Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги



жүктеу 5.8 Mb.
бет40/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі

BARKAMOL AVLODNI JISMONIY TARBIYALASHDA "MAHALLA" JAMG’ARMA UYUSHMASINING AHAMIYATI
Y. Masharipov, Z. Rasulov, SamDU

O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq aholining tinch-osoyishta yashashi, ularning o’zaro ahil bo’lishlari hamda salomatliklarini muhofaza qilish tartiblari ko’rildi. O’zbekiston Prezidenti farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida aholining o’zini-o’zi boshqarishini tashkil qilish borasidagi tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi "Mahalla" jamg’armasi tuzildi va barcha viloyat, tuman-shahar hokimiyatlari tarkibida "Mahalla" jamg’armalari ish boshladi. Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan "Mahalla" hamda aholining o’zini-o’zi boshqaruvchi boshlang’ich tashkilotlar, ya’ni mahalla oqsoqollari kengashlari ta’sis etildi. Bu kengashlar tarkibiga mahallada yashovchi nuroniylar, masjid xodimlari, davlat idoralarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxslar, madaniyat, san’at, tibbiyot, tijorat, savdo xodimlari saylab qo’yilmoqda. Ularning eng muhim vazifalariga, asosan, quyidagi muammolarni hal qilish kiradi: 1. O’zbekiston Prezidenti, hukumati va o’z hududlariga qarashli bo’lgan shahar-tuman hokimiyatlarining farmon, qaror va ko’rsatmalarini aholiga tushuntirish tartibi. 2. "Navro’z", "Mustaqillik kuni" bayramlari va an’anaviy milliy bayram hamda marosimlarni nikoh, to’y, hayit, janoza va hokazolarni maqsadli o’tkazish. 3. Oilalarning tinch, osoyishta yashashlariga hissa qo’shish mojaro va o’zaro kelishmovchiliklarning oldini olish, ular sodir bo’lganda yaxshilikka hal etish. 4. Oilalarda xotin-qizlarning faoliyati va farzandlar tarbiyasini yaxshilash, ularni sportga qiziqtirish ishlarini yo’lga qo’yish. 5. Turli ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlar, xalq milliy o’yinlarini o’tkazishda yordamlashish.

Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan muhim tadbirlar moddiy ta’minot masalalarini taqazo etadi. Ana shularni hisobga olgan holda Respublika "Mahalla" komissiyasi va uning quyi tarmoqlarida "Mahalla" xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Unga tushadigan jamg’arma mablag’lari, asosan quyidagi sohalarga sarflanadi: 1. Nogiron bolalar, nuroniylarga bayram arafalarida moddiy yordam va sovg’alar qilish. 2. Kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarga moddiy yordam berib borish. 3. An’anaviy bayramlar va marosimlarda zaruriyat uchun moddiy ko’maklashish. 4. Mahalla oqsoqollari kengashining rasmiy faoliyatlari, xo’jalik ishlari va boshqa sohalarga mablag’lar ajratish.

Mahalla oqsoqollari kengashi va uning xayriya jamg’armasi hisobiga juma nomoziga kelgan kishilar tomonidan hadya etilgan xayriyalar, homiylarning qo’shgan hissalari, mahalla oqsoqollari kengashi tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari, savdo, tijorat tizimlaridan olingan daromad va boshqa kirimlar tushadi. Shuningdek, sharoit va ehtiyojlarga qarab "Mahalla" xayriya jamg’armasining yuqori tashkilotlari tomonidan ham moddiy yordam beriladi. E’tirof etish kerakki, bunday ulug’vor faoliyatlar Respublikada mehr-oqibat, xayr-ehson qilish kabi milliy qadriyatlarning chuqurlashib borishida, O’zbekiston Prezidenti va hukumatning aholini ijtimoiy-moddiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatdan muhofaza qilishlaridan dalolatdir.

O’zbekiston mustaqilligi yillarida "Mahalla" xayriya jamg’arma uyushmasi "Navro’z", "Mustaqillik kuni" bayramlaridagi sport chiqishlari, mahallalarda o’tkaziladigan o’rtoqlik uchrashuvlari, spartakiadalar hamda milliy o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda faol ishtirok etgan mutaxassislar, sportsevarlar, sportchilar, hakamlar va boshqalarni munosib ravishda rag’batlantirib bormoqda.

Sobiq Ittifoq davrida aholining aksariyat ko’pchilik qismi o’sha davr hokimiyatining g’oyalari, mafkuralari, bilan to’la sug’orilganligi hech kimga sir emas. U g’oyalar va mafkuralarning ko’p jihatdan puch ekanligi keyingi qayta qurish yillarida ( 1980-1990) barchaga aniq bo`lib qoldi. Shu sababli mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va ularni davr talablari asosida boyitishni taqoza etadi. Bunday g’oyalarni amalga oshirish uchun esa aniq mafkuraviy tashkilot tuzilishi lozim edi. 1994-yil 23-aprelda O’zbekiston Prezidentining "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilar markazini tashkil etish to’g’risida farmoni e’lon qilindi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublikada "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to’g’risida (1994 yili iyun) qaror qabul qildi.

Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatlari keng qamrovli va fidokorona mehnat qilishni talab etuvchi sohalardan hisoblanadi. Mahallada jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish faoliyatlari yil sayin kengayib va ularga bo’lgan e’tibor kuchaymoqda. Xalq iborasi bilan aytganda, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanadi. Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-tuyg’ulari, sadoqati, fidoyi mehnati, o’zaro izzat-hurmati kabi insoniy fazilatlari namoyon bo’ladi.

Bu o’rinda Respublika sportchilarining xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki, g’alabasi ana shu hislatlar tufayli ustivor ekanligini aytib o’tish kerak. Ayniqsa, yurtimiz bayrog’ining uzoq o’lkalarda yuqori ko’tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi sportchilarning ona-Vatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo’shganligining misolidir. Buning boisi shundaki, o’shanday g’olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa, sport tashkilotlari, jamiyatlar xodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar ham u yoki bu mahallada istiqomat qiladi. Mahalla oqsoqollari kengashlari faoliyatida ular ham ishtirok etib, sportni targ’ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish, an’anaviy bayramlarda qatnashib, ma’ruzalar o’qish, o`z taassurotlari bilan o’rtoqlashish kabi tadbirlarni birgalikda olib boradilar. Bunday tadbirlar mahalla oqsoqollari kengashlari tarkibidagi faollar, sportsevarlar, mutaxassislar tomonidan uyushtirib borilmoqda. Bunday xayrli ishlarni qishloq sharoitlarida ham doimiy o’tkazib turilishi lozim.

Mahalla oqsoqollari kengashi qoshida sport klublarini tashkil qilish hamda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish. zarur bo’ladi. Ba’zi ilg’or tajribaga ega bo’lgan mahallalar sport yo’riqchisi shtatini tashkil qilmoqda. Ular bevosita tuman-shahar qo’mitalariga itoat etib, aholi o’rtasida sportni ommalashtirish, bolalar va o’smirlar orasida sport musobaqalarini tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatmoqda.

Mahalla oqsoqollari kengashlari va ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faollar oldida mahalla bolalar salomatligini yaxshilash, yoshlarni sportga jalb etish, sport va xalq milliy o’yinlari orqali aholining dam olishi, ruhiy oziqlanishi, jismonan barkamol bo’lishlariga erishtirish kabi vazifalar mavjuddir. Ba’zi milliy urf-odatlarimiz va diniy dunyoqarashlar xotin-qizlarning erkin ravishda jismoniy mashqlar , xalq milliy o’yinlari yoki biron sport turi bilan shug’ullanishlariga salbiy ta’sir qilish jarayonlari davom etmoqda.

"Sog’lom avlod uchun" davlat dasturida belgilanganidek, sog’lom avlodni yetishtirish uchun, eng avvalo, onalar sog’lom bo’lishi va o`z farzandlarining sog’lom o’sishi uchun barcha shart -sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bog’cha va maktablarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga odatlantirish alohida ko`zda tutilgan. Bu jihatlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashi, uning faollari va jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari astoydil ish olib borib borishlari lozim.

Aholi o’rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, "Sog’lom avlod uchun" davlat dasturini amalga oshirish hamda "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini kishilar ongiga singdirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Shu sababdan mahalla oqsoqollari kengashi "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" qonun hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi (1999-yil 27 may) qarorini chuqur o’rganishlari, unda ko`zda tutilgan eng zarur tadbirlarni mahallalarda ishlab chiqish, aholini sportga jalb etish yo’llarini topishlari lozim.

Xulosa shundaki, aholi turar-joylarida, eng avvalo, sport inshootlari, oddiy o’yin maydonlarida maqsadli foydalanish zarur. Sport ixlosmandlari, sportsevarlar, mutaxassis xodimlar yoshlar o’rtasida ko`chalararo musobaqalar va mahalla birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil qilishlari kerak. "Sog’ tanda sog’lom aql" naqliga rioya etgan holda jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ibot qilish, bolalarning salomatligini mustahkamlash, ish faoliyati va umuman umrni uzaytirishdagi muhim omillardan biri ekanligiga aqlan iqror etish kerak bo’ladi.
OILADA BOLA TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Z.Xudoyqulova, O. Yusufaliyev GulDU

Oilani o`rganish bo`yicha psixologlar tomonidan kiritilayotgan ko`pgina tеndеntsiyalar, nazariy takliflar, nikoh va oila modеli mohiyatini yaratishga intilishlar oila psixologiyasini psixologik bilimlar tizimida tutgan o`rni va uni dolzarb ekanligini chuqurroq o`ylab ko`rishni taqozo etadi.

XXI asrga kеlib insoniyat oldida qanday qilib o`z yolqizligini engishi, o`zga kishi bilan qanday qilib mustaqkam, garmonik, ittifoq tuzish va qanday qilib bu ittifoqni uzoq yillar, butun umr davomida saqlash kabi muammolar kеskin turibdi. Bu haqida S.L.Rubinshtеyn to`qri fikrni aytgan: “Inson hayoti asosini, o`zagini o`zga kishi , odamlarga bo`lgan munosabat tashkil qiladi. Inson “yuragi” uning boshqa odamlarga bo`lgan munosabatlaridan to`qilgan; uning bahosi, baholanishi odam qanday insoniy munosabatlarga intilishiga qarab, odamlarga va o`zga kishiga qanday munosabat o`rnata olishiga qarab aniqlanadi. Insonning boshqa odamlarga bo`lgan munosabati asosida inson hayotini tahlil qilish psixologiyani asosiy yadrosini tashkil etadi”.

Oila haqida alohida fan yo`q. lеkin oilaning turli jihatlarini o`rganish bilan 10 dan ortiq fanlar shug`ullanadi. Bu fanlar quydagilarni o`z ichiga oladi. Etnografiya – nikoh oila munosabatlarini xalqlar turmush tarzining bir tabaqasi sifatida o`rganadi.

Aqolishunoslik - dеmografiya - aholining hamda uning asosiy bo`g`ini bo`lmish, oilaning turli xil muammolarni siyosiy-ijtimoy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar asosida o`rganadi.

Iqtisod fani bilan statistika fani, oila byudjеti oila ishlab chiqarishi, oilaviy istе'molni, mеhnat taqsimotini, oiladagi xo`jalik iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish bilan shuqullanadi.

Psixologiyaning vazifasi - asosan nikoh-oila munosabatlarida namoyon bo`ladigan xissiyot, tasavvur urf-odatlarni ruhiy xodisalarning ijtimoiy tabiiy manbalarini o`rganishdan iborat.

Oila pеdagogikasi - oilaning bolalarga ko`rsatadigan ta'sirini oiladagi tarbiya qonuniyatlari, vositalarini ota yoki onaning bolaga ta'siri, oila va uning boshqa tarbiya muassasalarining o`zaro munosabatini aniqlashdir. Tibbiyot fani - nikohning fiziologik jihatlarini va ularning oqibatlarini, oilaning oila a'zolari sogligiga ta'siri tadqiq qiladi.

Xuquqshunoslik - oila nikoh va oila to`g`risidagi qonunlarni va oilaning ijtimoiy xayotga munosabatini o`rganib xuquqiy qoidalarni asoslab bеradi. Oilaning vujudga kеlishi uzok o`tmish bilan O`rta Osiyo xalklarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli patrеarxal oila tarzida vujudga kеlgan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chikarish jamoasi ham bo`lgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga xar bir oila a'zolarining xatti-xarakatlariga alohida e'tibor bеrilgan. Patriarxal oila, eramizdan oldingi bir ming yilliklarda vujudga kеlgan. Uning rivojlangan davri eramizning birinchi asriga to`g`ri kеladi. Eramizning bir ming yilligi o`rtalarida kichik-kichik oilalar tarkib topa boshladi. Nikoh-bu erkak bilan ayol o`rtasidagi muayyan ittifoqning va bu ittifoqning jamiyat davlat tomonidan tan olinishi va maqullanishining tarixiy shaklidir

Uzbеkiston Rеspublikasining «Oila kodеksi» (1998 yil 30 aprеlda tasdiqlangan) 2-bo`lim 3 bobga asosan nikoh tuzish tarkibi va shartlari masalalarini yoritishga qaratilgandir. Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o`rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida ahloqiy majburiyatlar o`rnatadi. Nikoh so`zi (arabcha-qo`shilish) uzbеk tiliga arablardan kirib kеlgan. Uzbеkiston Rеspublikasi Nikoh va oila kodеksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqorolik xolatini dalolatnomalarining ro`yhatidan o`tkazish yuklatilgan davlat organlarida qayd etiladi, shunday nikohgina xuquq va majburiyatni vujudga kеltiradi. Uzbеkiston Rеspublikasida nikohni uning ijtimoiy mohiyati, maqsadiga. ko`ra oilani mustaxkamlash ehtiyojini yosh avlodni ahloqi, siqat-salomatligini xisobga olib, bir qator shartlarga amal qilgan qolda tuzish zarurligi bеlgilanadi: bu talablar nikohdan o`tish shartlari dеyiladi.

Xalqimizda nikoh eng avvalo arshi a'loda o`qilib, kеyin еrda, degan naql bеhuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo`yicha, nikoq iloqiy axd, oila muqaddasdir. «Xotinlaringiz-ziroatlaringizdir» dеyiladi. Kur'oni Karimning Baqara surasi - 223 oyatida. Nikoqdan o`tib oila qurishdan asosiy maqsad inson avlodining davomiyligidir. Nikohga kirishda yanglishmaslik, mustaxkam oila tashkil topishga olib kеladi. Aqil totuv yashash, halol mеhnat muxabbatga asoslangan oila jamiyatning munosib avlod, axloqi pok jamiyat ishiga, taraqqiyotimizga, mustakilligimizga sadokatli inson tarbiyalab еtkazishda muxim rol o`ynaydi.

qadimdan Sharq oilalari yigit-kizlarni oilaviy turmushga tayyorlashga aloqida e'tibor bеrganlar yigitlar aloqida, kizlar aloqida maxsus enaga-tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanganlar.

Birlashgan Millatlar tashkilotining qaroriga binoan 1994 yil «Xajaro oila yili» dеb e'lon qilindi, Rеspublikamizda 1998 yil «Oila yili, 1999 yil «Ayollar yili» dеb e'lon qilindi.

Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidеk oila jamiyatning nеgizi. Bizning davlatmizni ham katta bir oila dеb tushunish mumkin va lozim. Bunda o`zaro xurmat va kattik tartib bulmasa, oilaning barcha a'zolari uz burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mеhr-oqibat kursatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida kuriladi, o`zining ko`p asrlik mustaxkam va ma'naviy tayanchlariga ega buladi. Oilada dеmokratik nеgizlarga asos solinadi, odamlarning talab-extiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Uzbеklarning aksariyati o`zining shaxsiy farovonligi to`g`risida emas, balki oilasining qarindosh-urug`lari va yakin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida g`mxo`rlik qilishni birinchi o`ringa quyadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbini gavxaridir. Yurtboshimizning bu fikrlari o`zbеk oilasining o`ziga xos xususiyatining asosini tashkil etadi. Yurtboshimizning taraqqiyotida jamiyatimiz asosi- o`zbеk oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy xolatida muxim rol o`ynamoqda, chunki oilalarning xar tomonlama yuksalishi jamiyatning yuksalishi dеmakdir.

Xuddi shu ma'noda kеlajagimiz bo`lmish yosh avlod va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masaladir. Ikkinchi tomondan jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning oilada bolalarni xar tomonlama еtuk-barkamol taraqqiyotiga oid layoqatni oshirish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Uzbеk oilasining dunyodagi boshka oilalarga uxshash tomonlari kup. lеkin shu bilan birga uning o`ziga xos jihatlari ham yo`q emas. O`zbеk oilalarining uziga xos tomoni - hayo-iboning kuchliligidadir. Ma'naviyatsiz moddiy farovonlikka ham umumtaraqqiyotga ham erishib, bo`lmaydi. Ma'naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Noqalol ayoldan halol boshqarish va o`z-o`zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.

Oiladagi psixologik muhit - boshqa har qanday gruppada bo`lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o`z hayotining ko`proq qismini o`tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko`proq samimiy tuyg`ular va munosabatlar orqali bog`langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi.

Oilaning psixologik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a'zolariga va bir-birlariga bo`lgan munosabatlari ta'sir qiladi. Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda erning o`ziga va xotiniga bo`lgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo`ldilar. Oiladagi psixologik muqit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xaraktеrlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e'tibor bеra bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli bo`lishlari mumkin.

Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a'zolarida o`ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyqularni shakllantirishga ta'sir ko`rsatadi. Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo`ladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional ko`rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdеk insonni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qiladi. Oila a'zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub'еktiv ko`rsatgichidir. Kishilarning nomuvofiqligi oila a'zolariningg bir-birlari bilan muomalada va o`zaro harakatda bo`lgan ehtiyojlarining chеgaralanganligidadir.


СОҒЛОМ ВА БАРКАМОЛ АВЛОДНИ ТАРБИЯЛАШДА МАҲАЛЛАНИНГ ЎРНИ
Б.Я.Боймуродов, ГулДУ

Ҳар бир миллат ва халқнинг азалий орзу истакларидан бири бу келажак авлодни соғлом, барокамол қилиб тарбиялашдан иборат. Бу жабҳада юртимизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар нафақат жамиятимиз ҳаётида, балки бир қанча хорижий давлатларда ҳам намуна қилиб қўлланилмоқда. Ёш авлод тарбиясида оила, маҳалла, таълим муассасаларининг ўрни беқиёсдир, зеро бу ижтимоий ташкилотларнинг ўзаро ҳамкорлиги тизимли ва доимий йўлга қўйилган тарзда ижобий натижаларга эришиш мумкин. Юртимизда маҳалланинг ёшлар тарбиясидаги ўрни ва роли азалдан ота-боболаримиз томонидан англаб етилганки, унинг тарихи уч ярим минг йилдан ошиқни ташкил этади.

Маънавий ҳаётимизни юксалтириш ҳақида гапирганда, маҳалланинг роли ва таъсири хусусида тўхталиш албатта ўринлидир. Маълумки, азалдан ўзбек маҳаллалари чинакам миллий қадриятлар маскани бўлиб келади. Ўзаро меҳр-оқибат, аҳиллик ва тотувлик, эҳтиёжманд, ёрдамга муҳтож кимсалар ҳолидан ҳабар олиш, етим-есирларнинг бошини силаш, тўй-томоша, ҳашар ва маъракаларни кўпчилик билан бамаслаҳат ўтказиш, яхши кунда ҳам, ёмон кунда ҳам бирга бўлиш каби халқимизга хос урф-одат ва анъаналар авваломбор маҳалла муҳитида шаклланган ва ривожланган... Маҳалланинг халқ маънавияти билан боғлиқ жиҳатлари ҳақида сўз юритиб, уларни кўз ўнгимиздан ўтказиб, атрофлича таҳлил қилар эканмиз, ҳеч иккиланмасдан айтиш керакки, биз ҳар қайси хонадон, бутун эл-юртимиздаги маънавий иқлим ва вазиятни англамоқчи бўлсак, бу борадаги ҳақиқий манзаранинг ёрқин ифодасини аввало маҳалла ҳаётида ойнадек яққол кўриш имконига эга бўламиз.

Бугун дунё шиддат билан ривожланиб, глобаллашув жараёнлари, турли маданиятлар ва қарашларнинг таъсири доираси кенгайиб бормоқда. Ана шундай шароитларда бизнинг менталитетимизга мос бўлмаган одатлар, бузғунчи фикр ва ғояларни маҳаллаларимизга, халқимиз, ёшларимиз ҳаётига олиб киришга бўлган уринишлар кузатилади. Ана шундай шароитда ҳар бир миллатнинг ўз турмуш тарзини, урф-одатларини, анъана ва қадриятларини сақлаб қолиши ўта муҳимдир.

Бунда фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя, жаҳолатга қарши маърифат билан кураша билиш долзарб аҳамият касб этади. Ўзгаларнинг маданиятига, уларнинг турмуш тарзига маҳлиё бўлиб, ўзликни бой беришдек кенг тарқалаётган энг ёмон касалликдан ёшларни асрай олишдек долзарб вазифани амалга оширишда маҳалла институтларининг ўрни бениҳоя каттадир.

Маҳалла институтлари бу масалаларда бутун жамоатчиликнинг фикрини ўрганиб, уни таълим-тарбия мактаби даражасига кўтариб тизимли фаолият олиб боришлари замон талабидир. Албатта, биз фақатгина ота-боболаримиздан қолган моддий-маънавий мерос ва қадриятларни билиш, уларга амал қилиш билан чекланмасдан, замон билан, давр билан, дунёнинг ривожланган давлатлари билан ҳамкорлик қилган ҳолда, уларнинг илғор, миллий умуминсоний демократик қадриятларимизга мос келадиган тажрибаларидан унумли фойдаланишимиз ҳам мақсадга мувофиқдир.

Маҳаллада маънавий ишларнинг муҳим ва долзарб йўналиши–ғоявий тарбиядир. Бу эса фарзандлар онги ва тушунчалари тизимида ҳаёт ҳақидаги фалсафий, сиёсий, ҳуқуқий, диний, эстетик, ахлоқий, бадиий, касбий қарашларни миллий ғоя руҳида мақсадли шакллантиришнинг ижтимоий педагогик жараёни демакдир. Чунки маҳаллада кечадиган мафкуравий таълим ва тарбия жараёнлари ёшлар дунёқарашини бунёдкор ғоялар билан бойитиш ҳамда жамият учун, унинг равнақи учун керак бўлган сифатларни камол топтиришга йўналтирилган бўлади. Булар ёшларни ғояларимизни ва уларнинг ўзига хосликлари ҳақидаги тушунчаларини кенгайтиришга хизмат қилади.

Шу маънода маҳалла–том маънода мафкуравий тарбиянинг илк асоси, пойдеворидир, яъни маҳаллалар оилаларни, оилалар эса келажак авлодларни тарбиялаб вояга етказади.

Бугунги кунда ёт ғоя ва мафкуралардан сақланиш уларга қарши кураша олиш учун маҳаллаларда аҳоли, айниқса ёшлар ва уюшмаган ёшларнинг манфаат ва эҳтиёжларини, нимага қизиқишлари ва қандай фаолият билан машғулликларини чуқур ўрганиш талаб этилади. Бунинг учун қуйидаги вазифаларни мунтазам равишда изчил ва тизимли амалга ошириб боришимиз лозимдир.

Маҳаллалардаги ички имкониятлардан келиб чиқиб, ёшлар, айниқса, уюшмаган ёшларни турли тўгаракларга, спорт мусобақаларига жалб этиш;

Ёшларда соғлом турмуш тарзини шакллантириш мақсадида турли танлов ва мусобақаларни доимий ўтказиб бориш;

Маданий-маърифий тадбирлар давомида уларни Ўзбекистонда кечаётган ижтимиой-сиёсий жараёнлар билан мунтазам таништириб бориш;

Маҳаллаларда юртимизнинг энг ибратли, обрў-эътиборли кишилар–олимлар, ёзувчи ва шоирлар билан ёшларнинг учрашувларини, давра суҳбатлари, мулоқотларини ташкил этиш; Маҳалла фуқаролари айниқса ёшларнинг муаммоларини чуқур ўрганиш ва аниқланган муаммоларни тегишли мутасадди ташкилотлар билан ҳамкорликда бартараф этиш борасида жонбозлик кўрсатиш;

Маҳаллаларда ўтказиладиган маданий-маърифий тадбирлар, тўй-маросимларда, умуман маҳалла ҳаётида диний ва дунёвий қарашлар қарама-қаршилиги юзага келишига мутлақо йўл қўймаслик;

Фермерлик, хусусий тадбиркорлик, кичик ва ўрта бизнесни ривожлантиришда ёшларнинг фаол иштирокини таъминлашга ҳисса қўшиш;

Ёшларимизнинг маданий-тарихий анъаналармизга ҳурмат, Ватанга муҳаббат, мустақиллик ғояларига садоқат руҳида тарбиялаш мақсадида ота-оналар ва ёшлар билан алоҳида-алоҳида учрашув ва суҳбатлар ўтказиб бориш;

Ёшларимизни оилавий ҳаётга тайёрлаш ишлари билан шуғулланиш; Маҳаллаларнинг, оила ва таълим муассасалари билан тизимли ва доимий ҳамкорлик алоқаларини олиб боришда, турли тадбирларни ўз вақтида бажарилишини таъминлаш; Хуллас, маҳалладаги ёшларнинг бўш вақтларини самарали ва фойдали ўтказишларига кўмаклашиш.

Юқоридаги фикрлардан келиб чиқиб шуни айтишимиз мумкинки ёш авлоднинг бўш вақтларини самарали ташкил этиш бу ижтимоий назорат механизмларидан бири ҳисобланади ва ўз навбатида ижтимоий тараққиётга ҳам таъсирини кўрсатади. Аслида ижтимоий тараққиёт ижтимоий тартибни талаб этади, ижтимоий тартиб ўрнатилиши учун ижтимоий назоратни кучайтириш лозим бўлади, ижтимоий назорат энг биринчи навбатда оилада шакллантирилади, оилада тартиб бўлиши учун маҳаллаларда тартиб бўлиши талаб этилади.



Ижтимоий назорат ўз навбатида ижтимоий буюртмадан келиб чиқади, халқимизнинг ижтимоий буюртмаси эса ҳар томонлама етук, соғлом ва баркамол авлодни шакллантиришдан иборатдир.


1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2009. 176-б.

2 Управление персоналом. Учебник. Под ред. Базарова Т.Ю., Еремена Б.Л.–М.: 1999. Компания "Центр кадровых технологий – XXI век".


3 Хожа Ориф ар-Ревгарий. Орифнома. /Қайта ишланган иккинчи нашри. “Дурдона”, 2012. 20-б.

4 Халқаро тадқиқотлар агентлиги Millward Brownнинг рейтингига кўра 2011 йилда Apple 153,3 млрд АҚШ доллари миқдорида дунёнинг энг қимматбаҳо бренди деб тан олинган.

5  Мусурмонова О. Оила манавияти миллий ғурур. – Тошкент. “Ўқитувчи”, 1999. – 8 -12 бет



6 Х.Хамракулова. Оила педагогикаси дарслиги. 259-269-бетлар.

7 Баркамол авлод орзуси.Тошкент. Шарқ нашриёти. 1998.

1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари, тараққиёт кафолатлари. Т., “Ўзбекистон” 1997


8 Баркамол авлод орзуси.Тошкент. Шарқ нашриёти. 1998.

9Делинквент (ингл. delinquency – айбдорлик) хулқ – бу ўсмирларнинг ҳуқуқбузарлик ҳаракатлари, ҳуқуқни бузишга бўзлган мойиллик ва қайтариладиган аксил ахлоқий ва аксил ижтимоий ҳаракатлар.


10 С.Отамуратов Глобаллашув ва миллий-маънавий хавсизлик. Т.:Ўзбекистон, 2013. -369 б.

11 Примова Ф.А. Оилавий муносабатларни шакллантиришда миллий ва диний қадриятларнинг ўрни. Фалс. фан. номз. дисс. автореф. – Т.: 1999. –Б.13.

12 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – Б.60.

13 Ўша манба, -Б.63-64.

14 И.Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Т. «Ўзбекистон», 2005. 12-13 бетлар.



15 Йўлдошев А. Ақл, истак ва имкон исканжасида. «Ҳуррият». 1998 йил 28 январ



16 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2. – Т.: «Ўзбекистон», 1996, 281-бет.


17 Каримов И.А. Юксак маьнавият - енгилмас куч. –Т.: Маьнавият, 2008. –Б. 113

18 Каримов И.А. Адабиётга эътибор-маънавиятга, келажакка эътибор. – Т.: “Ўзбекистон”, 2009. 15-16-бетлар.


19 Из выступления Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова на открытии международной конференции «Подготовка образованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие устойчивого развития и модернизации страны». 16-17 февраля 2012 г.

20 I.A.Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: “O`zbekiston” nashriyoti, 1998, 21-bet.




1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40


©netref.ru 2017
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет