Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги


QIZ BOLALAR TARBIYASIDA JISMONIY MADANIYAT BILAN SHUG’ULLANISHNING AHAMIYATI HAQIDA



бет24/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40

QIZ BOLALAR TARBIYASIDA JISMONIY MADANIYAT BILAN SHUG’ULLANISHNING AHAMIYATI HAQIDA
U. Xolbekova., R Davurboyeva, Jizzax DPI, M.Sh.Yaxshiyeva, JLPU

Biz ushbu maqolamiz orqali xalqimizning tarixiy taraqqiyotida xotin-qizlarning o’rni misolida jismoniy madaniyat va sportga qiz bolalarning qiziqishi va ularning hayotida muntazzam o’rin olishini tarbiyalash maqsadida quyida tarixiy manba’lar asosida bayon qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

Qadimiy ajdodlar haqidagi afsonalar, tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlarning natijalariga asoslanilsa, xotin-qizlar erkaklar va yigitlar bilan ijtimoiy mehnat, ov va turli marosimlarda baravar-teng ishtirok etishgan. «Avesto», «Alpomish», «Go’ro’g’li», «To’maris», «Qirq qiz» kabi tarixiy asarlar va xalq og’zaki ijodi qahramonlarini eslashning o’zi bunday dalillarni isbotlab beradi.

Sharq xalqlarining, ayniqsa, hozirgi O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan xalqning ijtimoiy-madaniy turmush madaniyati davrlar osha boyib, rivoj topgan. Bularni Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa juda ko’p mutaffakkir olimlar, ulug’ zotlar hayoti hamda ularning qoldirgan ilmiy me’roslaridan bilish mumkin. Ularda xotin-qizlar timsoli g’oyat ulug’langan va go’zalliklari, iffat va axloqlari badiiy jihatdan mukammal tavsiflangan.

Markaziy Osiyo va boshqa hududlarni arablar tomonidan istilo qilinishi (V-VIII asr) hamda ularning madaniyati, ma’rifati chuqur o’rnashib qolinishi (IX-XIX asr) xotin-qizlarning ijtimoiy-ruhiy holatlari va tashqi kiyinish madaniyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Shu asosda ayollar va hatto endi voyaga yetayotgan qizlar ham paranjida yurish madaniyati odat tusiga aylangan. Ularning bir tomonlari hozirgi davrda ham «hijob» shaklida saqlanib, davom etib kelmoqda. Xotin-qizlarning paranjida yurishi mahalliy kishilarning xoxish va istaklari asosida xilma-xil mazmunlarni keltirib chiqarganligini ta’kidlash lozim bo’ladi. Ya’ni ko’chaga chiqmaslik, ariqdan sakrab o’tmaslik, hatto yaqin qarindoshlar oldida ham yuzni bekitib so’rashish va hokazo. Bunday jihatlar Arab mamlakatlarida to’la taqiqlanmagan. Buni «Muhammadin Rasululloh» (1997yil), «Vijdon» va boshqa arab kinolarida ko’rish mumkin.

Ma’lumki, XIX-asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni o’rganish maqsadida o’z vakillari, olimlarini tez-tez yuborib turgan. Ular mahalliy millat madaniyatini tarqata boshlagan. Oqibatda zo’ravonlik bilan Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni o’zining mustamlakatiga Rus tuzem maktablari, dramatik asarlar, sirk, turli xil tomoshalari bilan mahalliy millat orasiga kirib borgan va o’z maqsadlari yo’lida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishgan. Bunday jihatlar ayniqsa 1917-yildagi oktyabr inqilobidan keyin yangi shakl va mazmunda majburan keng tarqaldi. Bularni 1926-1928-yillarda “Xotin-qizlar ozodligi” uchun olib borgan be’mani tadbirlar, paranjilarni yoqish, yosh ayollarni turli ishlarga jalb etish kabi tadbirlar misolida ko’rish qiyin emas. Ular haqida juda ko’p kitoblar, maqolalar, tarix muzeylarining eksponatlari guvohlik beradi.

Qadimgi davrlarda xotin-qizlar uchun maxsus madrasalar bo’lmasa-da, uy sharoiti va podsholar, xonlarning saroylarida xotin-qizlar tahsil olishgan. Natijada Uvaysiy, Nodirabegim kabi iste’dodli shoiralar, davlat arboblari yetishib chiqqan (XVII-XVIII asr).

Islom dini taqiq etgan ba’zi bir ma’rifiy-madaniy jihatlarga qaramasdan xotin-qizlar orasida ijtimoiy-mehnat va turmush sohasida taraqqiyparvarlar bo’lishgan. Bu jihatlar ayniqsa sobiq sho’rolar (sovetlar) mustamlakachiligi va istilosi davrida birmuncha «uyg’onish» davriga aylangan.

Bunda Hamza Hakimzoda, Sadriddin Ayniy, Qori-Niyoziy, Behbudiy va boshqa ko’pgina madaniyat arboblari, ma’rifatparvarlarning roli katta bo’lgan. Natijada Tamaraxonim, Gavhar Rahimova (opa-singil Petrosyanlar, Farg’ona) Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto’rayeva, Mukarrama Turg’unboyeva kabi atoqli artistlar, Zulfiya Isroilova, Oydin Sobirova, Saida Zunnunova kabi shoiralar, Oliya Sultonova (ipakchilik, Farg’ona), Mastura Azizova (traktor haydovchi, urush va keyingi yillarda, Samarqand), Tursunoy Oxunova (paxtachilik, Yangiyo’l) kabi mehnatkash ayollar, Yodgor Nasriddinova, Rahima Boboyeva, Vasila Sodiqova kabi davlat va partiya arboblari, Xadicha Sulaymonova (huquqshunos) Z.Aminova (tarix) kabi ilm-fan namoyandalari yetishib chiqqan va ular xalq va Vatanga xizmat qilishda fidoyilik korsatib kelganlar. Sobiq sho’rolarning milliy madaniyatimizni rivojlantirishdagi salbiy ta’sirlari bilan bir qatorda xotin-qizlarni ma’rifiy-madaniy jabhalarga boshqarishda ulkan tadbirlar amalga oshirilganligini tan olish lozim bo’ladi. Ularning samaralarini tibbiyot, pedagogika, ta’lim-tarbiya jarayonlari va xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida xizmat qilib kelgan mahalliy xotin-qizlar misolida faqat tasavvur qilib qolmasdan, balki ularni hozirgi o’rta va katta yoshdagi kishilar inkor qilmaydi. Yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, xo’jalik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan-texnika va boshqa ko’p sohalarida o’z mehnatlari bilan o’chmas iz qoldirgan ayollarni unutib bo’lmaydi.

Ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablar, akademik-liseylar, kasb-hunar kollejlari, turli xil o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qariyb 6 mln. yoshlarning yarmidan ko’pini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning 75-80% esa mahalliy millat vakillaridir. Bu juda quvonarli dalil va voqyelikdir. Lekin ular orasida jismonan zaif, kasalmand, tug’ma nogironlar ham oz emas. Jismoniy madaniyat darslarida muntazam shug’ullanuvchilarning 50-60 % dastur talablarini o’z vaqtida o’zlashtirib ola olmaydi yoki keyinchalik ham to’la bajara olishmaydi.

Barcha turdagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport to’garaklarida muntazam shug’ullanuvchilar umumiy qizlar soniga nisbatan 5-10 % dan oshmaydi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» va boshqa turli sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar soni 25-30 % atrofidadir. Ayniqsa, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari bo’yicha tayyorgarlik mashg’ulotlari hamda musobaqalarida bevosita qatnashayotganlar soni ham sifati (texnik natijalar) qanoatli darajada emas. Bularning ob`yektiv va sub`yektiv sabablari juda ko’p.

Xulosa qilib aytganda, ajdodlarimizning tarixiy-taraqqiyoti mobaynida bo’lib o’tgan voqeyliklar misolida mustaqil mamlakatimizning qiz bolalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sportning hozirgi kundagi bo’lgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar buning isbotidir.


O’QUVCHILARNI EKOTURIZM BO’YICHA TOG’ SAYOHATLARIGA O’RGATISH
R.Xidoyatov, O’zbekiston ekologik harakati, Jizzax viloyat hududiy bo’linmasi

Tog’ sayohati (gorniy turizm) mazmun, maqsad va mohiyat jihatdan o’ziga xos piyoda yurish shakli bilan bir necha turlarga bo’linadi. Ya’ni, oddiy (ommabop), darajali (kategoriyali) va murakkab (cho’qqilarni zabt etish) sayohatlardan iborat. Darajali va murakkab tog’ sayohatlari jahon sport klassifikasiyasidan o’rin olgan maxsus sport turidir. Bu Alpinizm sport turi bilan uyg’unlashib, tutashib ketadi. Unda darajali (kategoriya) qiyinchiliklar I–V toifalardan (dengiz sathidan 3-6 km va undan ham baland) iborat bo’ladi.

Oddiy tog’ turizmi o’quvchi, talaba va ishchi-xizmatchilar uchun belgilangan maxsus sayohatlar tarkibiga kiradi. Buni Tyanshan tizma tog’larining so’nggi tarmoqlari (Chotqol, Arslonbob, Hamzaobod-Shohimardon, Turkiston, Zomin, Baxmal, Nurota tizmalari), Zarafshon hamda Boysun tog’lari tizimida ko’rish mumkin. Ularning etaklari va o’rta qismlari dengiz sathiga nisbatan 500-1500 m.ni tashkil etib, sayohatlarga qulaydir. Buning yana bir afzallik tomonlari shundaki, mazkur tog’larning aksariyat ko’pchiligi archa, yovvoyi mevali daraxtlar hamda besanoq ko’p o’simliklar, gulli maysalar bilan qoplanib, muzdek chashma ariqlari, sharsharalari, sof havosi bilan barchani o’ziga jalb etadi.

Tabiatning bunday go’zal manzarali go’shalarida o’quvchi-yoshlarning yozgi dam olish va sport-sog’lomlashtirish oromgohlari, talabalarning sport maskanlari hamda mehnatkashlarning dam olish uylari joylashgan. Ularda doimiy ravishda (har yozgi mavsumda) dam olib, hordiq chiqarib kelgan katta va kichik yoshdagi kishilar, sayohatning qadri hamda mohiyatlarini chuqur va yaxshi bilishadi.

Ta’kidlash joizki, tog’li hududlar va manzarali dam olish oromgohlarida hamma ham bo’laolmaydi. Ayniqsa, shahar aholisi, o’quvchi-yoshlarning son jihatdan ko’pchilikni tashkil qilishi buning asosiy sabablaridan biridir.

Kuzatishlar, rasmiy ma’lumotlarni o’rganish, tahlil qilish natijalariga qaraganda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon kabi yirik markaziy shaharlardagi bolalarning atigi yuzdan 2-3 tasigina yozgi dam olish oromgohlarida hordiq chiqaradi. Boshqa shaharlardagi o’quvchilarning bunday oromgohlarda dam olishi mazkur raqamlardan unchalik katta emas.

Ma’lumki, deyarli barcha tog’li va tog’oldi hududlarida ochiq maydonlar, dam olish uchun qulay manzarali joylar ko’p bo’ladi. Bunday manzillarga tunab kelish va hatto 5-6 kunlab dam olish sayohatlarni tashkil qilish mumkin. Qolaversa, ta’minoti yaxshi va sharoitlarga imkoni bor oilalar 10-15 kishiga joy tayyorlab berib, dam olish, xordiq chiqarish, sayohatlar uyushtirishga yordam berishga odatlanmoqda.

Tog’li hududlarda dam olish, sayohatlar qilish va turli tadbirlar (cho’milish, oftobda qizdirish, o’yinlar bilan shug’ullanib chiniqish va hokazo) tashkil qilish bilan jismoniy kamolotni rivojlantirish mumkin. Shu asosda tabiat, hayvonot va o’simliklar dunyosi bilan tanishish, ularni o’rganish bilan bilimlarni kengaytirishga imkoniyatlar bo’ladi. Bular o’z navbatida o’quvchi-yoshlar va ota-onalarning har tomonlama barkamol bo’lishlariga ijobiy ta’sir o’tkazadi.

Tog’larda sayr-sayohat qilish, o’lkani o’rganish va zaruriyat tug’ilganda ijtimoiy mehnat orqali mahalliy aholiga ko’maklashish, tabiatni muhofaza qilish, Ekosan (Ekologik sanitariya) ishlarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan amaliy faoliyatlarni sayohat qatnashchilari nazariy hamda amaliy jihatdan yaxshi bilishlari, ularga to’la amal qilishlari lozim.

Buning uchun esa quyidagilarni avvaldan bilish lozim:

1. Ota-onalar:

- sayohatlar (turizm) haqidagi o’quv qo’llanmalar (R.Abdumalikov, T.Xoldarov, 1998, R.A.Qosimova 2008, Daurenov 2010 yil) va uslubiy tavsiyanomalar bilan tanishish, ularni farzandlar bilan birgalikda o’qib-o’rganish;

- boradigan manzilni belgilash, u joylarning sharoitlarini xarita, chizma, videotasvir, kishilardan so’rash usullaridan foydalanish;

- tanlangan joyga borish uchun xalq ta’limi, o’rmon xo’jaligi va boshqa mutasaddi idora, tashkilot, shaxsiy xo’jalik rahbarlarining rasmiy ruxsatini olish;

- sayohat jihozlari (chodir, idish-tovoq, kiyimlar, gigiyenik anjomlar) va oziq-oqvatlarni jamg’arish, g’amlash;

- foydalanish uchun avtoulovlarni tanlash va yo’l xarajatlarini jamg’arish;

- tibbiy ko’rikdan o’tish va tegishli dori-darmonlarni (aptechka) xarid qilish.

2. Barcha sayohatlar qatnashchilari:

- ma’lum joyga yig’ilish, avtoulovlarga chiqish, manzilga yetganda tartib-qoida asosida piyoda yurishni boshlash;

- yuklarni (jihozlar, oziq-ovqatlar, kiyimlar, idish-tovoq va hokazolar) jismoniy tayyorgarligi, jinsi va yoshlariga qarab teng taqsimlash;

- piyoda yurish qoidalariga (oldinga o’tib yoki orqada qolib ketmaslik, to’siqlardan o’tishda nazorat) to’la amal qilish;

- horiganda (charchash, toliqish) 5-10 daqiqa to’xtab, dam olish, ammo tevarak-atroflarga beixtiyor uzoq vaqt ketmaslik;

- ota-ona yoki sayohat rahbarining (instruktor) ruxsatisiz suv ichish, baland tosh yoki daraxtlarga osilish, chiqish mumkin emas;

- belgilangan joyga yetib borganda eng avvalo yashash (uxlash, ovqatlanish, suhbat va hokazo) sharoitlarni yaratish. Bunda soya, tekis, suvga yaqin joyda chodir o’rnatish, o’choq yasash va hokazolar;

- ovqatlanish, dam olish, uxlash va sayohatlarga chiqish faqat rahbar va uning yordamchilari ishtiroki hamda ruxsati bilangina amalga oshirilishi shart;

- har erta tongda manzarali joylarga borib, guruh yoki yakka tartibda mashqlar qilish, yaqin atroflarga sayr qilish, sovuq suvlarda yuvinish, cho’milish;

- kechki dam olish paytlarida suhbat, o’yinlar (qo’shiq, raqs) uyushtirish;

- shamollash yoki boshqa sabablar bilan tana haroratining ko’tarilishi, bosh, oshqozon va boshqa a’zolarda og’riq sezilganda zinhor tekshirish (hamshira-shifokor) va tegishli dorilarni iste’mol qilish;

- tunagan, dam olgan va sayohatlar yo’lida behuda olov yoqmaslik, yong’in chiqishiga yo’l qo’ymaslik kerak;

- buta va daraxtlar orasi, tagida zaharli hashoratlar, chayonlar, ilonlardan doimo ehtiyot hamda ogoh bo’lish;

- tasodifan yiqilish, surinish, urinish va boshqa vaziyatlarda bir-biriga ko’maklashish, birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish. Bu sohada ma’lum darajada tajriba va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish va hokazo;

Umuman olganda tog’ sayohati aytishga oson, ammo uni tashkil qilish va mazmunli o’tkazish ancha murakkab. Shu sababdan eng avvalo ota-onalar, xalq ta’limining mutasaddi xodimlari hamda shaxsiy xo’jalikdagi tashkilotchilar, rahbarlar o’quvchi-yoshlarning mazmunli, qiziqarli dam olishlari, jismoniy chiniqishlari uchun barcha tadbir-choralarini ko’rishi, imkoniyatlarni ishga solishi lozim.

Xulosa shundaki, turizm, asosan tog’ sayohatlari o’quvchi-yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda eng muhim omillardan biridir.

Shahar sharoitlarida aksariyat ko’pchilik bolalar tabiat qo’ynida kamdan-kam bo’lishadi. Tog’ manzaralari, toza suv va sof havodan bahramand bo’lish ancha chegaralangan hisoblanadi. Sog’lom avlod dasturi va barkamol avlod davlat dasturi asosida har bir oilada bolalarning tog’li xududlarida sayr-sayohat qilishlariga imkoniyatlar yaratish ham qarz, ham farzdir. Chunki sayohatlar o’quvchi-yoshlarni Vatanni sevishga, uni qadrlashga o’rgatadi.



JISMONIY TARBIYA ORQALI RUHIY HOLATLARNI TARBIYALASH MASALALARI
N.Ahmedova, D.Ismoilova, JizzaxDPI

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlaridagi faol harakatlar va sport turlari bo’yicha musobaqalarning natijalari shug’ullanuvchilar, ayniqsa, o’quvchi va talaba-yoshlarning ruhiy holatiga kuchli ta’sir o’tkazuvchi omillardan hisoblanadi.

Inson tabiati va ruhiyati o’zgarmas darajadagi jarayon emas. Shu sababdan qat’iy ruhiy holatlarni tarbiyalash va unda turli omillardan foydalanish zaruriyati tug’iladi. Hazil so’zlar, kulgi ruhiy holatni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etuvchi tarbiya vositasidir.

Ijtimoiy-madaniy turmushimizda aksariyat, hajviya va hazil-mutoyibalardan foydalanish qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda. Farg’ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo hududlarida askiya va hajviya keng tarqalgan. Surxondaryo va Zarafshon vohalarida esa ko’proq hazillar (askiyaning bir turi) ko’p qo’llaniladi.

E’tirof etish lozimki, askiya, hajviya va hazillar mazmunida ta’lim-tarbiya, ahloq-odob, salomatlik kabi fazilatlar chuqur o’rin egallaydi. Hazillar, hajviyalar va askiyalarni eshitgan, ayniqsa uning tub ma’nosini tushungan kishilar zavq-shavq bilan kulishdan tashqari, salbiy xususiyatlar, qusurlarni o’zidan yiroqlashtiradi. Shu asosda yosh bolalar va qizlarga tarbiya berishda ulardan maqsadli foydalaniladi.

Ta’kidlash joizki, sport bilan astoydil shug’ullangan kishilar kamgap bo’lishadi va har narsaga ham chin dildan kulavermaydi. Buning asosiy sababi shundaki, ular sport mashg’ulotlari bilan band bo’lib, turli xil suhbatlar, o’yin-kulguda kamroq ishtirok etadi, gazeta-jurnallarni unchalik ko’p o’qimaydi, qolaversa, katta va keksa kishilarning pand-nasihatlariga to’la e’tibor berishmaydi. Shunday bo’lsa-da, sport mashg’ulotlari, musobaqalarning mazmuni, maqsadi hamda murabbiylarning ta’siri tufayli axloq-odob me’yorlarini yaxshi egallaydi, ularga itoat etadi.

O’zDJTI, Samarqand DU va Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari bilan o’tkazilgan tadqiqot jarayonlarida hazil-mutoyibalarning mantiqiy ma’nosini qanday tushunishlariga e’tibor berildi. Tahlil natijalariga asoslangan holda aytish mumkinki, 1-2-kurs talabalari hazillarni tanqid va kamsitish (40-50%) deb tushunadi. 3-4 bosqich talabalari esa kulgi (60-70%), tarbiyalash (20-30%) ma’noda tushunadilar. Hazil-mutoyibalar maqsadi va mazmuniga izohlar, aniq tushunchalar berilgach 1-2 - kurs talabalari yuqori kursga (3-4) o’tganda ularning mazmunini yaxshi anglaydi va o’quv amaliyotlari jarayonida maktab o’quvchilari bilan suhbat jarayonlarida ularni qo’llash yo’llarini o’rganadi. O’z o’rnida aytish lo-zimki, yaxshi, mazmunli va ahloq-odobga munosib hazillarni eshitgan maktab o’quvchilari zavq bilan kulishadi, yugurish, sport o’yinlari mashg’ulotlarida toliqqanda, charchashni unutadi,qolaversa, o’qituvchiga nisbatan munosabat, hurmat, mehr-oqibat oshib boradi. Demak, o’quvchi-yoshlar va talabalar o’rtasida sport mavzusidagi hazillarni qo’llash zaruriyati bor, desa bo’ladi. Ayniqsa, sport maktablarida, maktab o’quvchilarining sport musobaqalari jarayonlarida o’rinli xazillarni ishlatish lozim, chunki kulgi-hazillar bilan ularni ruhiy jihatdan ko’tarish ehtiyoj hisoblanadi. Buning uchun esa jismoniy tarbiya va sport sohasidagi talaba va o’quvchi-yoshlarga turli mavzudagi hazillar, hajviya-larni ko’proq singdirish, ularni qo’llash yo’llari bilan qurollantirish lozim. Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir hazillar hamda hajviyalardan namuna keltirish mumkin.

Sport o’yinlarining o’zgacha fayzi, qadr-qimmati va chuqur mantiqqa ega bo’lgan jihatlari juda ko’p, boy. Shu sababdan sport bilan bevosita shug’ullanish, sihat-salomatlik, tetiklik va bardamlilikni bir umr saqlash eng zarur ehtiyojdir. Musobaqalarni ko’rish, sport muxlislarining hayqiriqlari, xatti-harakatlari, xursandchiliklarini kuzatish ham o’ziga xos tarbiyaviy jarayondir.

Kulgi, xursandchilik, salomatlik va ma`naviy boylik alomati hisoblanadi. Har bir voqyelikni dildan his etish, uning ma`nosi va mohiyatiga xolisona baho berish esa madaniyatlilik belgisi, balki mazmunidir, deb xulosa qil-ishga odatlanish lozimdir.

Respublika teleekranlarida namoyish etilayotgan “Handalak”, “Shumtakalar”, “Qalpoq”, “Sho’rdanak” hajviy ko`rsatuvlari, “Afandi” gazetasidagi kulgili materiallar va umuman hayotda uchraydigan turli voqye’aliklarni ifodalovchi mavzulardagi askiyalar katta yoshdagilarnigina emas, balki bolalar, o’quvchi va talaba yoshlarning ham ruhiy holatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Ularni darslar, sport mashg’ulotlari jarayonlari va turli sport musobaqalarida eslash, eslatish, ayniqsa, yoshlarning ham bu sohalardagi faoliyatlarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.


BOLALAR JISMONIY TAYYORGARLIGI HARAKAT FAOLLIGINING ASOSLARI
D.X.Eryigitov, O.T.Bahromov, Jizzax DPI

Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida jismoniy tayyorgarlik (tayyorlash) atamasi «Jismoniy holat», «Jismoniy rivojlanish», «Jismoniy sifatlar» kabi iboralarning asosini tashkil etish bilan birgalikda, ularni amaliy jihatdan foydalanishda muhim o’rinda turadi. Chunki bu ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida kishilarning yoshi, jinsi, salomatligi, istak va qiziqishlari bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababdan jismoniy tayyorgarlik mazmun, shakl va mohiyat jihatidan hayotda o’z o’rniga egadir. O’quvchi-yoshlar, bolalarni jismoniy madaniyat dasturi talablarini bajarishga tayyorlash, sportchilarning mahoratini oshirishda ularning jismoniy tayyorgarliklarini ta’minlash kabi o’ta ma’suliyatli tarbiyaviy jarayonlar mavjud.

Mehnatkash aholini «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini bajarish va turli musobaqalarda ishtirokini ta’minlashda ularning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday jihatlar turli tarmoqlarda mavjud bo’lib, ularni maxsus jismoniy madaniyatlash (sport komandalari, harbiylar, ichki ishlar, o’t o’chirish va hokazo) amalga oshiriladi. Bular o’z navbatida o’ta murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy jarayon sifatida dolzarb muammolardan biridir. Shu sababdan barcha sohalardagi bo’lajak mutaxassilarni bunday ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlar bilan tanishtirish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Vazifalar: Yuqorida bayon etilgan maqsadlar asosida quyidagi vazifalarni bajarishga to’g’ri keladi, ya’ni:

1. Inson faoliyatidagi jismoniy holatlarni tasvir etish va ularni baholash.


  1. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish.

  2. Jismoniy tayyorgarlikning ijtimoiy-mehnat sharoitlaridagi o’rni, vazifasi va mazmuni bilan qurollantirish.

  3. Jismoniy tayyorgarlikning yosh, jins va salomatlikka qarab qo’llanilish usullarini o’rgatish va hokazo.

  4. Ma’ruza jarayonida o’qituvchi o’z tajribalari asosida har bir soha bo’yicha amaliy takliflarni tavsiya etishi lozim.

Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari

O’zbekiston sharoitida ijtimoiy-mehnat va sog’liqni saqlash tizimidagi barcha tadbirlar aholining sog’lom turmush tarzini yaxshilash, ularning mehnat qobiliyatini oshirish hamda uzoq yillar sog’lom yashashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Sanoat ishlab chiqarishi, qurilishlar, qishloq va suv xo’jaligidagi mehnat faoliyatlarda jismonan barkamol bo’lishni taqozo etadi. Shu sababdan kishilarning sog’ligini mustahkamlash, mehnat qobiliyatlarini takomillashtirish va mehnat samaradorligini oshirish yo’lida jismoniy madaniyat va sportga katta e’tibor berilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori (27 may 1999 y.) faqat sportnigina rivojlantirish, u bilan bog’liq bo’lgan muammolarni (sport inshootlarini yaxshilash, kadrlar tayyorlash, xalqaro sport maydonlarida g’alabalarga erishish va hokazo) hal qilish bilan chegaralanadi. Aksincha, aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi-yoshlar va bolalarning jismoniy barkamolligini ta’minlash, mehnatkash ishchi-xizmatchi va ziyolilarni jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etishga qaratilgandir.

Mamlakatda aholi o’rtasida jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirishning asosiy maqsadi shundaki, insonlarning doimo sog’lom bo’lishi, bolalikdan jismoniy madaniyat bilan shug’ullanishga odatlantirish, iqtidorli yoshlarni sportga safarbar etish, sportchilarning jahon sport maydonlarida ishtirok etishi hamda yutuqlarni qo’lga kiritib, O’zbekiston shuhratini jahonda yanada kengaytirishga qaratilgan. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi davr texnik taraqqiyoti natijasida ko’pchilik mutaxassislarning o’tirib ishlashi, ijod qilishi kam harakat qilishiga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida qon aylanish tizimining o’ta susayishi, ya’ni gipodinamiya kasalligiga chalinishiga sabab bo’lmoqda. Uchinchidan esa, tamaki chekish, turli giyohlar va spirt ichimliklarini yoshlikdan ko’p iste`mol qilish, turli xil yuqumli kasalliklarning (gripp turlari) kelib kirishi hamda shunga o’xshash turli xil sabablar orqali kasalmand kishilar ko’paymoqda. To’rtinchidan - maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat darslarining saviyasi pastligi, ommaviy sog’lomlashtirish jismoniy madaniyat - sport tadbirlariga yoshlarni ommaviy ravishda jalb etishining qoniqarsizligi 60-70 % o’quvchi-yoshlar va bolalarning jismoniy madaniyat dasturi talablari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari normativlarini o’z vaqtida bajara olmasligi ma’lum bo’lmoqda.

Yuqorida ta’kidlangan eng muhim muammolar tarkibida yana juda ko’p kamchiliklar oqimi davom etmoqda. Bularning mazmuni va negizida jismoniy madaniyat, jismoniy rivojlanish hamda jismoniy tayyorgarlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarning chuqur singib ketmaganligi aynan namoyon bo’lmoqda. Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi shundan iboratki, har bir inson, ayniqsa, mehnatkashlar (aqliy va jismoniy sohada) va o’quvchi-yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), doimo tayyor bo’lib turishi, jismonan baquvvat, chiniqqan bo’lishidagi faol harakatlardir. Bunday amaliy faoliyatlar faqat jismoniy mehnat va jismoniy mashqlarni bajarish yo’li bilan vujudga keladi va mustahkamlanadi. Xalq orasida «Sog’liq pulga topilmaydi» degan naql bor. Bu haqiqatdir. Kasallikka chalingan kishilar buni yaxshi idrok etishadi.

Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash va uni mustahkamlashda jismoniy mashqlarni (badan tarbiya) har qanday doridan ustun qo’yadi. Qadimgi davrlarda falsafachilar salomatlikni ulug’laganlar. Bir badavlat kishi falsafachidan so’radi: «Inson xayotida eng ulug’ narsa nima, davlatmi yoki shon-shuhrat?» U kishi shunday javob qilibdi: «Na boylik va na shon-shuxrat insonni baxtli qila olmaydi. Salomatlik baxt va quvonchning bir manbaidir». Haqiqatan ham insonlarga eng katta baxt, shodlik-quvonch keltiruvchi narsa sog’liqdir. Sog’liqdan ortiq qimmatli narsa yer yuzida yo’q. Bu qat’iy va haqiqiy (obyektiv) xukmdir. Inson salomatligi haqida mulohaza yuritilsa, albatta uni doimo saqlash, imkoniyat darajasida rivojlantirish lozim bo’ladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik (tayyorlash) eng ustuvor tadbir bo’lmog’i zarur. Boshda ta’kidlanganidek, jismoniy tayyorgarlik ko’rish shug’ullanuv-chilarning (tarbiyalanuvchilar) eng avvalo yoshi, jinsi va jismoniy holati (kasal yoki sog’) e’tiborga olinadi. Shu asosda beriladigan (bajariladigan) mashqlarning turkumi (kompleks), miqdori va bajarish usullari belgilanadi (rejalashtiriladi).

Ta’kidlanganidek, shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy holatlariga qarab o’tkaziladigan mashg’ulotlarning ko’lami g’oyat keng. Ularning har biri alohida mavzudir. Shu sababdan jismoniy tayyorgarlikning umumiy xususiyatlarigagina qisman to’xtalish zarurdir.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda, har bir shug’ullanuvchining jismonan barkamolligi tushuniladi, ya’ni tez harakat qilish, turli xil mehnatlarni yengil bajara olish, chaqqon, kuchli va boshqa jismoniy sifatlarga ega bo’lishdir. Bunday fazilatlar va jismoniy sifatlarga ega bo’lish uchun esa har doim jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanish lozim bo’ladi. Bunda kundalik rejimga (ertalab, kechki bo’sh payt, dam olish kuni va hokazo) jismoniy madaniyat mashg’ulotlarni kiritish shartdir.

O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablari, akademik-litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat darslari umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini to’la bera olmaydi. Chunki haftada 1-2 soatlik darslar mushak va bo’g’inlarga to’la kuch, harakatchanligini butun hafta davomida saqlashini ta’minlay olmaydi. Jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish uchun esa har kuni ertalab va kechki paytda jismoniy madaniyat va sportning u yoki bu turi bilan astoydil shug’ullanishni taqozo etadi. Buning o’rnini sport to’garaklari va sport musobaqalarigina bosishi (egallash) mumkin. Ya’ni jismoniy tayyorgarlikning asosiy yo’li har kungi jismoniy madaniyat yoki sport to’garaklari mashg’ulotlari (haftada 2-3 marta) hisoblanadi.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida umumiy jismoniy tayyogarlikning asosiy manbalari sifatida gimnastika, yengil atletika, suvda suzish, futbol, sport o’yinlari, xalq milliy harakatli o’yinlari, sayohatlar (turizm) va boshqa vositalarni tan olinadi. O’quvchi-yoshlar, bolalar va yosh mehnatkashlar yuqorida bayon etilgan jismoniy madaniyat vositalarini (sport turlari) darslar, mashg’ulotlar va musobaqalar orqali yaxshi tasavvur etishadi. qolaversa, sport turlari bo’yicha davlat tilida yangidani nashr etilayotgan o’quv-uslubiy qo’llanmalar ko’paymoqda. Shu sababdan ularning umumiy jismoniy tayyogralikni tarbiyalashdagi mazmunlari hamda mohiyatlari haqida batafsil to’xtalishga hojat yo’q.



Xulosa qilib aytganda, umumiy jismoniy tayyorgarlikning belgisi va natijalari quyidagi yo’nalishlarda ma’lum bo’ladi, ya’ni:

  1. Jismoniy mehnat qilishda tezda toliqmaslik, charchamaslik.

  2. Ob-havoning issiq-sovug’iga chiday olish.

  3. Turli xil kasalliklarga tezda chalinmaslik.

  4. Jismoniy mashqlarni (qo’lda tortilish, yotgan holda tirsaklarni bukib-yozish, tosh (gir) ko’tarish, tez yugurish va hokazo) erkin bajara olish.

  5. Futbol, basketbol, voleybol, tennis kabi sport o’yinlarida ishtirok etish.

  6. O’zi sevgan sport turi bilan muntazam shug’ullanish.

  7. O’rta va uzoq masofalarga yugurishda charchamaslik, chidash, suvda suzish va hokazo/

  8. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning xususiyatlari.

Insoniyat paydo bo’lib, ijtimoiy tuzilmalarning (farmasiya) o’zgarishi, rivojlanishi natijasida ularning mehnat va ijtimliy turmushda eng asosiy o’rinni egallagan jihatlardan biri jismoniy jihatdan har tomonlama rivoj topish ustun bo’lgan. Bu, albatta, tabiiy bir holdir. Chunki hayvonlarni ov qilish yoki ularning hujumiga qarshi turish (ibtidoiy jamoa tuzumi). Yer va mulk egasi bo’lish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish ma’lum darajada tengsizlikni (feodalizm davri) vujudga keltirgan. Bunday jarayonlar urug’lar, qabilalar, davlatlarning o’zaro urushlariga sabab bo’lgan. Barcha ko’ngilsiz, noxush voqyealardan xalos bo’lish, qarama-qarshiliklarni yengish yoki ularga bardosh berish uchun jismoniy qobiliyatlarga (kurash, mushtlashish, nayza sanchish, qilichlashish, kamondan o’q otish va hokazo) ega bo’lishni taqozo etgan. Natijada barcha joylarda jismoniy chiniqish va tayyorgarlik jarayonlarining u yoki bu turi hamda usullariga alohida e’tibor berilgan. Ularni Markaziy Osiyo, ayniqsa, hozirgi O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan avlod-ajdodlar misolida ham ko’rish mumkin. Bundan uch ming yillar avval yashagan zardushtiylar (hozirgi Xorazm vohasi va uning atroflari) hayoti haqida «Avesto» (zardushtiylar qomusi) kitobi dalildir. Unda faqat xudoga sig’inish va janglarda g’olib chiqishgina tasvir etib qolinmasdan, balki ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy madaniyat ham yuksak darajada o’z ifodasini topgan. Uning negizida esa bolalikdan odob, mehnat qilish, jismonan chiniqtirish masalalari ustivor turadi. «Alpomish» dostonida qadimgi avlodlarning madaniy urf-odatlari, oriyat uchun o’z jonini ham ayamaslik, Vatan, el-yurt uchun jasorat ko’rsatish hislatlari kuylanadi. Alpomish timsolida kurashda yengilmaslikka, chavandozlikda chidamlilik, kamondon o’q otishda mahorat, kuch va merganlik kabi jismoniy sifatlar o’z ifodasini topgan. Shuningdek, «To’maris afsonasi»da (Tarixiy shaxs-ayol, taxminan eradan avvalgi VII-V asrlar) xotin-qizlarning Vatan uchun kurashi, oriyat uchun qasos olish kabi xislatlar, jasoratlar bayon etiladi. Shunga o’xshash voqyeliklar va afsonalari «Go’ro’g’li» turkumidagi xalq og’zaki ijodi durdonalari, «Qirqqiz», «Kuntug’mish», «Tohir va Zuhra» dostonlarida ham uchratish mumkin. Ayniqsa, hunarni egallash, harbiylikdagi jasorat ko’rsatish kabi maxsus tayyorgarlik jarayonlari buyuk sarkarda Amir Temur va uning sulolalari (Mirzo Ulug’bek, Bobur va hokazo) hayotida amaliy jihatdan o’z mazmuniga ega bo’lgan. Sharq she’riyatining sultoni, hazrat Alisher Navoiyning «Xamsa»sarida va undan keyingi davrlarda ijod etgan shoirlar, falsafachilar, solnomachilar (tarixchilar) va boshqalarning asarlarida qaxramonlik, jangovorlik, kasb-hunar egalari to’laqonlik bilan tasvirlangan. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Ahmad polvon, Hoji Abla, Hojimurod polvon kabi shaxslar butun Markaziy Osiyoda kurashlarda qatnashib, yelkasi yerga tegmagan. Bunday tarixiy shaxslar yurtimizning barcha hududlarida mavjud bo’lgan. Umuman olganda, jangovorlik, qahramonlik, kasb-hunar va oriyat yo’lida maxsus xizmatlar, tayyorgarlik faoliyatlar cheksiz ko’p va keng bo’lganligi haqida tarixiy manbalar, badiiy asarlar, tasvirlarda ularni uchratish mumkin.

Xulosa qilib, aytganda barcha jangovorlik va ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi tadbirlar mazmunida iqtidorli kishilarni maxsus jismoniy tayyorlash tadbirlari keng miqyosda olib borilgan. Bu meroslar bizning davrimizgacha yetib kelib, ularning shakllari, mazmunlari va mohiyatlari hozirgi davr talablari asosida takomillashtirilmoqda.


Каталог: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40


©netref.ru 2019
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет