’ralashib qolsa, uni bir g’oyadan boshqasiga o’tishga undash lozim. Xulosa qilib aytganda bolalarni maktabga tayyorlashda shaxmat o’yinlaridan foydalanish uning idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi va shakllantiradi.


Каталог: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40


©netref.ru 2019
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет