Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги


BOLALAR MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



бет23/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40

BOLALAR MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
D.X. Eryigitov, Jizzax DPI, M.X. Ziyotov, SamMI

Respublikada kadrlar tayyorlash milliy (davlat) dasturi (1997 y.), sog’lom avlod Davlat dasturi (1999 y.), Davlat ta’lim standartlari (1999). «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000 y. hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari (1993, 1996, 1999, 2002, 2008 y.y. va hokazo) aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi-yoshlar va bolalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog’liq bo’lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida» (24 oktyabr 2002 y) va boshqa farmonlarida yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash va ayniqsa, ma’naviy hamda jismoniy barkamollikka yetishtirish asosiy masala qilib qo’yiladi.

Yuqorida ta’kidlangan dasturlar, qarorlar va farmonlarning mazmuni va maqsadida buyuk kelajak avlodlarini jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga zamin tayyorlash ko’zda tutiladi. Bunda hozirgi davr jismoniy madaniyati va sportini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarish, barcha avlodlarni jismoniy madaniyatlash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirishni taqozo etmoqda.

Jismoniy tayyorgarlik jismoniy barkamollik bilan egizak, desa bo’ladi. Ularning mujassamligi va samaralari maxsus jismoniy tayyorgarlikka yetaklaydi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan tutashib ketadi. Jismoniy sifatlar faqat sportdagina emas, balki ijtimoiy-turmush madaniyatimizda ham o’ziga xos xususiyatlarga egadir.

Jismoniy sifatlarni tayyorlashda maxsus jismoniy tayyorgarlik va ularda qo’llaniladigan vositalar, usullar haqida batafsil bayon etiladi.

Ishdan oldin maxsus jismoniy tayyorgarlik tushunchalari, ularning ijtimoiy-madaniy turmushimizdagi xususiyatlari, o’rni va ahamiyati qisqacha to’xtalishni lozim topdik, ya’ni;

Maxsus jismoniy tayyorgarlik. Bu tushuncha asosan inson tanasining ma’lum bir qismini (qo’llar, oyoqlar, bel va hokazo) jismoniy jihatdan mustahkamlash, rivojlantirish harakat faoliyatlarni ixchamlashtirish, tezlashtirish kabi jihatlarga qaratilishi bilan alohida o’ringa egadir.

Yurtimizda, ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda jismoniy tayyorgarlik muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa mehnat jaranyonida qo’llar, oyoqlar, bel, bo’yin, yelka va boshqa a’zolarning tez ishlashi, o’tirib, egilib, tik turib ishlash yoki yuklarni ko’tarish kabi jismoniy mehnatlarni oson yo’l bilan bajarish, ularga chiday bilishni hayot taqozo etadi. Shu asosda sanoat ishlab chiqarishlari va boshqa turdagi mehnatlarda kasb-hunarga moslashtirib (o’tirib ishlaydi-ganlarga tez harakat qilishi va hokazo) maxsus mashqlar berib boriladi. Bu jarayon ham o’z navbatida maxsus jismoniy tayyorgarlikning bir yo’nalishidir.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida (bog’chalar) bolalarning yoshi, harakatchanligi va salomatliklarini e’tiborga olgan holda turli xil harakatli o’yinlarni («kim tez boradi», «to’pga yetib ol» va hokazo) o’tkaziladi. Bu asosan tez yurish, yugurish, burilish kabi harakatchanlikni tarbiyalashga qaratiladi. O’tirgan, yotgan va turgan holda turli xil gimnastika mashqlarini bajarish bilan qomatni (gavda) to’g’ri o’stirish, umurtqa pog’onalari, qo’l, oyoq, bo’yin, panja va boshqa bo’g’inlarning harakatchanligini tarbiyalash amalga oshiriladi. Kichik to’plarni otish, ilib olish, bir-biriga uzatish, mo’ljalga (doira, devor va hokazo) otib tushirish (tegizish) kabi xilma-xil mashqlar, o’yinlar orqali esa tez harakat qilish, chamalash (ko’z harakati) kabi faoliyatlarni o’stirish bilan birga, sport o’yinlari haqida tushunchalar hosil qilinadi va ularning sportga qiziqish havasini o’yg’otiladi.

Umuman olganda, barcha bolalari uchun ishlab chiqilgan «Jismoniy madaniyat» dasturining mazmuni bolalarni jismoniy madaniyatlash, ularning maxsus (harakatchanlik, muvozanat saqlash, qomatni rostlash va hokazo) jismoniy tayyorgarliklarini shakllantirishga qaratilishi bilan e’tiborga loyiqdir. O’quv yurtlardagi (boshlang’ich ta’lim I - IV sinf, umumta’lim - V-IX sinf, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari) «Jismoniy madaniyat» dasturi o’quvchi-yoshlar, bolalarning yoshi, jinsi, salomatligi va jismoniy holatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shu sababdan ularga umumiy jismoniy tayyorgarlik (jismonan zaifroq, kasalmand o’quvchilar uchun) alohida berib boriladi. Jismonan sog’lom va sport turlariga ishqiboz o’quvchi-yoshlar hamda bolalarga esa qo’shimcha ravishda maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari berib boriladi. Bu jarayonlar iqtidorli yoshlarni sport bilan shug’ullanishga safarbar etadi.

Jismoniy madaniyat darslarida maxsus jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash jarayonlari o’quvchilarning layoqatlariga qarab quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi (olib borilishi kerak): tez yugurish (60, 100 m.); balandlikka yoki uzunlikka sakrash; to’siqlardan (ariq, soy, chuqurlik, g’ov va hokazo) yugurib va sakrab o’tish; to’pni (koptok) uzoqqa yoki mo’ljalga otish; turnikda tortilish (10-15 marta), oshib tushish, tizzalarda aylanish; kurash, boks elementlarini tez bajarish; sport o’yinlarining elementlarini bajarish; darvozaga to’pni tepib kiritish, to’pni tez yuritish va hokazo.

Maxsus jismoniy tayyorgarliklarning ijobiy ta’siri, topshiriqlar va vazifalarning bajarilishini o’qituvchilar sinov-tajribalar orqali amalga oshiradi. Ko’rsatkichlar va natijalar ijobiy bo’lsa va o’sish (rivojlanish) darajalari yaxshi bo’lganda ularga yanada qo’shimcha mashqlar vazifa qilib berilishi mumkin. O’quvchi-yoshlar va bolalar bilan bunday munosabatda bo’lish, maxsus ishlash jarayonlari ularni sportga jalb etish va jamoalar tuzishga bevosita yordam beradi.

O’quvchi-yoshlar va bolalar o’quv va sport mashg’ulotlari hamda musobaqalarda egallagan malakalarini doimo takomillashtirib borishlari, keyingi ish jarayonlarida bundan maqsadli foydalanishlari lozim bo’ladi. Yuqorida ta’kidlangan jismoniy madaniyat vositalari (turli xil mashqlar), qo’llaniladigan usullar jismoniy tayyorgarlikka asos bo’la oladi. Ya’ni tezlik, chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, egiluvchanlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarning ilk bor shakllanishi va ularni mukammallashtirishga nazariy va amaliy jihatdan yo’l ochib beradi. Boshqacha aytganda yoshlarni maxsus jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarga ega bo’lish haqidagi bilimlar bilan qurollantiradi.
BOLALARNING SOG’LOM DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ DOSTONLARINING O’RNI
U.A.Jumanazarov, JDPI

O’zbek xalq dostonlarida odob-axloq mavzuiga, ayniqsa, yoshlarda sog’lom dunyoqarashni shakllantirish, umuman yoshlar tarbiyasiga shu darajada e’tibor berilganki, u epik o’rin darajasiga ko’tarilgan va har bir an’anaviy dostondan mustahkam o’rin egallagan. Safarga otlanayotgan yoki mustaqil holda biron ish qilishga kirishish, bellashuv, ko’pkari, poyga, chavandozlik kabi milliy o’yinlar, musobaqalar, tortishuvlarga qatnashish oldidan, shuningdek, jangu jadalga bel bog’lagan qahramonga duo-fotihalar berish, xayrlashish, biron ezgu maqsad sari otlanish arafasida pandu nasihatlar qilish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish, pok niyatlar bildirish umumo’zbek dostonlari uchun asosiy xususiyatlardan sanaladi.

Xalq odobnomasining teran mazmunli serma’no hikmatlari xalq insonni tarbiyalash, kamolga yetkazishga, hamisha diqqat-e’tiborda bo’lganligini ko’rsatadi. Ularda inson aniq xalqona soddalik bilan yaxshi va yomonga ajratiladi. So’ngra hamma xususiyatlar, hatti-harakatlar, munosabatlar shu ikki tushuncha atrofida guruhlashtiriladi. Natijada, falsafa fanida uqtirib kelingan qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni hosil bo’ladi. Xalq qadriyatlarida, uning uchun qarama-qarshiliklar birligi va kurashi degan o’ta murakkab, tushunilishi qiyin ta’rif va talqin yo’q. Xalq uchun yaxshilik va yomonlik kurashi bor. Yaxshilik va yomonlik insonlarning bir-biriga munosabatidagina emas, hayvonlar, qushlar dunyosidan oddiygina maysagacha bo’lgan predmetlar, narsalarga munosabatda namoyon bo’ladi. Bu yorug’ dunyoda yashashdan maqsad shuki: Yaxshilik ziyosi yursin yuzingda,

Yomonlik kulfati qolsin izingda.

Yuzi yaxshidan to’ngilma, deydi. Xalq yuzda yaxshilik, nur balqib tursa, inson baxtiyor,shodon yashaydi. Yaxshilarga kim yomonlik, kulfat keltiraman, ziyon yetkazaman, deb chopsa ham, izda (orqada) qolib ketaversin, yeta olmasin.

Yaxshi insonni, ya’ni e’tiqodli, iymonli, sadoqatli, o’zgalarga g’amxo’r, qahramon yigitlar, mardona barno qizlarni tarbiyalab yetkazish muammosi xalq qadriyatlari, xususan pedagogikasining asriy va azaliy mavzusi bo’lib, bu mavzu epik asarlarda ham atroflicha yoritilgan.

Dostonlar, xususan «Zaydinoy»da ham yaxshilik qilish zarurligini uqtiriladi. Xo’sh yaxshilik nima? Uni qanday bilish mumkin? Bu yorug’ olamda har bir narsa ikkinchisi bilan qiyos qilayotganda, boshqa qarama-qarshi voqyea-hodisa, holat, narsa, xarakter bilan taqqoslanganda ongimizga mustahkam o’rnashadi. Ezgulikni yovuzliksiz, diyonatni xiyonatsiz, adolatni zulmsiz, yog’duni zulmatsiz tasavvur qilish qiyin. Shu ma’noda yaxshilik ham yomonlik bilan ziddiyatda to’la namoyon bo’ladi:

Yomonning kasodi tegar har joyda,

Yaxshining yordami tegar tang joyda,

Yomonning makoni doim tor bo’lar,

Yaxshining makoni bordir har joyda.

Homiylar-chiltonlar dastlab umumiy tarzda yomon va yaxshi odam haqida tushuncha bermoqda. Ya’ni yomon har joyda yon-atrofdagilarga ziyon yetkazadi, zarar keltiradi. Yaxshi odam esa o’zining ahvoli og’ir bo’lsa ham, qiynalgan, tang ahvolga tushib qolgan kishiga ko’maklashadi, uni qiyin vaziyatdan qutqazadi. Shu sababdan yomonlik qilib nafratga yo’liqqanning makoni tor. Chunki uning qilmishlaridan xabardor kishilar shodon qarshila-maydi, undan uzoqlashishga, xonadoniga yaqinlashtirmaslikka intilsa, yaxshilar hamisha izzat-hurmatga sazovr, yorug’ yuz bilan qarshi olinadi. Odamning fe’li-atvoridagi qaysi xususiyatlar, harakatlar yaxshi-yu, qay birlari yomon, inson nima qilsa obro’-e’tibor topib yashaydi-yu, qachon yomon degan isnodga qoladi, nafratga duchor bo’ladi.

Xalq hamisha dilga ozor beruvchilarni qoralagan, manmanlikdan hazar qilgan. Yomonliklar ko’p va ular doimo avvalo boshqalarga kulfat keltirish bilan chegaralanmay, shu salbiy xislatga ega kishini ham g’am-qayg’uga duchor qiladi. g’iybat va manmanlik shunday xususiyatlarda bo’lgani bois yoshlar undan ogoh bo’lmog’i lozim:

G’iybat ko’p yomondir, yurakni dog’lar,

To’g’rilik yaxshidir, dillarni bog’lar.

Qilmasin odamzod aslo manmanlik,

Manmanlik qilganning makoni yig’lar.

Halol va to’g’ri odamni g’iybat qilish, unga yo’q ayblarni qo’yib qoralash, behuda gap so’z insonning yuragini dog’laydi, sog’ligiga putur yetkazadi. Ayni damda g’iybatchining o’zi ham siri fosh bo’lib nazardan qoladi, eldan ajraydi. Yashashning yaxshi yo’li to’g’rilikdir. So’zi, ishi haq kishilar faqat o’zlari e’tibor topib qolmay, odamlar ko’nglini, o’yini, maqsadini ham bog’laydi, ittifoqlikni yuzaga keltiradi. Shu sababli to’g’ri bo’lish, g’iybatchilarga yaqinlashmaslik lozim. Zero, hadislarda ham g’iybatchilar bu dunyodagina emas, balki u dunyoda ham muqarrar jazoga duchor bo’lishi ta’kidlanadi:

Nolima g’iybatchi jazo olmas deb,

Ikki yuzlamaga hyech gap bo’lmas deb,

Qilgan g’iybatlari uchun alarga,

Mahsharda olovdan ikki tildir zeb.

Chiltonlar o’gitining so’nggi ikki misrasi odamning kamtarlikni odat qilishi, qaysi holatda, qaysi davrda, qanday ishda bo’lsa ham manmanlikni odat qilmasligi haqida. Kimki manman bo’lsa, o’zgalar oldida imkoniyatlariga ortiqcha baho berib maqtansa, oqibati voy. Manmanlik qilgan kishining o’zi g’amga duchor bo’lib qolmaydi, balki uning makoni ham yig’laydi. Xalqda esa makonning yig’lashi juda og’ir qayg’uli tushuncha. Ya’ni manmanlik kishiga o’lim olib keladi, o’lim esa uning yaqinlari ko’z yoshiga sabab bo’ladi, xonadonda-makonda yig’i chiqaradi. Yanada dahshatlirog’i shuki, manman odam o’limidan so’ng ham yaxshilik bilan yodlanmaydi, avlodi ham ko’pchilik diqqat e’tiboridan qoladi. Shu sababli g’iybat va manmanlikdan yiroq bo’lib, to’g’rilik va kamtarlikni odat qilish baxt-saodat omilidir.
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUHIM OMILLARDAN BIRI EKANLIGI
N.Mardonov, SamDU

Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy madaniyat va sport qanchalik muhum omil ekanligini hozirgi kunda hukumatimizni sportga g’amxo’rligidan va davlat siyosati darajasiga ko`tarilganidan ham anglash mumkin. Chunki jismoniy madaniyatni va sportni rivojlantirish ayniqsa, bolalar sportiga qanchalar katta e’tibor berilayotganligi hamamizga ma’lumdir. Bunday ulkan e’tibor va tashabbusning umumiy maqsadi shundaki, mamlakatimizda jismoniy madaniyatni va sportni ommaviylashtirish xalqimizni turmush tarziga va faoliyatiga jismoniy madaniyatni singdirish shu orqali aholi sog’ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanish darajasini oshirish, professional sport zaxirasini boyitish va xalqaro maydondagi sport bellashuvlariga munosib ishtirok etib ko’proq yaxshi natijalarni qo’lga kiritish. Undan tashqari jismonan barkamol shaxslar barcha ijtimoiy ishlarga o’z sohalari bo’yicha sifatli faoliyat ko’rsata oladilar. Shu jumladan, mehnat unumdorligi oshadi va har bir shaxs vatan oldidagi burchini bajarishga hamda vatan himoyasiga tayyor bo’lishini ta’minlaydi.

Hukumatimiz tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga nazar soladigan bo’lsak mustaqilligimizdan keyingi yillarda, aynan jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish maqsadida 30 dan ortiq qaror va farmonlar chiqarildi. Ularning ijrosi izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Biz bu ijrolarni natijasi sifatida shaharlarda, tumanlarda va hattoki, chekka qishloqlarda qurilib foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy sport inshootlari, ochiq va yopiq sport majmualarini ko’rishimiz mumkun. Undan tashqari jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo’yicha alohida ishlar olib borilmoqda. Hukumatimiz tamonidan jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish borasida olamshumul ishlar olib borilalayotganligi ayni haqiqat ekan, yuqorida ta`kidlangan masalalarga erishiliyapdimi agar ershilayotgan bo’lsa qay darajada degan o’runli savol turibdi .

Kuzatishlar tahlili shuni kursatadiki, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar tahsinga loyiq. Lekin mavjud sport inshootlari mahalla va qishloqlardagi bolalarni qamrovi jihatiga keladigan bo’lsak rejadagi ishlar ko’ngildagidek amalga oshirilmoqda deyolmaymiz, Bunda ayrim to’liq o’z yechimini topa olmagan muommolarni ko’rishimiz mumkin. Shu jumladan, bolalar sport to’garaklaridan ketib qolish holatlari ham kuzatiladi. Bu holatning asosiy sabablaridan shuni aytishimiz lozim-ki, bolalar ota–onalari tomonidan qat’iy nazorat qilinmaydi, yoki bolalar yutuq va kamchiliklari to’liq tahlil qilinib rag’bat yoki dakki, tanbeh berilmaydi. Shu bois o’zlariga yoqqan, lekin oson va keraksiz ishlar bilan shug’ullanadilar. Chunki sport to’garaklari o’ziga yarasha murakkabliklarga egadir, shu murakkabliklarni sabr bilan yengib o’tishlari uchun boshlang’ich shug’ullanuvchilarga ota–onalar va murabbiylar tomonidan nazorat va rag’batlantirishlar bo’lmaydi.

Yuqoridagi muammolardan xulosa qilib ularni yechimiga qaratilgan takliflar:

-ota–onalar jismoniy madaniyat va sportni bola salomatligiga va tarbiyasiga qanchalar foydali ekanligini anglab yetishlari, uning uchun televideniya va radio, gazetalardagi jismoniy madaniyat va sport to’g’risidagi ko’rsatuvlar va eshittirishlarni, chop etilgan maqolalarni ko’rishlari, eshitishlari va o’qishlari kerak bo’ladi. Jismoniy madaniyat va sport to’g’risida yanada ko’proq va chuqurroq bilimga ega bo’lishlari uchun lozim bo’lganda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislaridan, murabbiylardan bevosita ma’lumotlar va ko’rsatmalar olishlari kerak bo’ladi;

-jismoniy madaniyat va sportning asl mohiyatini tushunib yetgan ota– onalar o’z farzandlariga tushuntirish ishlarini olib borishlari kerak bo’ladi;

-ota – onalar, mahalla, maktab murabbiylari hamkorligini yo’lga qo’yish, bunga asosan ota – ona tashabbusi muhum rol o’ynaydi, chunki har bir ota – ona o’z farzandi haqida qayg’ursa maktab, qolaversa, kasb–hunar kollejlari o’qituvchi-murabbiylari va mahalla bilan hamkorlikni yo’lga qo’ysa maqsadga muvofiq bo’ladi.

ota – ona o’z farzandlarini egallagan harakat, ko’nikma malakalarini nazorat qilib borishlari va rag’batlantirib turishlari kerak bo’ladi.

-ota – onalar farzandlarini barcha fanlardan uyga vazifasini bajarganliklarini nazorat qilish barobarida jismoniy madaniyat o’qituvchisi uyga bergan vazifalarini bajarilishini nazorat qilishlari, kerak bo’lsa uy sharoitida bolalariga yengil, oson va qiziqarli jismoniy harakatlar o’rgatishlari asosida, jismoniy sifatlarini rivojlantirishlari, jismoniy madaniyat va sportga muhabbat uyg’otish mashqlaridan samarali foydalanishlari shart.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ota–onalar jismoniy madaniyat va sportni asl mohiyatini anglab yetishlari va o’z farzandlariga u to’g’risida tushunchalar berishlari sport to’garaklariga qatnashishlarini yo’lga qo’yishlari va nazorat qilishlari lozim. Bu ishlarni samarali amalga oshishi uchun ota – ona, mahalla, maktab o’qituvchi- murabbiylar hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Shu hamkorliklar samarali yo’lga qo’yilsa, sport inshoatlarida sport to’garaklariga qatnashuvchi bolalar soni yanada oshadi. Bolalarni bo’sh vaqti mazmunli va maroqli o’tadi. Shu bilan birgalikda bolalar jismoniy sifatlari rivojlanadi, sportdagi yutuqlari ortadi. Shu orqali biz barkamol avlod tarbiyasida jismoniy madaniyat va sportni o’rnini yaqqol ko’ra olishimiz mumkin.
OILA MA’NAVIYATI VA SOG’LOM TURMUSH TARZI – YOSHLAR MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA
A.Ergashev, QarDU, D.Jumanazarova, JDPI

Kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida jamiyatning asosini oila va uning a’zolari tashkil qilgan. Jamiyatning taraqqiyoti eng avvalo, oila va shaxs rivojlanishi bilan belgilangan. Oila ma’naviyati va uning sog’lom turmush tarzi esa xalq ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyati, ta’sirchan tarbiya vositasi sanalgan. Shuning uchun ham oila ma’naviyati va sog’lom turmush tarzi qadrlanadigan barcha xonadonlarda tarbiya topgan yoshlar o’zlarining ibratli axloqi bilan boshqalardan ajralib turgan. Bundan hayotiy xulosalar faqatgina quruq gap yoki alohida ta’kid emas, balki keksa tarix sahifalardagi kuzatilgan saboqlarning natijasi hisoblanadi.

Bizning alohida ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrimiz shuki, oila ma’naviyati va sog’lom turmush tarzi masalasi har bir jamiyatda doimo eng dolzarb muammolardan biri bo’lib kelgan, qolaversa, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Inchunin, hozir ham shunday: u mustaqil davlatimizning olib borayotgan siyosatida ham o’ta muhim, ayni chog’da, ma’suliyatli ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Oila ma’naviyati va sog’lom turmush tarzining qachon va qay darajada nufuzga ega bo’lganligini buyuk mutaffakirlar hamda ulug’ allomalarning yozgan asarlaridan ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Lekin, xalq dostonlaridagi talqinlar o’zgacha uslubga va alohida miqyosga ega. Buni birgina Qashqadaryolik mashhur xalq shoiri Qodir baxshi Rahimovning «Zaydinoy» dostoni orqali kuzatishimiz mumkin: maqolada ushbu masalaning xalqona talqinidagi ayrim o’rinlariga to’xtalishni lozim topldik.

Tabiatda hamma narsa juft-juft yaratilgan. Shu juftlik abadiyatni, davomiylikni ta’minlaydi. Inson farzandi ham ma’lum yoshga yetgach, o’z juftini topishi lozim. Balog’atga yetgandan keyingi hayotdagi baxtiyorlik yo baxtsizlik, omad yo omadsizlik, saxovat yoki baxillik, quvonch yoki g’am, mehr yo qahr osoyishtalik yoxud notinchlik topgan juftiga, uning aqli, idroki, axloqi, ruhiyatiga bog’liq. Shu sababli juft tanlash o’ta og’ir, nihoyatda jiddiy vazifa. Mard yigitning dili vafoni, sadoqatni istaydi. Agar tanlangan juft bevafo chiqsa, bundan oshiq jabru jafo, zulmu alam, dardu sitam yo’q. Vafosiz bilan yashaguncha bo’ydoq o’tgan ma’qul. Yigit dili ochiladi vafodan,

Bo’ydoq yurgan yaxshi jabru jafodan.

Yaxshi xotin tengsiz shahri azimdir,

Yomon xotin battar teshik kapadan.

Shahri azimning tengsizligi uning go’zalligi, bag’ri kengligidir. Shahar obod bo’lganidan bag’rida ko’plab odamlar baxtiyor yashaydi. U yaxshi xotinga qiyos. Yaxshi xotinlar hamisha bo’lganidek, yomonlari ham doimo uchrab turadi. Yomonlar teshik kapaga o’xshaydi. Chunki teshik kapada huzur-halovat bilan yashab bo’lmaydi. O’sha teshikdan kirgan chang-g’ubor, shamollar, yog’in-sochin kapada yashovchilarga orom bermaganidek, yomon xotin ham ro’zg’or osoyishtaligini buzadi, turmush o’rtog’i qalbidagi quvonch, orzu-umid, intilishlarni so’ndiradi, hayotdan bezdiradi. Baxshilar kuylaganidek:

Ro’zg’origa fayz kirmoqni

Aqli raso yor keltirar.

Yorning ori bo’lmaganda

Oilaga zor keltirar.

Darvoqe, hadislarda ham vafodor, oriyatli, iboli, hayoli yor ulug’lanib, har bir yigit uylanishi va Muhammad ummatlarini ko’paytirishi ta’kidlangan holda, yigitga baxtsizlik keltiradigan uch narsaning biri yomon xotin ekanligi uqtiriladi. Demak, sadoqatli yor topish yigitning baxt-saodatidir. Mensimaslik keltiradi adovat,

Yig’olmagan qilolmaydi sahovat.

Gadoni ko’rganda kulmagin zinhor,

Bolani ko’rsangda aylagin hurmat.

Inson tug’ilib, kamolotga erishib borar ekan, oiladagilar-yu qo’ni-qo’shnilari, o’qishdagi yo ishdagi o’nlab, yuzlab kishilarni ko’radi, kuzatadi. Birovning aqlliligiga, o’zgasining esa ozroq aqlsizligiga, kimningdir chiroyligiga, boshqasining xunukligiga guvoh bo’ladi. Ammo inson qay holatda, qay vazifada, kasbda bo’lmasin o’zi kabi Allohning bandasiga mensimaslik, past nazar bilan qarashi gunoh. O’zgalarga mensimay munosabatda bo’lish adovatga, adovat dushmanlikka, dushmanlik esa baxtsizlikka, hatto umrning qisqarishiga olib keladi. Ko’nglida adovat bo’lmagan, hammaga hurmat bilan qaraydigan odam saxovatli bo’ladi.

Saxovat har kimning qo’lidan kelmaydi, hamma beva-bechora, yetim-yesir, moddiy qiynalganlarga ko’maklashaver-maydi. O’zgalarga berish uchun ishning ko’zini, tejamkor-likni bilib yig’ish ham kerak. Yig’ilgan, to’plangan, peshona teri, tadbirkorlik bilan topilgandan saxovat ko’rsatish uchun dil saxovatli, mehrli, shafqatli bo’lmog’i lozim. Dili yuksak, insonga muhabbatli, kuchli kishigina gadoni ko’rganda, ular holidan kulmaydi, o’zi ega bo’lgan mol-mulki uchun Allohga shukrona aytgan holda muhtojlarga yordam beradi, yosh bolani ham ertangi kunning egasi sifatida hurmatlab, izzatini joyiga qo’yadi. Baxshining, demakki, xalqning dono o’gitini tinglayotgan yosh qahramon o’z elining shodligi, baxti, yurtining osoyishtaligi uchun jasur va fidoyi kurashchi bo’lib yetishuvi ayon. U yurtni ozod va obod, urush-janjallardan xoli asrash uchun safarbar etilgan ekan, o’ta ziyraklik, aql-idrok bilan kishilar ro’zg’orini buzishni emas, tuzishni o’ylashi lozim: Bir daraxt ustida har xil meva bor,

Yeb ko’rsang barining ta’mi barobar.

Birov ro’zg’orin buzmayin tuzsang,

Ikki jahonda ham bo’lmagaysan xor.

Daraxtdagi mevalar hajmi va rangi jihatdan farqlanishi tabiiy, ammo mazasi, ta’mi bir xilda. Surat har xilu siyrat, mohiyat o’xshash. Bu yerda oddiy meva haqida gap borayotgani yo’q. Gap yigitning axloqi haqida, o’zgalarning jufti haloliga ko’z tikmaslik to’g’risida. Mashhur «Bibixonim va usta» rivoyatidagi turli rangdagi tuxumning mazasi bir xilligi haqidagi xulosa, misrada ham jam. Muborak hadislarda ham begona ayolga yomon niyat bilan nazar tashlash qattiq qoralanadi. Uchinchi-to’rtinchi misrada fikr yanada aniqroq ifodalanadi, ya’ni o’zganing oilasini mustahkamlashga hissa qo’shgan kishigina bu yorug’ dunyoda ham, ul boqiy olamda ham xor bo’lmaydi. Baxshi aytilmoqchi bo’lgan fikrni nihoyatda noziklik, ibo-hayo chegarasida bayon qiladi. Dastlabki ikki satrdagi mazmun bilan so’nggi misralardagi fikrni jamlasak, xotin-qizlar bir jins, ya’ni bir daraxtdir. Ularning yoshi, kiyinishi, qaddi-qomati, husnu jamoli o’rtasidagi farqlar daraxtning turli shakldagi mevasi kabidir. Mevalar va ayollar suratidagi farqlar mohiyat birligini yo’qota olmaydi. Inson umrining har bir fasli abadiyat qarshisida ko’z ilg’amas lahzalargina bo’lsa ham, umrning har bir davri, lahzasi o’ziga xos xususiyatga ega. Bolalik yuksak xayollar, orzu-umidlar, sho’xliklar davri bo’lsa, yigitlik kuch-qudratga, g’ayrat va jasoratga to’lgan payt.

Erib-erib, ado bo’lar qor,

Bir yilda bir marta keladi bahor.

Yigitlikni, bilgin, toshqin daryodir,

Suvini toshloqqa burmagin zinhor.

Asosiy fikr yigitlik davrida inson eng to’lishgan, baquvvat, bardam, epchil bo’lishini va shu fursatni qadrlay olishini uqtirishda. Ammo, yigitlik eng zo’r davr deb qo’ya qolish hyech qanday zavq bermaydi, tuyg’ularga ta’sir qilmaydi. Baxshi tasvirni uzoqdan boshlaydi. Ya’ni tog’ boshida tuganmas bo’lib ko’ringan uyum-uyum qorlar ham asta-sekin erib-erib tugaydi. O’sha bo’ktar qorni bir yilda keladigan bahor erita boshlaydi. Tasvirga bahor kirib keladi. U ham doimiy emas, vaqtincha, yiliga bir marta keladi. Ammo hech qaysi bahor bir-birini aynan takrorlamaydi. Odam ham bir bor dunyoga keladi, u ham abadiy emas, o’tkinchi. Odam nasli ham bahor fasli misol qaytalayveradi. Biroq hyech bir avlod o’z ajdodini takrorlamagani kabi, tog’ boshidagi uyum-uyum qorning bahordagi iliqlikdan erishi tufayli daryodagi suvlar ko’payadi, toshqin daryolar hosil bo’ladi. Inson ham go’daklikdan yigitlik pallasiga yetganda toshqin daryodek shiddatkor qudrat sohibiga aylanadi, ammo o’zi buni bilmaydi. Shuning uchun uning ko’z o’ngida toshqin daryo gavdalantiriladi. To’lib toshgan daryo suvi bog’u bo’stonlar, gulu guliston nasiba o’ndirishga, yorug’ olamdagi jamiki jonli jonzodlarning, o’simligu giyohlarning yashashiga, chanqog’ini qondirishga xizmat qilishi lozim. Insoniyat suvdan shu yo’lda foydalanishi darkor. Daryo suvini toshloqqa burish, isrofgarchilik, behuda sarf qilishdir. Yigitlik ham suvday o’tkinchi, suvday qadrli, e’zozli. Shu sabab bu davrdagi kuch-qudratni befoyda ishlarga sarflamay, el-yurt manfaati, qarindosh- urug’, do’st-yorlar xizmatiga yo’naltirish lozim. Tog’ boshidagi qor daryodagi toshqin suv va inson umridagi yigitlik davri barchasi ma’lum fursatlik, abadiy emas. O’sha fursatda ularning kuch-quvvatidan ezgu ishlar uchun unumli foydalanish kerak. Yigitlik inson umrining balog’at davri bo’lgani sababli bu davrda bajariladigan ishlar ko’p.

Yigit aqli, kuch-qudrati, mehnati bilan istagancha mol-dunyo, boylik to’plashi mumkin. U qanchalik behisob boylik to’plamasin, naqadar dang’illama, fusunkor imoratlar qurmasin, xilma-xil shohona kiyimlar kiymasin, bularning hyech qaysi yigitga savlat, ko’rk, chiroy bo’la olmaydi, to’la ma’noda baxt keltirmaydi. Baxtning bekamligi, el orasida savlat to’kib yurishining asosi farzanddir. Odamning baxt saodati, oilaning quvonchi o’g’il-qizlar. Kimki odobli, aqlli, o’ylovli farzand tarbiyalasa, o’sha farzandlar suyanch, tayanch bo’ladi. Keksayib, beldan quvvat ketganda, ko’z nuri xira tortganda, barcha tanish-bilishlar,oshna-og’aynilar, qarindosh-urug’lar o’z tashvishi bilan bo’lganda, faqat o’g’il-qizlar ota-onaning beliga darmon, ko’ziga nur, izidan izdosh bo’lib, qo’llab, quvvatlaydi. Har bir farzand shunday davlatki, uning bahosi yo’q. Bu davlat mol-dunyo kabi tugab qolmaydi, balki kuch-qudrati tugayotgan ota-onaga ham moddiy, ham ma’naviy, ham ruhiy madatkor sifatida xizmat qiladi. Shu bois yigitmi, qizmi, oila qurgandan so’ng farzand ko’rishni, farzandlarni komil inson qilib tarbiyalashni, har qanday va har qancha boylik farzandning tirnog’iga ham arzimasligini yodda saqlashi lozim.Shu sababli xalqimiz kishining boyligini o’g’il-qizlarining ko’pligi bilan baholaydi. Ko’p bolalilik, bolaparvarlik esa qon-qonimizga singib ketgan.


Каталог: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40


©netref.ru 2019
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет