Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги



жүктеу 5.8 Mb.
бет25/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі

BOLALAR JISMONIY MADANIYATI VA SPORTIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA HAMDA MAHORAT MASALALARI
R.I.Ablyakimova, Jizzax DPI

Ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklari hamda jamoalardagi (komanda) sport mashg’ulotlarining (trenirovka) samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiya va o’qituvchi, murabbiylarning mahorati ustuvor tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya tushunchasi ikki yo’nalishdan iborat, ya’ni:

1. Texnik vositalardan (slayd, kompyuter, video, plakat, jonli ko’rgazma, namuna va hokazo) maqsadli va muntazam foydalanish.

2. Pedagogik mahoratni (ilg’or tajriba, turli usullar majmuasi, nazariy bilim va amaliy malakalar va hokazo) ishga solish e’tirof etish kerakki, jismoniy madaniyat darslari va sport mashg’ulotlarining mazmunlari amaliy hamda faol harakatlar (ko’rgazmali namuna) asosida bajariladi. Bular o’z navbatida o’qituvchi (murabbiy) va shug’ullanuvchilarning birgalikda qo’shilib mashq-o’yinlarni bajarishni taqozo etadi. Shuning o’zi ham pedagogik texnologiyalarni va mahoratni ishga solish, kutilgan samarali natijalarga erishishga olib boradi.

Bolalar bilan jismoniy madaniyat darslari va sport mashg’ulotlari jarayonlarida ishlatiladigan vositalar (dars mazmuni), turli xil ko’rgazmali-amaliy usullar (o’qituvchi-murabbiy va faol o’quvchi-sportchi tomonidan ko’rsatib berish) texnik vositalar (plakatlar, jadvallar, slayd, videotasvirlar, hujjatli filmlar va hokazo) qadimdan amaliy ravishda qo’llanilib kelingan. Bu usullar pedagogikada tavsiya etilgan bo’lib, so’nggi yillardagi faoliyatlarning ba’zi tajribalari asosida “texnologiya”, “mahorat”, “innovatsiya” kabi atamalar bilan yuritilmoqda.

Yana bir tomoni shundan iboratki, o’qituvchi-murabbiylar doimiy ravishda izlanuvchi, yangiliklarni tezda his etuvchi va ularni, ayniqsa, ilg’or tajribalarni hayotda qo’llashga intiluvchilardan hisoblanadi. Shu jihatdan olganda mazkur pedagoglar (albatta iqtidorli va iste’dodli o’qituvchi-murabbiylar) yuqorida zikr etilgan iboralarni aynan ishlatmasa-da, mashq-o’yinlarni o’rgatishda (o’qitish) ularning tub mohiyati va mazmunlarini yaxshi bilishadi, deyishga asoslar bor. Buning uchun ba’zi bir dalillarni keltirish mumkin.

1. O’zDJTI da jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati (JTNU), jismoniy madaniyat va sportni boshqarish (JMSB), pedagogika-texnologiya hamda boshqa bir qator ijtimoiy, ixtisoslik fanlarida nazariy va amaliy mashg’ulotlarni bevosita talabalar tomonidan (ma’lum bir mavzu faoliyat) o’tkazilishi amalda qo’llaniladi. Bu esa talabalarning (ish o’yini shaklida) materiallarni chuqurroq o’rganishi, vazifalarni bajarishda mas’uliyatlarni oshirish, egallangan bilim va malakalarni o’quv amaliyotida (pedagogik amaliyot) sinab, tajribalar orttirishga qaratiladi. Bu esa pedagogik texnologiya, mahorat va innovatsiya degan tushunchalarga amal qilish hisoblanadi.

O’quv reja va kafedralarning ish rejalari asosida I-II-bosqich talabalariga avvalo bog’cha, maktab, sport maktablari, sport inshootlari bo’yicha nazariy bilim berilib, darsdan tashqari paytlarda ular bilan tanishishni amalda bajariladi. Pedagog-o’qituvchi va joylardagi tarbiyachi mutasaddilar tomonidan ta’lim-tarbiya muassasalari hamda yirik sport inshootlarining ish faoliyati, tajriba yutuqlari bilan talabalarni tanishtiradi. Bu esa didaktik tamoyillarning muhim qismi sifatida pedagogik mahoratni egallashga da’vat etadi. Pedagogik kuzatishlar, suhbatlarimiz asosida yana bir yo’nalish haqida mulohazalar bildirishga to’g’ri keladi. Ya’ni Jizzax shahridagi imkon-sharoitlarga ega bo’lgan maktabgacha bo’lgan bolalar tarbiya muassaslari va umumta’lim maktablarda davlat dasturi asosida tarbiyaviy tadbirlar, amaliy mashg’ulotlar, jismoniy madaniyat darslari sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar (trenirovka) va sport musobaqalari mazmun va shakl jihatdan yaxshi olib borilmoqda.

Jizzax DPI talabalari (III-IV- bosqichlar) o’quv amaliyotlarini asosan shahardagi 19, 10, 4, 5 maktablar, Jizzax tumanlaridagi tarbiya muassalari va maktablarda olib boradi. Shu asosda kuzatuvlar, izlanishlar, amaliy mashg’ulotlar, jismoniy madaniyat darslarini tashkil qilish yo’li bilan pedagogik texnologiya, innovatsiya va mahorat egallash sirlarini o’rganishadi. Bunda quyidagi tadbirlarni aynan kuzatish va bilish mumkin bo’ladi, ya’ni: amaldagi va noan’anaviy uskunalar, anjomlar va tashkiliy usullarni qo’llash: shug’ullanuvchilar bilan birgalikda tarbiyachilar va o’qituvchi murabbiylarning (amaliyotda talabalar ham) qo’shilib o’ynashi, shug’ullanishi, kuch sinashishi; o’qituvchilarning harakatli o’yinlari uchun zarur asbob-uskunalarni (to’plar, arg’amchilar-skakalka, chambaraklar-obruch, gimnastika tayoqchalari, arqonlar va hokazo) o’zlari olib kelishi (yasashi); katta tanaffus va darsdan keyingi o’yinlarni (futbol, basketbol, stol tennisi, badminton, qo’l kuchini sinash, yugurish, sakrash, tortilish, to’plarni otish va hokazo) iqtidorli bolalar-tashkilotchilar yordami, tashabbusi bilan tashkil qilish.

Xulosa qilib aytganda sport pedagogikasi, sport psixologiyasini o’rganish, ularni amalda qo’llashda mutaxassislar va talabalar har bir voqyelik, faoliyatlarga ilmiy-nazariy jihatdan yondoshishlariga to’g’ri keladi.
O’QUVCHI-YOSHLARNING SAYOHATLARINI TASHKIL QILISH TARIXIDAN
D.A.Safin, Jizzax DPI

Sayohat o’z nomi, mazmuni va mohiyati bilan barcha insonlarga, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarga manzurdir. Chunki bunda atrof-muhit bilan tanishish, tabiat manzaralarida dam olib, hordiq chiqarib, piyoda kezishlar bilan jismoniy chiniqish, har tomonlama kamolotga erishish kabi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashadi.

Maqsad va vazifalarimiz O’zbekiston sharoitidagi piyoda yurish sayohatlarini qayta tiklash va bu sohada amalga oshirilgan muhim tadbirlardan muhim tarixiy namunalar keltirish yo’li bilan hozirgi o’quvchi-yoshlar hamda kelajak avlodlarni piyoda yurish sayohatlariga chorlashdan iboratdir.

Piyoda yurish sayohatlari deganda eng avvalo V.Rasek, M.Kogutin (Toshkent), V.I.Kucheryavix, V.Boysoni, A.P.Avanesov, I.G’.Xolmuradov (Samarqand) kabilar ko’z oldimizga keladi. Ularga izdosh bo’lib yetilgan, oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlashda o’zlarining katta hissalarini qo’shgan T.Normatov (Farg’ona DU), Ye.Yu.Daurenov (O’zDJTI, Toshkent DPU), R.Abdumalikov (Samarqand DPI, O’zDJTI), X.T.Xoldarov, P.Rajabov, M.A.Pardaqulov (Jizzax DPI) va boshqalarning ham o’rni g’oyat kattadir.

O’zlarining ijodiy faoliyatlari va amaliy tajribalari asosida “Turizm” (1978, 1988) o’quv qo’llanmalari, “Dam olish kuni sayohatlarini tashkil qilish” (1993) va boshqa o’quv-uslubiy qo’llanmalari, tavsiyanomalari, ilmiy-nazariy maqolalari bilan nafaqat mutaxassislar, hatto elga tanilgan R.Abdumalikov, T.X.Xoldarov, Ye.Yu.Daurenovlarning ish samaralarini ilmiy-nazariy, tarixiy jihatdan tahlil qilish davri keldi desa bo’ladi.

Shuningdek, uzoq yillardan buyon (1965-2010) talabalar sport oromgohida rahbar va piyoda yurish sayohatining asosiy tashkilotchisi R.A.Qosimovaning (Samarqand DU) ish faoliyati, “Turizm va o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasi (2008) olqishga sazovordir.

Respublikadagi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ko’plab mutaxassislarning ustozi (Samarqand DPI, Jizzax DPI, O’zDJTI 1960-1997), p.f.n., professor Ravshan Abdumalikovning piyoda bosib o’tgan sayohat yo’llaridan namunalar keltirish maqsadga muvofiqdir.

1. 1951-1955 yilda Samarqanddagi jismoniy tarbiya pedagogik bilim yurtida tahsil olish jarayonlarida o’qituvchisi I.G’.Xolmurodov rahbarligida Zarafshon vohasi, Ohalik, Omonqo’ton tog’larida muntazam ravishda bir kunlik va tunab kelish sayohatlarida faol ishtirok etgan. Shu asosda turizmga havas va chinakam e’tiqod qo’yib, deyarlik umr bo’yi piyoda yurish sayohatlarini talabalar bilan birgalikda o’tkazganligining guvohimiz.

2. O’zDJTI da talabalik davrida (1956-1960) bu yerda sayohatlar o’tkazilmagan bo’lsada R.Abdumalikov piyoda yurish sayohatiga bo’lgan qiziqishi va amaliy faoliyatini so’ndirmadi. Ya’ni qishki va yozgi ta’til paytlarida o’z qishlog’i (Garasha, Forish tumani) joylashgan Nurota tizma tog’larining deyarlik o’rta va asosiy qismidagi Xo’rob, Qoracha, Bombola, Qoranko’l (sharqiy qism) hamda Mirishkor, Burgutli, Rozmas, Ingichka, Ulpatan, Nakrut (g’arbiy qism) soylari, adirlari, baland tog’lari bo’ylab piyoda kezgan. Bunda oddiy tomosha va piyoda yurib chiniqishgina emas, balki lola, ravoch, qatron, bodom, turli mevali va yovvoyi daraxtlar, dorivor o’simliklarni o’rganishni ham amalga oshirgan.

3. Tog’lar kezib, sayohat gashti qoniga singib ketganidanmi yoki o’sha davrlar butun mamlakat bo’ylab piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish talabi avj olganligimi, har holda akamizning omadi yurishib ketdi. Ya’ni 1960-1967-yillar davomida Samarqand xotin-qizlar pedbilim yurti o’quvchilari bilan piyoda yurish sayohatini yuqori cho’qqilarga chiqardi desa mubolag’a bo’lmaydi, chunki:

- har yili kuz (sentyabr-oktyabr) va bahorda (mart-may) shahardan 40-50 km. janubda joylashgan Ohalik, Omonqo’ton, Urgut tog’lariga tunab kelish sayohatini o’tkazib, bilim yurti rahbari va pedagogik jamoasi orasida to’la ishonchga erishdi.

O’quvchi qizlarning sayohatga qiziqishi shu darajaga yetdiki, tunab kelish sayohatida ishtirok etgan 30-40 nafar turist qizlar tanlov asosidagina (a’lochi, sog’lom, tartib-intizomli, faol-jamoatchi (aktiv), sportchi va hokazo) qatnashishga muvaffaq bo’lgan. Bu usul, ta’lim, tashkilotchilik o’z navbatida bilim yurtiga shuhrat keltirdi. Ya’ni Zarafshon daryosi sohili (“G’alaba” monumenti), Cho’ponota, Xishrov GES va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga shahar miqyosida uyushtirilgan ommaviy-sog’lomlashtirish va piyoda yurish sayohatlarida ommaviylik, turistik texnika bo’yicha musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishga sabab bo’ldi. Ba’zi paytlarda esa bu sayohatlarda bilim yurti o’quvchi qizlarining yarmidan ko’pi (300-350 kishi) faol ishtirok etishgan.

- erishilgan tajribalar, sayohatga e’tiqod va mahalliy millat qizlarining jismoniy kamoloti va bilim doiralarini (tarix, geografiya, botanika va hokazo) sayohat bilan kengaytirishga alohida e’tibor berildi. Shu sababli 1963 yil yozgi ta’til paytida 30 ga yaqin turist qizlarni ilk bor ko’p kunlik (10) piyoda yurish sayohatiga, ya’ni Tojikiston hududidagi Ko’likalonga Urgut-Panjakent-Panjrut-Ro’dakiy yo’nalishida yuk-ochiq mashinada o’tilgan. Keyin esa 25-30 km. tog’li yo’laklar orqali jahonga mashhur Ko’likalonga (yer sathidan 3 km. baland) yetib borib, u yerlarning tabiati, o’simlik va hayvonot olamini o’rganishgan. Ular haqida daliliy foto-suratlar saqlanib kelinmoqda.

- 1964-1967-yillarda Tojikiston tog’lari orasidagi Iskandar ko’l, Yetti go’zal (Morg’uzor-yettita qator ko’llar), Farg’ona vodiysidagi Ko’li xubbon (Shohimardondan balandda), Oxun ko’l, Ko’k suv daralari, baland tog’lari va tez oqar daryolari sohillarida dam olib, sayr-sayohat qilishgan (1965 yil).

Piyoda yurish bilan bir qatorda tarixiy shaharlarga sayr (ekskursiya) qilishni ham amalga oshirganlar. 1966-yilning dekabrida Katta qo’rg’on, Navoiy (Karmana), Buxoro shaharlarida bo’lishgan.

1967-yilning fevral-mart oylarida Moskva va Leningrad shaharlarining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishgan. Bunda ham 20 nafardan ortiq o’quvchi qizlar ishtirok etishgan.

Ustozimizning eslashicha, Nazira Ergasheva (Mang qishloq, Qozog’iston), Ulbo’sin Nazarova, Gilos Xolbekova, Gulsara Bo’ronova, T.Dovurova (Qo’shtosh, G’allaorol tumani), Sanobar G’ofurova (Chelak), Qo’ysin Egamberdiyeva (Shahrisabz), D.Davronova (Juma) va o’nlab faol turist qizlar yetishib chiqqan. Qani ular, nima bilan shug’ullanayotgan ekan, ularning farzandlari orasida turistlar, sportchilar bormikan? – deb xayol suradi ustoz.

4. O’z faoliyati bilan Samarqandda nom qozongan ustozimiz nomi yangidan tashkil etilgan Pedagogika instituti rektori, taniqli adabiyotchi, shoir Orifjon Ikromovning qulog’iga ham yetib borgan. Bunda shahardagi partiya, davlat, sport tashkilotlarining hissasi bo’lgan. Ya’ni o’z sayohatlari va shahar sporti haqida viloyatning “Lenin yo’li”, Respublikaning “Yosh Leninchi”, “O’zbekiston fizkulturachisi”, “O’zbekiston madaniyati” va boshqa gazetalarda chop etilgan ommabop va ilmiy-amaliy maqolalari diqqatga sazovar bo’lib, ko’pchilikning e’tiborini qozongan.

R.Abdumalikov institutga taklif etilib, jismoniy tarbiya fakultetini tashkil etishda (1967) faol ishtirok etgan va 1979-yilgacha xizmat qilib kadrlar tayyorlash, o’qituvchilarning ilmiy-nazariy bilimlari hamda kasbiy malakalarini takomillashtirishda kafedra, fakultet rahbari sifatida e’tiborli tadbirlarni amalga oshirgan. Barcha faoliyatlarda tashabbuskorlik, ijodkorlik va bevosita amalga oshirish kabi murakkab tadbirlardan bosh tortmasdan, ikkilanmasdan ishtirok etgan. Bu fazilatlar talabalar bilan turizmni tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. Institut rahbarlari to’siqlik qilmagan va aksincha uning tadbirlariga moddiy-texnik, moliyaviy yordamlar berishgan.

1968-1979-yillar mobaynida Omonqo’ton o’rmonzorlari atrofida (Kenagas va Qoratepa qishloqlari yaqinida) sog’lomlashtirish-sport maskanini qurish, uning faoliyatini boshqarish, turizm bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishda asosiy rol o’ynagan.

Bo’lajak mutaxassislarga piyoda yurish sayohatlarining turlari, ularning qonun-qoidalari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarini nazariy jihatdan tushuntirish, egallangan bilim va ko’nikmalarni amalda sinashga katta e’tibor bergan. Bunda hamkasblari A.Hatamov, R.Hasanov, V.Artyunov, V.Babkin, S.Makflik, B.Marakanov va shogirdlari R.A.Qosimova, J.E.Eshnazarovlar yaqindan yordam berishgan.

Ustozimiz o’ziga tanish bo’lgan Zarafshon, Turkiston tizma tog’lari, Tojikistonning Iskandar ko’l, Qirg’izistonning Issiqko’l kabi baland tog’li joylariga ko’pkunlik (15-20) sayr (ekskursiya) va piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilib, turizm bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni yuksak saviyada olib borgan.

Jismoniy tarbiya va boshqa fakultetlarning talabalaridan tarkib topgan guruhlarni (20-25 kishi) ikki marotaba Moskva shahriga va qardosh Dushanbega ham sayrga olib borgan. Bu tadbirlarda faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar ustoz ilmi va tajribalarini davom ettirishga muvaffaq bo’lishgan. Ular orasida J.Eshnazarov (SamDU) professor va o’nlab taniqli murabbiylar, o’qituvchilar, sport tashkilotlari rahbarlari, iste’dodli yosh olimlar yetishib chiqdi.

Barkamol avlodni tarbiyalash, mutaxassis-kadrlarning ilmiy-nazariy salohiyatlarini oshirish va eng muhimi esa kadrlar tayyorlash jarayonlarida shaxslarning mahoratlari, ilg’or tajribalari muhim o’rin egallaydi. Shu sababdan aytish mumkinki, boshqa atoqli va iste’dodli olimlar qatorida R.Abdumalikovning hayoti, faoliyati va piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilishdagi amaliy tajribalari haqida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’z navbatida talabalarning kasb-hunar egallashlari, sayohatlar jarayonida turli tadqiqotlar o’tkazishda ustozimizning mehnat samaralari, tajribalari katta xizmat qilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, sayohatlar jarayonida ilmiy tadqiqotlarni uyushtirish, ularning tarixini o’rganish mutaxassis kadrlar tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Ahamiyatli tomoni shundaki, piyoda yurish sayohatlari o’quvchi-yoshlar va talabalarning ma’naviy hamda jismoniy barkamolligini tarbiyalash, ularni takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.


САМОВОСПИТАНИЕ И ПЕРЕВОСПИТАНИЕ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ

У ШКОЛЬНИКОВ
Ф.Б. Ниязов, ГулГУ

Воспитание и самовоспитание — две стороны единого процесса формирования личности. Под самовоспитанием понимается сознательная, целенаправленная и самостоятельная деятельность, возникающая в результате активного взаимодействия личности со средой, влияющая на развитие и совершенствование личности. Исследования, проведенные психологами и педагогами, убедительно доказали, что личность является активной силой не только в преобразовании окружающего мира, но и в собственном ее формировании (А. А. Арет, А. Г. Ковалев, А. И. Кочетов, Л. И. Рувинский и др.).

Воспитательная цель осмысливается и принимается воспитанником в результате систематического целенаправленного влияния со стороны воспитателя. В процессе самовоспитания ученик выступает в качестве субъекта воспитательного процесса. Самовоспитание находится в непосредственной зависимости от содержания жизни школьников, их интересов, отношений, характерных для того или иного возраста. Исследованиями установлено, что потребность в самовоспитании возникает у школьников уже в младшем возрасте и может быть успешно использована в педагогической работе.

Экспериментально доказано, что формы самосовершенствования с учетом возрастного и индивидуального развития школьников весьма разнообразны и выражаются в виде приспособления, подражания, ориентации на взрослых, друзей и коллектив сверстников.

Потребность в самовоспитании является высшей формой развития личности. Эта потребность не возникает одновременно у всех учащихся одного и того же возраста, особенно если личность не подготовлена к восприятию предъявляемых требований. Интенсивное проявление потребности в самовоспитании происходит в подростковом возрасте.

Целенаправленность, осмысленность и устойчивость самовоспитания зависят прежде всего от идеалов, общественной направленности деятельности школьника, от волевых свойств личности, от той значимости, которую школьник придает среде сверстников. Важной предпосылкой для возникновения и развития процесса самовоспитания является формирование самосознания учащихся. Появление у учеников умения анализировать и реально оценивать свои качества и поступки является одним из существенных моментов самовоспитания. Каждый школьник, особенно в старшем возрасте, в состоянии достичь высокого уровня нравственного самосовершенствования, но для этого необходимо так построить педагогический процесс, чтобы вся система воспитательных мер способствовала накоплению положительного опыта отношений и соответствующих им способов поведения. Самовоспитание школьников, особенно в раннем юношеском возрасте, имеет всесторонний характер.

Ведущим компонентом содержания самовоспитания является формирование волевых и нравственных качеств. Существует тесная связь между организацией самовоспитания и самооценкой соответствующих качеств. Показателями этой зависимости выступают: сила общественного мнения, действенность критики и самокритики, благоприятный микроклимат в коллективе помощь учителя в выборе приемов и средств самовоспитания.

По отношению к самовоспитанию школьников коллектив выполняет две основные функции: создает общие предпосылки и условия для самостоятельного и устойчивого процесса самовоспитания и организует этот процесс. Первая функция выражается в том, что коллектив формирует у учащихся положительное отношение к социально ценным видам деятельности, развивает стремление и желание активно участвовать в коллективной деятельности, стимулирует самостоятельность, общественный долг, инициативность и т. д. Вторая функция выражается в непосредственной организации самовоспитания: в формировании самосознания учащихся, в стимулировании положительной мотивации для работы над собой, в оказании помощи при планировании и оценке результатов своих усилий.

Индивидуальное развитие учащихся под влиянием самовоспитания благотворно действует на коллектив. Разнообразие интересов школьников, широта их кругозора, высокий уровень общей культуры создают условия для выявления разносторонних наклонностей и возможностей членов коллектива, что в свою очередь обогащает коллективные отношения, влияет на развитие и совершенствование коллектива в целом. Наиболее распространенными приемами самовоспитания школьников являются самообязательства, самоотчеты, самоанализ, самоконтроль и самооценка. Эти приемы широко используются при проведении общественной аттестации старшеклассников, составлении ими комплексных планов. Диалектика руководства процессом самовоспитания состоит в переводе внешних педагогических требований в требования, предъявляемые школьниками к самим себе.

Процессы воспитания и перевоспитания взаимосвязаны. Перевоспитание нацелено на перестройку неправильно сложившихся взглядов, суждений, оценок учащихся, на преобразование отрицательных способов поведения, осложняющих процесс формирования личности. Процесс перевоспитания предполагает: установление существенных причин отклонений в нравственном развитии школьников; определение путей и средств, влияющих на перестройку сложившегося стереотипа поведения; активизацию позиции школьников в общественно ценной коллективной деятельности, в учебной работе, в сфере досуга; разработку системы требований и контроля, средств поощрения и стимулирования. Взаимосвязь нравственного воспитания и самовоспитания — важное условие преодоления отклонений в нравственном развитии личности. Проблема преодоления отрицательных влияний в воспитании исследуется многими педагогами и психологами (М. А. Алемаскин, А. С. Белкин, А. В. Веденов, И. А. Невский, И. П. Прокопьев, Л. И. Рувинский и др.).

Повышение эффективности воспитательного процесса осуществляется различными путями: через проектирование системы воспитательных задач, совершенствование содержания воспитательного процесса, целесообразный отбор форм и методов воспитания. Качество воспитательного процесса достигает наибольшей эффективности при условии его оптимизации. Оптимальным называется такой воспитательный процесс, который дает максимально высокие для соответствующих условий результаты при необходимых затратах времени и усилий воспитателей и воспитуемых.

Важнейшим средством оптимизации воспитания является комплексный подход к организации воспитательного процесса. Комплексный подход обеспечивает: целостную систему воспитательных задач, единство всех сторон воспитания, комплексное применение разнообразных форм и методов воспитания, всесторонний анализ получаемых результатов. Условием оптимизации воспитательного процесса является конкретизация осуществляемых воспитательных влияний. Реализуется это условие путем организации специального изучения учащихся конкретных школ, классов, их семейного окружения, производственной среды. Критерием эффективности воспитательного процесса при этом условии выступает знание учителем возрастных и индивидуальных особенностей учащихся, их семьи, тех связей и отношений, которые у них установились с окружающими. Необходимым условием оптимизации является координация усилий всех социальных институтов, обеспечивающих целенаправленное педагогическое влияние на формирование личности. К числу их относятся школа, семья, внешкольные учреждения (Дворцы и кружки для школьников, музыкальные, художественные, спортивные школы, детские секции при Домах культуры, библиотеки и т. д.), ОДМ «Камолот» и другие организации. Целенаправленное, плановое взаимодействие всех воспитывающих сил обеспечивает целостное решение всего комплекса воспитательных задач. Оптимизация процесса воспитания обеспечивает создание благоприятных учебно-материальных, гигиенических и морально-психологических условий для его успешного осуществления. В этой связи большое значение имеет установление здорового морально-психологического климата в педагогическом и ученическом коллективах, создание атмосферы требовательности и доброжелательности между администрацией и учителями, между учителями и воспитанниками. Критерием эффективности этого условия является организация режима школы, культурно-гигиенических требований в местах пребывания школьников, устойчивый состав коллектива педагогов и учащихся, взаимосвязь и содружество первичных классных коллективов.

Оптимизация процесса воспитания предполагает обеспечение целостности цикла планирования, организации, регулирования, контроля и анализа результатов воспитательного воздействия. Важнейшим критерием эффективности воспитательного процесса является развитие у учащихся нравственных привычек и способов поведения (с учетом возраста учащихся и имеющегося у них опыта), активной жизненной позиции, в соответствии с задачами, выдвигаемыми обществом и самим воспитанием в каждой конкретной ситуации.
BOLALARGA BADANTARBIYA MAShQLARI VA ULARNI BAJARIShNI O’RGATISh
B.A.Qo’shmurodov, Jizzax DPI

Sport mashg’ulotlarining yangi usullari va pedagogik mahoratlarni takomillashtirishda badan tarbiya mashqlarining turlari, ulardan maqsadli foydalanish yo’llari muntazam ravishda kengayib, muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Barcha yoshdagi kishilarga xos bo’lgan badan tarbiya (ba’zi sport mashg’ulotlari jarayonida ham) mashqlarining turlari benihoya ko’p va ular sport turlarining mazmunidan chuqur o’rin egallagan. Shu sababli eng zarur bo’lgan badan tarbiya vositalarining ba’zi qismlaridan (element) namunalar keltirildi.

Gimnastika mashqlari. Oddiy qadamlab yurish, keng qadamlab yurish. Bu paytlarda 8-10 sanoqqacha chuqur nafas olish va chuqur nafas chiqarish. Shuningdek tirsak va to’g’ri yozilgan qo’llarni yon, orqa, yuqoriga ko’tarish, aylantirish. Tizzalarni yarim va to’la bukkan holda yurish, tik turgan, o’tirgan yoki chalqancha yotgan holatlarda gavdaning barcha a’zolari, ayniqsa, bo’g’inlarga kamida 2-3 tadan oddiy mashqlarni berish, ularni 6-8 martadan takrorlash.

Qo’l kuchini rivojlantirish maqsadida turnikka (daraxt) osilib, 8-10 marta (ko’proq) tortilish. Yerga (devor, o’tirg’ich, daraxt va h.k) tayangan holda, kuch bilan, qo’llarni bukib–yozish, (15-20 va ko’proq). Oyoq kuchlarini rivojlantirish uchun chuqur o’tirib–turish (20-30 va ko’proq), oyoqlarni keng yozib, navbatma– navbat o’tirib (bukilib) – turish.

Bel va qorin bo’shliqlari mushaklarini chiniqtirish uchun oyoqlar va gavdani ko’tarib–tushirish (osilgan holatda). Mazkur harakatlar va mashqlarning turlari har 3-4 kun davomida almashtirilishi lozim. Bunda oddiy tayoqlar, arqonlar, xalqa, toshlar (gir, gantel) va boshqa buyumlarni ishlatish lozim. Mashqlar soni va bajarish miqdorini har 6-8 kunda ko’paytirib (4-5 marta qo’shib) borish lozim. Ortiqcha chiranib va qiynalgan holda og’ir, murakkab mashqlarni bajarish mumkin emas. Tibbiy ko’rik va nazoratni unutmaslik lozim.

Yengil atletika mashqlari. Ertalab yoki bo’sh vaqtlarda bajariladigan sog’lomlashtirish mashg’ulotlarida yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini aralashtirib bajarish mumkin. Badantarbiya haqida to’la ma’lumot va bilimga ega bo’lgan, ma’lum darajada tajribalarga erishganlar barcha turdagi (gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari va h.k.) mashqlarni qo’shib bajarishlari mumkin bo’ladi.

Bevosita yengil atletika mashqlaridan quyidagicha foydalanish lozim: tez yurish, keng qadam tashlab tezroq yurish. Bunda qo’llar va gavdani o’ng va chap tomonga burib harakat qilish (8-10 marta); sekin yugurish. Stadionni 1-2 marta aylanish yoki shu masofaga to’g’ri keladigan yo’llar, maydonlar, xiyobonlarda yugurish. Bunda tirsaklarni bukib va qo’llarni o’z holiga qo’yib yugurish. Qadamlarni qisqa va keng tashlab yugurish; tez yugurish, toza va tekis joylarda 100-200 metr masofalarga imkon boricha tez yugurib o’tish. Bunda qo’l harakatlari, qadamlarning kengligi va nafas olishning chuqurligiga e’tibor berish lozim; xohlaganlar, har 3 – 4 kun davomida kamida bir marta 1.5 – 2 km masofalarga yugurib turishi tavsiya etiladi; sakrashlar: ariq, chuqurlik, tuproq – tosh uyumlari va boshqa joylardan tabiiy sakrashlar. Ip (planka), devor va buyumlardan sakrashlar inson tanasidagi deyarli barcha a’zolarning faol harakat qilishini talab etadi. Shu sababdan gimnastika mashqlari va yugurish jarayonlarida sakrashlarni ham bajarish lozim. Ba’zi paytlar yosh va salomatlikka qarab 3-4 kg (1 – 2 kg) tosh yoki qum solingan xaltani qorin hamda belga qo’yib – ushlab, joydan turib, ikki oyoqlab (bir oyoqlab) depsinib, uzunlikka sakrash mashqlarini (6-8 marta) bajarish mumkin.

Uloqtirish (otish) mashqlari. Turgan yoki 4–5 qadam yurib (yugurib) tennis, futbol, basketbol to’plari (to’ldirilgan to’p ham va dumaloq shakldagi toshlarni (1–2 kg) yelkadan, qulochkashlab uloqtirish (otish) mashq o’yinlarini bajarish. Bunda ma’lum masofa va maqsadni belgilash, 2–3 kishi bo’lib bajarganda bahslashish (kim ko’p va uzoqqa) lozim bo’ladi. Istak, hoxish bo’yicha uzun (3–4 m) cho’p, tayoq, xodalarni (nayza shaklida) turgan joydan va 10–12 qadamlab – yugurib uloqtirish.

Sharoitning holati, kayfiyat va jismoniy tayyorgarlikning darajasi asosida yuqorida qayd etilgan mashqlarni bir vaqtning o’zida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, ularni ob–havo va fasllarga qarab, har 2 – 3 haftada takrorlab turish lozim bo’ladi.

Sayr – sayohatlar. Sayr–sayohatlar, uy, mahalla atroflari va manzarali joylarda, oddiy tomosha sifatida yurishdir. Sayrlar asosan shaharlar, madaniyat maskanlari, sport inshootlari, istirohat bog’larida yurish, tomosha qilish va o’rganishni bildiradi. Ammo badantarbiya va chiniqish maqsadidagi sayohat (turizm) butunlay o’zgachadir. Ya’ni tabiatning go’zal go’shalari, manzarali joylarida piyoda yurish, tog’larga chiqish, to’siqliklardan o’tish, oftob nurlarida toblanish, ovqat pishirish, muzdek suvda cho’milish va boshqa ko’p tabiiy va maxsus amaliy harakatlar mashqlardan iboratdir. Har bir kishi yil davomida (ayniqsa bahor va yozda) kamida 4 – 5 marotaba tog’li sayohatlarda bo’lishi kerak. Bular tananing barcha a’zolarini chiniqtirish, ayniqsa, o’pka va yurakning ish faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Harakatli o’yinlar. “Jismoniy tarbiya” dasturi va xalq orasida qo’llanilib kelinayotgan harakatli o’yinlar ko’p. Ularni o’rganish va amalda bajarish lozim. Ayniqsa, oila a’zolari va guruh bo’lib o’ynash qiziq bo’ladi.Ular bolalar va katta yoshdagi kishilar uchun mo’ljallanib, asosan harakatchanlik, tezlik, chidamlilik, kuch kabi sifatlarni tarbiyalashga qaratilgandir.

Dam olish kunlari, kechki bo’sh paytlari o’zlariga ma’qul bo’lgan harakatli o’yinlar, shuningdek, “podato’p”, “eshak mindi”, “bo’ron”, “oqsuyak”, “chillik”, “quloq cho’zma”, “yelka urishtirish”, “piyoda ko’pkari” kabi xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish lozim.Ularning mazmun va qoidalarini taniqli olimlar T.S.Usmonxo’jayev, H.A.Meliyev, F.Xo’jayev va boshqalarning qo’llanmalaridan o’rganish lozim.

Yuqorida keltirilgan gimnastika, yengil atletika, sayohat va harakatli o’yinlar badan tarbiya tizmining asosi sifatida bajarishga qulayligi va mohiyat jihatdan ustuvorligini e’tirof etish lozim.

Ma’lumki, O’zbekistonda 50 dan ortiq sport turlari bo’yicha iqtidorli yoshlar va kishilar shug’ullanadi. Sportning asosiy mazmuni va maqsadi mohir sportchilarni tayyorlash va iqtidorli sportchilarni xalqaro sport musobaqlariga safarbar etishdir. Shunday bo’lsa-da, ko’pgina yoshlar, mehnatkash va ziyolilar futbol, tennis, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha “ermak” uchun shug’ullanib, o’zlarining jismoniy qobiliyatlarini o’stirib bormoqdalar.Demak, bolalar, o’quvchi – yoshlar, talabalar va yosh mehnatkashlar hamda ziyolilir bo’sh vaqt topib, o’zlari sevgan va xohlagan sport mashqlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Bunda mutaxassislar bilan maslahatlashish va maxsus adabiyotlardan foydalanishlari lozim bo’ladi.

Xulosa. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatlarida badan tarbiya tizimi muhim o’rin egallaydi. Unda sog’lomlashtirish badan tarbiya mashqlari ustuvor turadi.Chunki, ular bolalarda harakatchanlikni shakllantirish, jismoniy barkamollikka yetaklash, mehnat qilish va kasb – hunarga intilishga yo’l ochib beradi.

Badantarbiya ilmining muhim jihatlaridan biri bo’lgan turli – tuman mashqlar, o’yinlar va ularning bajarilish yo’llari barcha yoshdagi insonlar uchun alohida mavjuddir. Ularni tanlash va muhim sharoitlar negizida ongli ravishda bajarish insonlarning salomatligini yaxshilash, jismoniy barkamollikka erishish, mehnat qobiliyatlarini oshirishda muhim o’rin egallashi bilan ahamiyatlidir.

O’zbekistonning mustaqilligi va ijtimoiy–madaniy turmush sharoitlarining yaxshilanib borishi jarayonida badantarbiya va uning ilmiy asoslariga e’tibor kuchaymoqda.



1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40


©netref.ru 2017
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет