Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги



жүктеу 5.8 Mb.
бет38/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі

BOLA TARBIYASIDAGI SALBIY O’ZGARISHLARNING OLDINI OLISH MUAMMOLARI
G.A. Qarshiboyeva, M.Savurova, JDPI

Ta’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og’ir va noqobil farzandlar mavjud bo’lib, ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra (Dubinin N.P., Sergeyev B.F. va boshqalar) shaxsning genetik xususiyatlari, tug’ma kasallik va xususiyatlar ham uning xulq-atvoriga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatar ekan. Shu bilan birga, bu muammoning kelib chiqishiga bir qancha tashqi sabablar ham ta’sir qilishi mumkin (televizor, kompbyuter va internetdagi axborotlar, kattalarning e’tiborsizligi, oiladagi krizis va boshqalar). Mazkur omillarni inkor etmagan holda ushbu muammoning asosiy sabablarini bolaning psixik shakllanishidan ham qidirish mumkin.

Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqea-hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratishimiz lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, oxirgi paytlarda tarbiyasi og’ir bolalar bilan bo’g’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterda har xil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi iqtisod va hokazolar. Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan pedagogik xizmat doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda eng avvalo bolaga ta’sir ko’rsatish zarurligi ta’kidlanadi. Buning uchun bolaning o’zini o’zgartirishga tayyorlash, ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik; turli xil qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.

Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch - ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ma’lumki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izohlanadi. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko’pincha insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi bilan bog’liq ekanligiga amin bo’lamiz.

Boladagi salbiy illatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

har bir yosh davrni o’ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab olish lozim.

bolani tarbiyasidagi sodir bo’layotgan salbiy o’zgarishlarni o’rganib chiqish kerak.

tarbiyasi og’ir bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozimdir. Shunga amal qilgan holda:

- Maktab hududida ko’cha-kuyda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota- onalar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

- Bolaga bo’sh vaqtidan unumli foydalanish yo’llarini o’rgata borish va uni nazorat qilish.

- Ijtimoiy foydali mehnat turlaridarf unumli va oqilona foydalanish.

Bolani uning qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda to’garaklarga qatnashtirish.

Ijobiy qahramonlaming hatti- harakatlari, yutuqlari, shu yutuqlarga erishish uchun kurashlari kabilarga e’tiborni qaratish.

Barcha darslarda o’sha tarbiyasi og’ir bolani iloji boricha bir daqiqa ham nazardan qochirmaslik.

0ta-onalarni psixologik bilimlardan xabardor bo’lishini ta’minlash;

- Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar: har- xil kechalarda, o’z tengdoshlari davrasida, o’rtoqlari orasida unga so’z navbatini berish, ularda faol bo’lishini ta’minlash.

- Gazeta, radio, televidenie va jurnallardan to’g’ri foydalanishni o’rgatish.

- Rag’batlantirish metodlarini ishlatib ko’rish. Lozim topilaganda olgan baholarga yarim ball, bir ball qo’shish, yutuqlarini sinfda, maktabda me’yorida ta’kidlab qo’yish lozim.

Agar bola tartibsiz, intizomsiz davraga o’ralashib kirib qolgan bo’lsa, uni tezlik bilan o’sha davradan ajratib olib, so’ng o’sha tarbiyasi og’ir bolani "yaxshi" va "a’lo" baholarga o’qiydigan intizomli o’quvchilarga biriktirib qo’yish kerak.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga nisbatan bo’lgan e’tibor ancha kuchaydi. Ayniqsa xalq ta’limi sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda o’quvchilar bilim tarbiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni har damda sezish mumkin. O’zbekistonni butun jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash muhim omillardan biri bo’lib hisoblanmoqda. “Kelajakka qanday yoshlar kerak? Ularni qanday tarbiyalash lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar pedagogni tashvishga solib kelmoqda. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar oiladagi olti, yetti yillik hayoti mobaynida dunyoqarashi, xarakteri ozmi-ko’pmi shakllanib qoladi. Bola tarbiyasi maktab bilan oilaning birgalikdagi burchi ekanligini tan olgan holda bu jarayonda oila birinchi darajali tarbiyachi ekanligini ham nazarda tutish lozim.

Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlariga baho beradilar. Ular ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab belgilaydilar. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol toptirgan oilalardagi sofdillik, samimiylik biri-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab bo’ladi. Ahil oilada bolaning hulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab-tergab tursalar bu uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat tushunchalari, ichiqoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardigi qashshoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka haq va nohaqlikka nisbatan juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushunishi mumkin bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushunmaydi. Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolanin ruhiy kechinmalari to’g’risidagi tasavvurlarga ega deb bo’lmaydi. Ruhiy hola insonning biron-bir tarzda ta’sir etuvchi xatti-harakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir. Emotsional ta’sir bolaga xos holat.

Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham mazah qilishdan ham yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehdan ham, kattalarning bolalarga e’tiborsizligida ham nohaqlikni ko’radi.

Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax qilishda ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga e’tiborsizligida ham nohaqlikni ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat nafsiga tegadi, g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv (nafrat) va passiv (g’iybat va ko’ra olmaslik) norozilikning turli-tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamni yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai bo’lishi mumkin.

Ota - onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul topish yo’llarini bolalar oldida maqtab gapirishi, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. Tarbiya to’g’ri va uzluksiz bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda qoloq va no’noq o’quvchilar "tarbiyasi qiyin" bola hisoblanadi. Tajribalardan ma’lumki, bolalar xarakter jixatdan har xil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi tarbiyasi og’ir bo’lishi mumkin. Axloq normalariga jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq- atvorli bolalar asotsial xulq atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq- atvor va harakat bola miyasining kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. Tarbiyasi qiyin bolalar - bular tarbiyada e’tibordan chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir, kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual yondosha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. Tarbiyasi qiyin bolalar murakkab tushuncha. Ularning har birida tarbiyasi qiyin boshqa bolalarga o’xshamagan, o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z xususiyati, o’zining normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi. Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonidan chetda qolgan, o’qituvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini oshkor etishning to’g’ri usullarini topa bilmagan bolalar tarbiyasi qiyin bolalar turiga kiradi. Bunday bolalarni o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa, ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lishi mumkin. Demak, "tarbiyasi qiyin" degan ibora o’ta salbiy ma’noni bildirmaydi. U yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. Tarbiyasi qiyin bolaga alohida munosabat, e’tibor va individual yondoshuv zarur. Har qanday kasalni vaqtida davolagan ma’qul. E’tiborsiz qoldirilgan mayda - chuyda narsadan katta baxtsizlikka duchor bo’lish ehtimoli tug’iladi. Bolani "tarbiyasi qiyin" holatga olib keluvchi yagona sabab yo’q. Shuningdek ularni axloqsizlik illatlaridan sog’aytirib, mo’min-qobil qilib qo’yadigan yagona shifobaxsh vosita ham yo’q. Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining bo’shligi tufayli og’irlashgan noqulay shart- sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakichilikga yo’l qo’yish o’smir hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi.

Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday bo’lishi - bu shaxsiy ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir. Bolani tarbiyalaganda, u qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. U chinakam mard yigit bilan do’st, chin o’rtoq bo’lishni orzu qiladi. Yanglishib yoki adashib yomonlar ta’siriga tushib qolganda esa unga darhol to’g’ri yo’l ko’rsatilsa, har tomonlama maqsadga muvofiq bo’ladi.


ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР НАЗОРАТСИЗЛИГИ ҲАМДА ҚАРОВСИЗЛИГИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА “ВАСИЙЛИК ВА ҲОМИЙЛИК ТЎҒРИСИДА” ГИ ҚОНУННИНГ АҲАМИЯТИ
О.Қодиров, Р. Суванов СВПКҚТ ваМОИ

2014 йил 2 январда қабул қилинган “Васийлик ва ҳомийлик тўғрисида”ги Қонун 50 моддадан иборат бўлиб, ушбу қонун амалга олти ойдан сўнг (жорий йилнинг 02 июлидан) киритилади. Васийлик — ўн тўрт ёшга тўлмаган етим болаларни ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни, шунингдек, суд томонидан муомалага лаёқатсиз деб топилган фуқароларни уларга таъминот, тарбия ва таълим бериш, уларнинг мулкий ва шахсий номулкий ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш мақсадида жойлаштиришнинг ҳуқуқий шакли эканлигини, ҳомийлик — ўн тўрт ёшдан ўн саккиз ёшгача бўлган етим болаларни ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни, шунингдек суд томонидан муомала лаёқати чекланган фуқароларни уларга таъминот, тарбия ва таълим бериш, уларнинг мулкий ва шахсий номулкий ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш мақсадида жойлаштиришнинг ҳуқуқий шакли. Соғлиғининг ҳолатига кўра мустақил равишда ўз ҳуқуқларини амалга ошира олмайдиган ва ўз мажбуриятларини бажара олмайдиган вояга етган муомалага лаёқатли фуқароларга бу шахсларнинг илтимосига кўра ҳомийлик белгиланади.

Васийлик ва ҳомийлик соҳасидаги фаолиятни амалга оширувчи давлат органлари:Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси; Халқ таълими вазирлиги; Соғлиқни сақлаш вазирлиги; Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги;маҳаллий давлат ҳокимияти органлари.

Васийлик ва ҳомийлик бўйича фаолият: туман, шаҳар халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимлари томонидан — вояга етмаганларга нисбатан;туман, шаҳар тиббиёт бирлашмалари томонидан — суд томонидан муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган фуқароларга нисбатан;туман, шаҳар бандликка кўмаклашиш ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш марказлари томонидан — соғлиғининг ҳолатига кўра ҳомийликка муҳтож бўлган вояга етган муомалага лаёқатли фуқароларга нисбатан амалга оширилади.



Васийлик ва ҳомийлик органларининг асосий вазифалари қуйидагилардан иборат: васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахсларни ўз вақтида аниқлаш ва ҳисобга олиш;васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахсларнинг зарур ҳужжатларини тайёрлаш ва уларни жойлаштириш;васийликдаги ёки ҳомийликдаги ҳамда васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш;васийлар ва ҳомийларнинг мажбуриятлари бажарилишини, васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсларнинг таъминоти, уларга тарбия ва таълим бериш шароитларини, шунингдек, мол-мулки бут сақланишини таъминлаш устидан назорат қилиш.

Туман, шаҳар халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимлари ўз ваколатлари доирасида: етим болаларни ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни аниқлайди ва уларнинг ҳисобини юритади;етим болалар ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болалар ҳақидаги маълумотларнинг ахборот базасини юритади, маълумотларни Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг маълумотлар базасига киритиш учун тақдим этади, шунингдек, давлат статистика ҳисоботини тегишли давлат статистика органига қонун ҳужжатларида белгиланган шаклда ва муддатларда тақдим этади;етим болалар ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болалар тўғрисидаги, уларнинг жойлаштирилганлиги ҳамда мол-мулки ҳақидаги маълумотларни давлат реестрига киритиш учун туман, шаҳар ҳокимлигига тақдим етади;етим болаларнинг ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатлари ҳимоя қилинишини таъминлайди;васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган ҳамда васийларга ва ҳомийларга қўйиладиган талабларга мос бўлган шахсларни танлашни ҳамда ҳисобга олишни амалга оширади;етим болаларга ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга нисбатан васийлик ёки ҳомийлик белгилаш учун зарур ҳужжатларни тайёрлайди;етим болаларнинг ва ота-онаси қарамоғидан маҳрум бўлган болаларнинг турмуш ва таъминот шароитларини, шунингдек васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган шахсларнинг турмуш шароитларини текширувдан ўтказади ҳамда бу ҳақда далолатнома тузади;етим болаларга ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга нисбатан васийлик ёки ҳомийлик белгиланиши зарурлиги, шунингдек, васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган шахснинг васий ёки ҳомий этиб тайинланиши мумкинлиги тўғрисида туман, шаҳар ҳокимига хулоса беради;васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсларнинг шахсий ҳужжатлар йиғмажилдларини юритади;васийлар ва ҳомийларнинг ўз зиммасига юклатилган мажбуриятларни бажариши устидан назоратни амалга оширади, уларга васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсларни тарбиялашни, уларнинг тиббий кузатувини ташкил этишда, таълим муассасаларига ҳамда ишга жойлаштирилишида ёрдам кўрсатади;етим болаларни ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни жойлаштиришни, шунингдек, уларнинг мол-мулки бут сақланишини таъминлайди;боланинг ҳаётига ёки соғлиғига бевосита таҳдид туғилган ҳолларда уни ота-онасидан ёхуд ота-онасининг ўрнини босувчи шахслардан олиб қўйиш чора-тадбирларини кўради; вояга этмаганни тўла муомалага лаёқатли деб эълон қилиш (емансипация) тўғрисида ҳомийларнинг розилиги билан қарор қабул қилади;васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш масалалари юзасидан белгиланган тартибда ариза билан судга мурожаат қилади, мазкур масалалар юзасидан ишларни суд мажлисларида кўриб чиқишда иштирок этади;васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсларга тегишлича маслаҳат ёрдами, ҳуқуқий, ижтимоий, психологик-педагогик ва тиббий ёрдам кўрсатиш борасида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, таълим муассасалари, соғлиқни сақлаш муассасалари, меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш органлари, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари, нодавлат нотижорат ташкилотлари билан ҳамкорлик қилади;фуқароларга васийлик ва ҳомийлик масалалари бўйича маслаҳатлар беради;фуқароларнинг васийлик ва ҳомийлик масалаларига доир мурожаатларини кўриб чиқади ҳамда улар юзасидан зарур чоралар кўради.Васийлик ва ҳомийлик органлари васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахслар тўғрисидаги, уларнинг жойлаштирилганлиги ҳамда мол-мулки ҳақидаги маълумотларни давлат реестрига киритиш учун ҳар ойда туман, шаҳар ҳокимлигига тақдим этади. Васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахснинг яшаш жойи ва унинг мулкий аҳволи ўзгарган тақдирда, васийлик ва ҳомийлик органлари мазкур ўзгаришлар тўғрисида етти иш куни ичида туман, шаҳар ҳокимлигини хабардор этиши ҳамда унинг шахсий ҳужжатлар йиғмажилдини мазкур шахснинг янги яшаш жойидаги васийлик ва ҳомийлик органига юбориши шарт. Бунда шахсий ҳужжатлар йиғмажилдининг кўчирма нусхаси васийлик ва ҳомийлик органининг архивида қолиши шарт.Васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахслар аниқланганда, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари, меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш органлари, таълим муассасалари ва соғлиқни сақлаш муассасалари, шунингдек, фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари мазкур шахслар аниқланган кундан эътиборан етти иш куни ичида улар ҳақидаги маълумотларни ёзма шаклда васийлик ва ҳомийлик органларига юборади.Васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган болалар аниқланган ҳолларда, васийлик ва ҳомийлик органи бундай маълумотлар олинган кундан эътиборан уч иш куни ичида уларнинг турмуш ва таъминот шароитларини қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда текширувдан ўтказиши шарт.Давлат реестрини туман, шаҳар ҳокимлиги юритади.Давлат реестрига васийлик ва ҳомийлик органларидан келиб тушадиган васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахслар тўғрисидаги, уларнинг жойлаштирилганлиги ҳамда мол-мулки ҳақидаги маълумотлар киритилади.Давлат реестрини ташкил этиш ва юритиш тартиби ҳамда унга киритиладиган маълумотлар рўйхати Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланади. Васийлик ва ҳомийлик туман, шаҳар ҳокимининг қарори билан белгиланади.Васийлик ёки ҳомийлик васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахснинг яшаш жойи бўйича, агар шахс муайян яшаш жойига эга бўлмаса, васийнинг ёки ҳомийнинг яшаш жойи бўйича белгиланади. Ота-она яшаш жойида вақтинча бўлмаганда, агар бола улар томонидан олти ойдан ортиқ муддатга қариндошларининг ёки бошқа яқин кишиларининг васийлигида ёки ҳомийлигида ва назорати остида қолдирилган бўлса, мазкур шахсларнинг болага нисбатан васийлиги ёки ҳомийлиги белгиланади.Ота-она яшаш жойида олти ойдан кам муддатга вақтинча бўлмаганда, башарти бола улар томонидан қариндошларининг ёки бошқа яқин кишиларининг васийлигида ёки ҳомийлигида ва назорати остида қолдирилган бўлса, васийлик ёки ҳомийлик, агар бу боланинг манфаатлари учун зарур бўлса, белгиланади. Туман, шаҳар ҳокими васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган шахснинг ёзма аризасига мувофиқ васий ёки ҳомий тайинлайди.Васий ёки ҳомий тайинлашда унинг ахлоқий ва бошқа шахсий фазилатлари, мажбуриятларни бажариш қобилияти, васий, ҳомий ва васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахс ўртасидаги муносабатлар, васий ёки ҳомий оиласининг васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахсга муносабати, шунингдек васийликдаги ёки ҳомийликдаги шахснинг истаги инобатга олиниши лозим.Васийлик ёки ҳомийлик белгилаш зарурлиги ҳақида васийлик ва ҳомийлик органларига маълум бўлган кундан еътиборан бир ойдан кечиктирмай васий ёки ҳомий тайинланиши керак.Агар васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахсга бир ой ичида васий ёки ҳомий тайинланмаган бўлса, васийнинг ёки ҳомийнинг мажбуриятларини бажариш васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахс аниқланган жойдаги тегишли васийлик ва ҳомийлик органининг зиммасига вақтинча юклатилади.Ота-онаси бўлган вояга етмаганларга нисбатан тегишли васийлик ва ҳомийлик органи уларнинг ота-онаси ёки қариндошлари қарамоғида бўлмаганлиги факти аниқланган кундан эътиборан васийнинг ёки ҳомийнинг мажбуриятларини бажаради.Васийлик ва ҳомийлик органи васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган шахс ҳақидаги маълумотларни олиш мақсадида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга, фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларига, шунингдек соғлиқни сақлаш муассасаларига ёзма сўров юборади. Бунда васийлик ва ҳомийлик органи фуқаро тўғрисидаги фақат васийнинг ёки ҳомийнинг мажбуриятларини бажариш қобилиятини аниқлаш имконини берадиган ахборот тақдим этилишини талаб қилади.

Васий ёки ҳомий бўлиш истагини билдирган шахс ҳақидаги васийлик ва ҳомийлик органи томонидан олинган маълумотлар махфий бўлиб, ошкор қилинмайди, қонун ҳужжатларида назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно. Яшаш жойидан қатъи назар, васийлик ёки ҳомийлик белгиланишига муҳтож бўлган шахснинг қариндошлари, у яшаётган оиланинг шахслари, ака-укаларни ва опа-сингилларни улар ўртасидаги қариндошлик алоқаларини узмасдан васийликка ёки ҳомийликка олаётган шахслар, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фуқаролари васий ёки ҳомий етиб тайинланишда имтиёзли ҳуқуққа эга.



BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OILANING O’RNI
M.Xolnazarova, N.Farmonov, Sh. Yusupova, GulDU

Oila mustahkamligini ta’minlash, bu qutlug’ dargohni har tomonlama qo’llab quvvatlash borasida Bosh qomusimiz yaratilayotgan paytdayoq asos solingan edi. Chunochi O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 63-moddasi,1-qismida shunday deyiladi “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir va davlat muhofazasida bolishi huquqiga ega”.Konstitutsiya asosida yaratilgan “Oila ko’deksi”ning ham alohida moddalarida belgilab qo’yilgan.



Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz 2009-yil 13-apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish sog’lom avlodni shakillantirishga doir qo’shimsha chora tadbirlar to’g’risida”gi Qarori o’sha yilning 1-iyulida qabul qilingan “2009-2013-2014 yillarda aholing reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Qarori hayot uchun, kelajak avlod uchun nechog’li zarur ekanligi o’z tasdig’ini topmoqda. Bu borada viloyatimiz miqiyosida ham ko’plab tadbirlar o’tkazildi va o’tkazilyabdi.

Oila tarbiyasi ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi. Shaxs shakllanishiga ta'sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo'lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o'ziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar to'qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mo''tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg'u xalqimiz ruhiyatidagi o'ziga hos xususiyatlardan biridir. Oila tarbiyasida ob'ektiv va sub'ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta'minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog'lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob'ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o'zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub'ektiv omillar sirasiga kiradi. Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo'lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya o'zida bolani jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o'rgatish, o'z sog'ligi uchun g'amxo'rlik qilish va mas'uliyatli bo'lishni ta'minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. Bolalarning sog'lom bo'lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkmlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.Markaziy asab tizimining mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. Tiniqib uxlash bosh miya asab hujayralarini to'la orom olishini ta'minlaydi. Bu esa butun organizmning mo''tadil o'sishiga, uning ish qobiliyatini saqlash va qayta tiklashga yordam beradi. Inson salomatligini saqlashda ertalabki badantarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badantarbiya bilan shug'ullanishga ko'niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badantarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o'rgatib boradi. Ovqatlanishning to'g'ri tashkil etilishi ham bolaning sog'lom bo'lib o'sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo'lni yuvish, ovqatdan keyin og'izni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho'milish, qo'l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi. Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o'rin tutadi. Bu boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko'ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg'ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bolada g'iziqishni uyg'ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko'rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo'lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o'yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o'yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko'rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o'zining ijobiy samarasini beradi. Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o'zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g'urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog'lom muhit, oila a'zolarining psixologik jihatdan o'zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo'yilayotgan talablar, shuningdek,  ularga ko'rsatilayotgan e'tiborning bir xil bo'lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an'ananing qaror topganligi, unga oila a'zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo'lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e'tiqodning shakllanishini ta'minlaydi. Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go'zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go'zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg'u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o'rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o'zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to'g'ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go'zalliklar (yarim yalang'och yoki yalang'och badan, me'yoridan ortiq qo'llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o'ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go'zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go'zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, beg'ubor osmon, viqorli tog'lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, «chuchvara»lar hosil qilayotgan yomg'ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, hushsurat, chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta'sirchan badiiy va san'at asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan o'yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron o'yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo'lishi uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go'zallikni his etish tuyg'usi tabiat bag'rida, muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarda bo'lish tufayli shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta'lim muassasalari hamda boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tabiat bag'riga, muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir. Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam xarakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga yetishida mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada to'g'ri tarbiyalashda oila xo'jaligining odilona tashkil etilishi, bolalarni oila xo'jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo'lmasligi, ularning tezda toliqishlari yoki mayib bo'lishlariga sabab bo'lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bo'lgan havasini oshiradi, unda o'z kuchiga bo'lgan ishonchni yuzaga keltiradi. Oilada mustaqil ravishda, ayrim yumushlarning hamjihatlikka asoslangan holda bajrilishiga erishish katta ahamiyatga ega. Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi, aka-opalarning ibrati, shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir.Oilada tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bo'lish, ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo'lish, shuningdek, o'zgalar mehnati, inson mehnatining mahsuli bo'lgan ne'matlarni asrab-avaylashga o'rgatadi. Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid tarbiyaviy ishlar ham tashkil etiladiki, bu jarayonda bolalarda «inson-tabiat-jamiyat» tushunchalari o'rtasida yuzaga keluvchi o'zaro muvofiqlik borasidagi g'oyalarning qaror topishiga zamin hozirlaydi. Oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko'chatlarni o'tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas'ullik tuyg'usini shakllantiradi. Oilaviy hayotning me'yorida bo'lishi ko'p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog'liq. Shu bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag'larni tejab-tergab, ulardan o'rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o'rgatish, o'zining shaxsiy hamda oila a'zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas'uliyatli yondashishga ko'niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson mehnatiga to'lanadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodhonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir (iqtisodiy tarbiya). 

Prizidenyimiz o’zining “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida “Agar biz O’zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi , uning boy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi bo’lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, byuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak” deydi. Bunday avlodni tarbiyalash mas’ulyati, eng avvalo,oila zimmasiga,undan so’ng maktab va o’quv yurtlari zimmasiga tushadi.

Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan yillardanoq bolalar va o’smirlarning jismonan sog’lom va baquvvat,ruhan barkamol inson bo’lib yetishishlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilishga katta e’tibor qaratildi. Hammamizga ma’lumki mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning, ayniqsa, o’smirlarning sog’lom o’sib ulg’ayishi , ilm olishi, kasb – hunar egallashi uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Bu borada jamoat tashkilotlarining ham o’rni kattadir. Shubhasiz ota-ona, oila, mahalla, maktab bolalar tarbiyasida muhum ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimizni chiroyli odob-ahloq, yahshi ta’lim-tarbiya asoslarida voyaga yetkazish davlat miqiyosidagi dolzarb masala ekanini har birimiz yahshi tushunamiz va bunga o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.

Buyuk ham yurtimiz Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida bunday degan edi : “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladigan joyda odob-ahloqni, turish-turmushi namunali bolalar bo’lishi lozim. Zero yosh bola har bir narsani taqlid qilib o’rganadi va ular bilan do’st bo’ladi”.



1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40


©netref.ru 2017
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет