Илмий-амалий маркази гулистон давлат университети вояга етмаганлар назоратсизлиги


YOSH AVLODNI MILLIY-MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



бет9/40
Дата02.05.2016
өлшемі5.8 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40

YOSH AVLODNI MILLIY-MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
M.Shеranova N. N.Bayto’raeva, E.Qodirova JDPI

Mustaqillik mevasi bo’lgan, biz qurayotgan huquqiy, demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustahkam bo’lishi kerak. Bu esa avvalo, avlodni chuqur bilimli, teran fikrli o’z o’tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, xalqparvar, fidoiy qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Demak, yosh avlod qachonki o’z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustaqillikning tub mohiyatini chuqurroq anglaydi.

Milliy istiqlol mafkurasi ham ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas, albatta. Bu borada I.Karimovning «Har bir fuqaro ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish-milliy istiqlol mafkuramizning bosh maqsadidir» - deganlari ayni muddaodir.

Keksa avlod istiqlolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga etib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bo’lsa, o’rta avlod talabchan, ochig’ini aytish kerakki, xayotda o’z o’rnini topayotir, ayrim hollarda, iste’molchilik kayfiyatida ham yelib yugurmoqda, yosh avlod esa xayotga faol kirib kelmoqda, ularning yashash tarzi to’g’risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning alohida o’rni va ahamiyati borlig’ini ta’kidlash mumkin va ayni paytda, ularning hayotdagi ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlarni, ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg’usi tobora o’sayotganligagi guvohmiz.

Ma’naviy qadriyatlarimiz xususida sharq mutafakkirining ilmiy, ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi qanday? Qayd qilish lozimki, o’rta asrlar uyg’onish davri, bunyodkorlari bo’lmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz. Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida qator muammolar tizimida axloq-odob masalalari e’tiborli salohiyatga egadir. Uning «Burch haqida risola», «Axloq haqida risola», «Insof haqida risola» kabi asarlarida axloq-odobning g’oyat muhim qirralari bayon etilgan .

Jahonda XII asrdan boshlab xanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al-Xorazmiy nomi ulug’lanadi. Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi.

Abu Nasr Farobiy inson aqliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy ohanglarning fizikaviy xolatiga asos soldi. U musiqaning matematik nazariyasini yaratdi.

Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug’lanar ekan, ularni o’rganish, o’zlashtirish yosh avlodning muhim burchi bo’lmog’i kerak.

Bu yosh avloddan milliy g’oya asosidagi tafakkur, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda. Uning negizi-milliy qadriyatlarimizdir. «Yangicha yashash, ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot qurish g`oyasi yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni qo’ymoqda. Xususan, ong va tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlardagi o’zgarishlar hayot talabidan orqada qolayotganligi ma’naviy salohiyatdagi qusurlar bilan bog’liqdir. Mohiyat va mazmunga ko’ra qadriyatlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1. Tabiiy qadriyatlar. Tabiiy qadriyatlar insonni o’rab turgan, insonning paydo bo’lishi, rivojlanishi va yashash uchun zarur bo’lgan tabiiy muhit va sharoitlar majmuasidan iborat. Bularga yer, suv, havo, foydali qazilmalar, quyosh, koinotdagi sayyora va yulduzlar, o’simliklar, hayvonot va parandalar, qisqasi, jonsiz va jonli tabiat kiradi.

2. Ijtimoiy qadriyatlar. Jamiyatning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalarning majmui (ishlab chiqarish, korxona, tashkilot, muassasa, oila, millat, sinf va h.k).

3. Qadriyatlar sistemasi ichida eng ahamiyatlisi va oliysi bu insondir. Inson o’z hayot faoliyati jarayonida jamiyatda yashaydi, tabiat orqali esa o’z ehtiyojlarini qondiradi. Qadriyat tushunchasining o’z narsa va hodisalarning insonga aloqadorligi, inson uchun ahamiyatliligi, inson uchun qadrliligi tufayli kelib chiqqan va inson tomonidan ishlab chiqilgan.

Qardiyatlar ikki turga bo’linadi: 1. Moddiy qadriyatlar. 2. Ma’naviy qadriyatlar. 3. Moddiy qadriyatlar. Insonni o’rab turgan moddiy dunyo, insoniyatning mavjudligi uchun zarur bo’lgan tabiiy imkoniyatlar, uning mehnat faoliyati mobaynida yaratgan barcha moddiy narsalar kiradi.

4. Ma’naviy qadriyatlar. Insoniyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsaviy, axloqiy, huquqiy, siyosiy, estetik, badiiy, diniy g’oya va ideallar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.

Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab-asrash va muhofaza qilish – barchamizning burchimizdir. Zero, Konstitutsiyamizning 49- moddasida “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”, deb ta’kidlangan.

Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash – millatning o’ziga hurmat bilan qarashining asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan qo’shilib taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko’maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-asrash, ularni qo’riqlash, yuksaltirish isnon hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Kishilarni qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan xoli etib, aksincha, ularni yanada kuchaytirish, yuksaltirish payida bo’lishlariga erishishga alohida e’tibor berish kerak. Hayotdagi barcha narsalar kabi, qadriyatlar ham abadiy emas. Shuning uchun ularni doimo boyitib, rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’imiz lozim.

Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o’tmish bilan hozirgi kun o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o’tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o’z maqsadi, manfaati yo’lida foydalanib kelgan. Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning ahvoli, ahamiyati, isnonga ko’rsatadigan ta’siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy bog’langandir.

Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madanniy-ma’naviy qadriyatlarimiz jahon hamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib hisoblanadi. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlagan. Shuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - mustaqillik tufayli qo’lga kiritgan eng katta yutug’imizdir.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, xalqaro mehnat tashkiloti, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining ajralmas qismidir. Yuksak milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiruvchi vosita bo’lib kelgan va hozirda ham shunday bo’lib kelmoqda.
СОҒЛОМ БОЛА ТАРБИЯСИНИНГ РУҲИЙ-АХЛОҚИЙ ОМИЛЛАРИ
А.Бобожонов, Х.Тошбоев, ГулДУ

Президентимиз томонидан 2014 йилнинг “Соғлом бола йили” деб номланиши барча халқимиз қатори ота-она ва ўқитувчи-мураббийларга кўтаринки кайфият ўйғотиши баробарида алоҳида касбий масъулият ҳам юклайди. Таъкидлаш жоизки, ўқитувчи-мураббийнинг касбий ўз-ўзини англаши мазмунида соғлом бола тарбияси туради.

Болани руҳан тетик, ахлоқан пок бўлиб камол топиши, кўп жиҳатдан ўқитувчи шахсининг ўз касбига бўлган муносабатидан, яъни касб бурчи ҳамда масъулиятини англаб иш юритишдан келиб чиқади. Ота-оналар жондан азиз фарзандини ишониб, ўқитувчи-мураббий қўлига берар экан,келгусида ўқимишли, доно инсон бўлиб, Ватан равнақи йўлида ҳизмат қилувчи комил шахс бўлиб улғайишини орзу қилишади.

Бу ўринда Президентимизнинг “....Ҳаммамизга аён бўлиши табиийки, оила соғлом экан, жамият мустаҳкам, жамият мустаҳкам экан, мамлакат барқарордир”, деган пур- маъно фикрлари соҳа мутахассислари ҳамда ота-оналар учун ҳаётий ғоя вазифасини ўтайди. Бола шу вақтда руҳан, ахлоқан, соғлом ва етук бўладики, тарбия ишида “Мактаб ва оила” , “Оила ва мактаб” ўзаро изчил равишда иш олиб бориб, бола тақдирига масъулият билан қараса, ўз ўрнида яна “Маҳалла – ҳам ота, ҳам она”, деган ҳикматли нақлни унутмаслик керак. Мухтасар қилиб айтганда, соғлом бола тарбиясида “Оила-мактаб-маҳалла” ҳамкорлиги ўзининг истиқболли режаси асосида фаолият олиб бориши талаб этилади.

Шунга мувофиқ соғлом бола тарбиясининг руҳий-ахлоқий омилларини қамрови кенг бўлиб, ўз ичига фанлар йўналишлари бўйича эгалланиши лозим бўлган билим ва кўникмалар, миллий ва умуминсоний тарбия турлари, болани қобилиятига кўра бирон касб-ҳунарга йўналтиришдан ташқари (ёки шу билан биргаликда) ирсий омиллар, муҳит ҳамда фаолиятнинг таъсирини ҳам назарда тутиш лозим бўлади.

Олиб борилаётган тадқиқий кузатувларга кўра болани мусиқа тинглаш орқали турли табиат манзараларини чизиш, фаслларга хос хусусиятларни манзара мазмунига сингдириш ва шу пайтда инсон руҳиятини кўтарадиган рангларни танлаш масаласига эътиборни қаратдик.

Биз учун яратилган бирор бир тасвирий санъат асарида шахснинг соғлом руҳияти ва соғлом хулқ-атвори нафақат соҳа мутахассиси, балки тасвирланган манзарага кўз югуртирган ҳар қандай инсон илғаб олиши мумкин бўлган “Тирик жараён” акс этмоғи лозим. Бу жараённи дастлабки тасаввур дейдиган бўлсак, галдаги вазифа “Ёш ижодкорлар” тўгарагининг аъзоси, мактаб ўқувчисининг руҳий-ахлоқий кечинмаларига оид манзара (кичик асар) келган бўлса, унга бериладиган баҳо қандай омилларга асосланади, деган табиий саволга жавоб бериш лозим.

Ушбу масалага педагогик нуқтаи назардан ёндашадиган бўлсак, касбий ва ташкилий таёргарликнинг сифати тўртта муҳим омил билан боғлиқлигини кўрамиз.



  1. Ўқувчида аввал ҳис этиб, сўнг фикрлашнинг образли тафаккур билан боғлиқлиги.

  2. Ўзлаштирган билимларнинг кўникма ва малака даражасида ифодаланиши.

  3. Объектни тўғри танлай билиш.

  4. Ижодий фаоллик ва иш самарадорлигига эришиш.

Кўриб ўтилган омилларнинг натижасини ўқувчи мусиқа тинглаш орқали бажаришга киришади, яъни кичик эксперимент асносида турли рангтасвир асарларининг инсон руҳиятига ва хулқ-атворига таъсири аниқланади. Олинган натижа ўқувчи томонидан бажарилган мустақил иш, яъни санъат асари кўринишида ифодаланиб, бу ўринда ўқувчининг у ёки бу рангга нисбатан ҳиссий муносабати юзага чиқади. Бажарилган ишга қараб, боланинг қайси рангни ёқтириши, қайси рангни ёқтирмаслиги бўйича руҳий ташхис қўйиш мумкин. Албатта кўриш ва эшитиш анализаторининг ўзаро муносабати, яъни бу ўринда иш бажарувчини ўзи ёқтирган мусиқасидан илҳомланиб, ўзи яхши қўрган рангни танлаш ҳамда шунга мувофиқ равишда янги асарни вужудга келиши, уни чиза олиш маҳорати, айни пайтда боланинг шўнғиб кета олиш, лозим жойларда ўзини унутиши каби руҳий кечинмалар ўқувчининг барқарор ҳис-туйғусини ифодалайди.

Ўқувчи мумтоз қўшиқ тинглаш орқали залворли, боқий, киши қараганда хаёлга чўмадиган, ўйланиб қоладиган ва диққатини узоқ бир нуқтага қаратиб турадиган асарни яратса, билингки ўқувчининг ҳис-туйғуси ўзи яратган асарга ўзининг муносабатини янада яқинлаштиради. Ранг масаласига келинса, барқарор, ҳиссиётли, босиқ (флегматик темпераментидаги) ўқувчилар кўк ва яшил рангларни кўпроқ ишлатганликларини кўрамиз. Бу рангларга мўл-кўл булутсимон (оқроқ ва паға-паға) ранглар билан жило берилиши томоша қилган, кузатган одамнинг кайфиятини кўтариши маълум бўлди. Масалан: “Баҳор”, “Менинг қишлоғим”, “Тоғ манзараси” асарлари. Кулранг ва қорамтир ранглар киши кайфиятига салбий таъсир кўрсатиши аниқланди. Масалан: “Ёмғирдан сўнг”, “Оқшом” асарлари.

Амалий машғулотларимиз ҳамда тадқиқот ишига оид тажриба-синов ишларимиз шуни кўрсатдики, асосий ранглар орасида кўк ранг инсонга вазминлик, қаноатланганлик, руҳий тетиклик кайфиятини уйғотиши; кўк-яшил ранг ўз-ўзига, ўзининг фаолиятига ишонч ҳамда бир мунча мағрурлик ҳис-туйғусини пайдо бўлишига; зарғалдоқ-қизғишроқ ранг ирода кучи, тезлик ва қизиққонликни қўзғатиши; ёрқин сариқ ранг эса ижтимоий фаоллик, хушчақчақлик ҳамда эътиборлиликни юзага чиқариши аниқланди.

Кўриб ўтилган рангларга илова тариқасида қора ранг, кулранг, жигарранг, сафсар ранглар инсон руҳиятига салбий таъсир кўрсатиб, бирмунча ғамгинлик, тушкунлик кайфиятини пайдо қилиши маълум бўлди. Шунга кўра ўқувчи устози бошчилигида қандай объектни танламоқчи, нимани ўрганмоқчи ва шунга кўра ўта нозик ҳис-туйғулар оғушида нимани ёритмоқчи эканлиги олдиндан мақсадли режалаштирилади. Албатта бу ўринда ўқувчи томонидан пухта ўзлаштирилган назарий билимлар асосидаги амалий тажриба, ижодий ёндашув, ўз фаолиятига танқидий ҳамда таҳлилий баҳо бера олиш руҳий-ахлоқий омил мезонини белгилайди. Шунга мувофиқ субъектнинг ички ҳиссий кечинмалари, унинг ўй ва фантазияси, интилиши, тасаввури, иродаси, характери ҳамда қобилияти ва айни пайтда бошқа шахсларни ўз ўрнига қўйиб кўра билиши аҳамиятли. Билъакс, субъектнинг ўзидаги тасаввурнинг торлиги санъат асарининг нозик жиҳатларини илғаб ололмаслигига олиб келиши мумкин.

Ўқувчи ўз фаолиятига ижодий ёндашиш орқали, айтайлик, мумтоз куйни эшитиш, унинг мазмунини англаш, ритмик ҳусусиятларини хотирада олиб қолиш ва энг муҳими, ундан завқ олишини ишлаётган асарига кўчириши интигратив таълим моҳиятини, яъни гўзалликка интилиш туйғусини уйғотувчи, бир-бирига яқин мусиқа билан тасвирий санъатни ва шунга мос инсон руҳиятини бир нуқтада учраштириш орқали янги бир асарнинг туғилиши мумкинлиги, ижодий маҳоратнинг туб моҳиятини белгилайди. Ўқувчини мусиқа асарини тинглаши ҳамда уни ҳис-туйғулари асосида идрок этиши, айни пайтда шахсни мусиқа маданиятига бўлган муносабатини ҳам белгилайди. Бу жараён яхлит ҳолда кишида миллий тарбиямизга хос руҳий-ахлоқий туйғу уйғотади.
БОЛАНИНГ СОҒЛОМ БЎЛИБ ШАКЛЛАНИШИДА СУЗИШНИНГ АҲАМИЯТИ
О.Тошмуродов, И. Турақулов, Б. Баракаев, СамДУ

Республикамиз ижтимоий, иқтисодий, сиёсий, маънавий ва маданий юксалиб бормоқда. Бу даврда аҳолининг саломатлигини мустаҳкамлаш, умрини узайтириш, маънавий ва жисмоний қобилиятларини янада такомиллаштириш масалалари давлатимиз сиёсатининг энг устувор ва марказий йўналишларидан бирига айланмоқда. Зеро, ҳар томонлама камол топган инсонни тарбиялаб вояга етказмасдан туриб, келажаги буюк давлат қуриш мумкин эмаслигини эътироф этган ҳукуматимиз бу масалага алоҳида ғамхўрлик қилиб келмоқда.

Мустақиллик шарофати туфайли мамлакатимизнинг турли худуларида, айниқса, узоқ қишлоқларда замонавий спорт иншоатлари қурилиб, ушбу иншоотлар илғор технологиялар асосида тайёрланган спорт жиҳозлари билан таъминланиб, ёшларга хизмат кўрсатиб келмоқда.

Президентимиз томонидан турли йилларнинг “Инсон манфаатлари” (1997), “Оила” (1998), “Аёллар” (1999), “Соғлом авлод” (2000), “Она ва бола” (2001), “Қарияларни қадрлаш” (2002), “Обод махалла” (2003), “Меҳр ва мурувват” (2004), “Сиҳат саломатлик” (2005), “Ҳомийлар ва шифокорлар” (2006), “Ижтимоий ҳимоя” (2007), “Ёшлар” (2008), “Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлик” (2009), “Баркамол авлод” (2010), “Кичик бизнес ва тадбиркорлик” (2011), “Мустаҳкам оила” (2012), “Обод турмуш” (2013), “Соғлом бола” (2014) йиллари деб эълон қилиниши ва шу муносабат билан ишлаб чиқилган узоқ муддатли давлат дастурларининг изчиллик билан амалга татбиқ этилаётганлиги аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, маънавий-маданий, ижтимоий-иқтисодий имкониятларни шаклланишига олиб келмоқда. Ҳозирда, миллат генофондини шакллантириш ва баркамол авлодни тарбиялаш воситаси бўлмиш жисмоний тарбия ва спорт тобора миллий истиқлол мафкурасини “стратегик” қуролига айланиб бормоқда. Ўзбекистон Конститутцияси, “Таълим тўғрисида”ги Қонун ва “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” каби концептуал ҳужжатларда жисмоний тарбия ва спортга алоҳида эътибор берилиши, 1992- йилда “Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида ” Қонуннинг қабул қилиниши ва 2000 йилда унинг янги таҳририни жорий этилиши, “Ўзбекистонда жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чора тадбирлари тўғрисида”ги қарорлар, 2002- йил 24 октябрда ПФ 3154-сонли “Ўзбекистон болалар спортини ривожлантириш жамғармаси”нинг тузиш тўғрисидаги фармонини изчиллик билан ҳаётга босқичма-босқич жорий этилаётганлиги жисмоний тарбия ва спорт жумладан, болалар спорти давлат сиёсатининг устувор йўналишлари доирасида равнақ топаётганидан далолат беради. Ушбу қонун, қарор ва фармонлар шу соҳада фаолият юртиб келаётган мутахассислар зиммасига юксак масъулият юклаш баробарида юртимизнинг ҳар бир фуқаросини жисмоний тарбия ва спортга бўлган муносабатини қайта кўриб чиқишга, ҳамда тасаввурини кенгайтиришга ундайди. Қайд этиш лозимки таълим, сиҳат-саломатлик, жисмоний тарбия ва спортга оид ҳужжатларда ўз аксини топиб келаётган Давлат дастурларининг янада чуқурроқ ўрганиб қарасак, бугунги ва келажак авлодни соғломлаштириш, ёшлар орасида соғлом турмуш тарзини шакллантириш масалалари ётганига гувоҳ бўламиз.

Бинобарин, жисмоний тарбия ва спорт инсонни зарурий фаолиятлари, мудофо ҳамда меҳнатга тайёрловчи усуллардан бири, нафосат ва одоб-аҳлоқ тарбияси бобида, байналминал алоқаларни мустаҳкамлаш ҳамда уларни ривожлантиришда муҳим восита ҳисобланади.

Сузиш аҳоли жисмоний маданиятини такомиллаштиришнинг асосий воситаларидан бири ҳисобланади. Чунки, сузиш кишиларнинг жисмоний ва руҳий қобилиятларига ҳар томонлама таъсир кўрсатиши олимларимиз илмий тадқиқотлари негизида ўрганилиб, бир неча бор тасдиқланган. Шундай бўлсада аҳолининг сузишга бўлган муносабати, унга бўлган қизиқишини ўрганиш мақсадида. 2012 – 2013 йиллар давомида социологик тадқиқотлар олиб бордик. Тадқиқот объекти қилиб, умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари, олий ўқув юрти талабалари танланди.

Ўтказилган илмий тадқиқот натижалари шуни кўрсатадики, мактаб ўқувчиларининг 60-65%и сузишни билмайди. СамДУ Жисмоний маданият факультетига хужжат топширган абитуриентлар ичида ҳам сузишдан кўникма ва малакалари қониқарсиз бўлганлар сони ўрта ҳисобда 35-40%ни ташкил этади. Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, сузишга қадимдан ҳаётий эҳтиёж сифатида қараб келинган. Бироқ ҳозирда Республикамизда жисмоний тарбия ва спортни ривожлантириш учун барча шароитлар яратилиб берилаётган бир вақтда ёшлар орасида сузишни билмайдиганлар кўпчиликни ташкил этиши ачинарли ҳолдир.

Республика Давлат статистика бош бошқармасининг маълумотларига кўра юртимизда ҳар йили 1400 га яқин киши чўкиб, бевақт ҳаётдан кўз юмар экан. Бу кўрсаткичнинг 70% ини ёш болалар ташкил этади. Шунингдек ҳар йили хизматга чақирилаётган ёшлардан 100 тасидан 98 нафари сузиш бўйича имтиҳонни аъло бахоларга топширолмаган. Агар бу кўрсаткичларни ривожланган хорижий давлатлар билан солиштириб кўрилганда жуда катта тафовут борлиги кўзга ташланади. Масалан, АҚШ, Франция, Японияда 100 та кишидан 2-3 нафари сувга чўкиб ҳалок бўлишади. Германия, Италия, Англияда 0,2, бизда эса 100 кишидан 13 киши сувда чўкиб ҳалок бўлганлиги аниқланган. Бу каби маълумотларни кўплаб адабиёт манбаларида учратиш мумкин.

Республикамиз аҳолисининг сузишга бўлган салбий муносабатларининг асосий сабабларини қуйидагича талқин этиш мумкин: Болани ёшлик чоғида сузишга ўргатиш масалаларига алоҳида эътибор берилмаслиги; Мактабгача тарбия муассасалари ва мактабларда сузишга ўргатадиган сув ҳавзалари етишмаслиги; Мавжудларидан ҳам фойдаланиш қониқарсиз аҳволда эканлиги; Кўпчилик тарбиячилар ва ўқитувчиларнинг ўзлари сузишдан бехабарлиги; Умумий ўрта таълим мактабларининг жисмоний тарбия бўйича давлат стандарти дастурида сузиш учун кам миқдорда соат ажратганлиги; Айрим жисмоний тарбия ўқитувчиларни сузиш учун шу ажратилган соатларга ҳам бефарқлиги;

Юқорида келтирилган баъзи бир камчилик ва омиллар ёшларнинг жисмоний тарбия ва спорт, айниқса, сузиш билан шуғулланишлари борасида муаммолар борлигини яққол кўрсатиб турибди. Бироқ, бу манзарага томошабин бўлиб туриш учун ҳеч кимнинг, айниқса ота-она ва мутахассисларнинг маънавий ҳаққи йўқ. Чунки, мустақиллик ўз имкониятлари ва талабларини тобора кенгроқ намоён этаётган бир вақтда, ёшлар орасида сузишни ривожлантириш ва оммавийлаштириш давр тақозосидир.

Юқоридаги фикрлардан келиб чиққан ҳолда Республикамиз ёшларни сузишга бўлган онгли муносабатини таркиб топтириш учун қуйидагиларни таклиф этамиз:


  1. сузиш бўйича ўзбек тили адабиётлар сонини кўпайтириш, ёки бошқа тилда ёзилганларини таржима қилиш ва мактабгача тарбия ҳамда мактабларга етказиш;

  2. сузиш ҳавзалари бор бўлган мактабгача таълим муассасалари ва умумтаълим мактабларида сув ҳавзасидан аниқ мақсад йўлида фойдаланиш;

  3. сузиш ҳавзалари мавжуд бўлмаган умум таълим мактаблари ўқувчиларни мактаб раҳбарияти билан келишган ҳолда яқин атрофдаги сув ҳавзасига олиб бориб, амалий дарсларни ўтишга эришиш;

  4. ёшларда орасида сузишга бўлган қизиқишни уйғотиш мақсадида Республикамиз ҳамда хорижий давлатларнинг сузувчилари ҳаёти ва натижалари ҳақида маълумотлар бериб бориш;

  5. сузиш ёшларнинг жисмонан соғлом бўлиши ва маънавияти юксалишида муҳим аҳамиятга эга эканлигини ота-оналар, болалар онгига сингдириш.

Ёшлар орасида сузишнинг соғломлаштирувчи аҳамиятини назарда тутган ҳолда спорт мураббийлари, ота-оналар, кенг жамоатчилик бирлашиб, юқорида берилган таклифларни амалга оширишса ва якдил ҳаракат қилишса: Ёшларнинг сузишга нисбатан ижобий тасаввурлари кенгаяди; Ёшлар орасида соғлом турмуш тарзи шаклланади; Ёшлар орасида спорт билан шуғулланувчилар сони кўпаяди; Сузиш дарслари самарали ташкил этилади; Энг асосийси, миллат генофондини шакллантириш, баркамол авлодни яратиш ва тарбиялашдек буюк мақсадлар амалга оширилади.
ПРОЕКТИВ МЕТОДИКАЛАР ШАХС ҲАҚИДА МАЪЛУМОТ ТЎПЛАШ ВОСИТАСИ СИФАТИДА
С.Жалилова, Д.Маҳмудова, ТДПУ

Психология фани ва амалиётида шахсни ўрганишнинг проектив методикалари алоҳида ўринга эга. Унинг юзага келиши ва ривожланишида шахс, унинг ички дунёсини билиш имконияти ҳақидаги ғояларга бўлган психологик қарашлар эволюцияси акс этади. Ярим асрлик ривожланиш тарихига эга проектив психология бугунги кунда инсон ҳақидаги психологик билим соҳаларидан бири бўлиб, уни ўзлаштирмай шахс ҳақидаги яхлит тасаввурларни шакллантириш мумкин эмас. Шахсни тадқиқ қилишнинг проектив методи проекцияларни аниқлаш ва тасвирлашга асосланган.

“Проекция” тушунчаси дастлаб З.Фрейд томонидан субъектнинг онгли ва онгсиз тарзда кўчирилган шахсий хусусиятлари, ташқи объектларга нисбатан ҳолатларнинг мазмунини ифодалаш учун қўлланилган. Проекция лотинча “proectio” сўзидан олинган бўлиб, олдинга ирғитиш, ташлаш маъносини билдиради. Шахсни ўрганишнинг проектив методи эксперимент натижаларига асосан проекцияларни аниқлаш ва сўнгра уларни таҳлил қилишни кўзда тутади(4).

Проекция тушунчасини тавсифлаш “Мен”нинг ҳимоя механизмлари билан узвий боғлиқ. Проекция сублимация, рационализация, сиқиб чиқариш билан бир қаторда ҳимоя механизмларидан бири сифатида қаралади. Проектив методлар ёрдамида инсон проекцияларининг психологик механизмлари ўрганилади. Г.С.Фриман проекцияни: Онгсизлик ҳолати, яъни инсоннинг бу ҳолатда бошқа кишиларнинг ғоя, қараш, истак, эмоция ёки характер ҳислатларини ўзига олиши сифатида; Ўз шахсий эҳтиёжларини бошқаларга кўчириш сифатида; Қандайдир тажрибага асосланган нотўғри хулоса чиқариш сифатида қарайди.

Проектив методлар текширилувчини шундай ҳолатга қўядики, бунда унинг шахсий эҳтиёжлари, унинг ўзига хос идроки, тавсифлари ва кўпгина характер ҳислатлари намоён бўлади. Проекция сўзли ассоциациялар, тугалланмаган жумлалар, расм ва доғлар, текширилувчининг чизган расмлари каби вербал ҳамда расмли методларнинг барчасини қўллаганда кузатилади.

Проекция воқеликни, одамларни, намоён қилинган стимулларни идрок этиш муайян даражада шахснинг психик ҳолати, эҳтиёж, мотив, установкаларига асосланган. Бунда воқеликни шахснинг психик ҳолати, эҳтиёжлари, хусусиятларига мос равишда тавсифлаш тенденцияси мавжуд. Проекция англанмаган психологик механизм ҳисобланади, яъни проекция элементлари онгсиз тарзда идрок қилинади.

Проектив методикаларнинг асосий, ўзига хос хусусияти- фойдаланиладиган стимулларнинг кўп маъноли, ноаниқ эканлигидир. Бироқ, текширилувчига тавсия қилинадиган стимул (расм, ранг, доғ, вербал информация бўлишидан қатъий назар) ноаниқ, кўп маъноли эканлигига қарамай объектив характерга эга ва субъект томонидан яратилган образ ёки юзага келган вазиятга киритиладиган муайян хусусиятларга эга. Олинган натижалар текширилувчи шахси ҳақидаги билимлар, уни психологик жиҳатдан чуқур ўрганиш асосида, шунингдек, психодиагностиканинг бошқа методларини қўллаган ҳолда тавсифланиши зарур.

Проектив методикалар тарихи 1904-1905 йилларда К.Юнг томонидан яратилган сўзли ассоциациялар тестига бориб тақалади. Бу методикани яратиш билан Юнг шахснинг онгсизлик ҳолатидаги кечинмаларини ассоциатив диагностика қилиш мумкинлигини кўрсатиб берди. Кейинчалик ассоциатив тестнинг турли вариантлари айбдорлик ҳиссини аниқлаш (ёлғон детектори, М.Вертгаймер ва А.Р.Лурия), нормани патологиядан ажратиш ва бошқалар учун қўлланилди. Тугалланмаган ҳикоя ёки гап тести ҳам Юнгнинг ассоциатив тестидан келиб чиққан деб ҳисобланади(3).

Проектив диагностиканинг келиб чиқиши 1921 йилда Г.Роршах томонидан Бернда, немис тилида “Психодиагностика” асарининг нашр қилиниши билан боғланган. Ўзи рассом бўлишига қарамай, Герман Роршах санъат ва рассомлик тарихи билан кўпроқ қизиқарди. Унга маълум бўлишича, буюк Леонардо да Винчи ўз ҳаёлини осмондаги булутлар, улардаги турли шаклларни узоқ вақт давомида кузатиш ва уларни таҳлил қилиш орқали машқ қилдирар эди. Бу хусусият, яъни атрофимиздаги предметли дунёни “жонлаштириш” барчага, айниқса рассомлар ва ёш болаларга хос бўлган хусусиятдир.

Г.Роршахнинг таҳминига кўра, сиёҳ доғлари, яъни кўришга йўналтирилган сиёҳ доғлари мотор (ҳаракат) фантазияларини жонлантиради.

Г.Роршахдан аввал сиёҳ доғлари билан бошқа психологлар, асосан, Россияда Ф.Е.Рибаков; Францияда А.Бине ва В.Анри эксперементлар ўтказишган. Бироқ Роршах биринчи бўлиб фантазия образларининг шахс асосий сифат ва ҳислатлари билан алоқасини исботлаб берди. Роршах ғоя ва тадқиқотлари ҳозирги кунда 2 йирик йўналишда – Америка (Beck, Klopfer, Davidson, Rapoport) ва Европа (Bohm, doosli-listeri) йўналишларида намоён бўлади(3).

Россияда Роршах тестини қўллашга дастлабки уринишлар ХХ асрнинг 20-30 йилларига тўғри келиб, у асосан шахс аномал хусусиятларини аниқлаш, невроз ва психопатиялар диагностикаси, шунингдек, эпилепсия касаллигини тадқиқ қилишда фойдаланилди. 40-йиллардан бошлаб Роршах тести педагогларнинг тадқиқот ва клиник-диагностик ишларида кенг татбиқ қилина бошлайди. Дастлабки методик қўлланмалар юзага келади.

Бу тестдан ташқари проектив методикалар қаторига 1935 йилда дастлаб журналларда нашр қилинган тематик апперцепцион тестини ҳам (ТАТ) киритиш мумкин. Бу тест фантазияни экспериментал ўрганиш методикаси сифатида юзага келди. Унинг муаллифи Г.Мюррей ҳисобланади. Роршах тести сингари бу тестнинг ҳам ўз тарихи мавжуд. Педагог ва психиатрларга теширувчилар учун махсус танлаб олинган сюжетли расмлар асосида тузилган ҳикояга қараб, инсоннинг қизиқишлари, майллари ҳақида хулоса чиқариш мумкинлиги олдиндан маълум бўлиб, баъзида эса психиканинг касаллик ҳолатини ҳам аниқлаш имкони мавжуд эди. Бир қарашда ТАТ фикри, Г.Роршах ғоясига қараганда анча содда ва аниқ кўринар бироқ бунда “муаллиф”нинг айнан қайси шахсий тажрибаси унинг “қаҳрамон”лари тақдири ва портретини тўғридан тўғри акс этади-ю, ва қайсилари қарама-қарши маънода акс этишини тушуниш мураккаб эди.

Проектив методикалар турли-туман. Улар бир-биридан тубдан фарқ қилади. Бироқ шуни назарда тутиш жоизки, проектив методикани тавсифлаш муайян психологик билимларни, махсус назарий тайёргарликни ва методикани қўллаш бўйича амалий тажрибани тақозо қилади.

Фойдаланилган адабиётлар:


  1. Елисеев О.П. Практикум по психологии личности. Санкт –Петербург, 2001.

  2. Немов Р.С. Психология. М.,2003.

  3. Общая психодиагностика. Под.ред. А.А.Бодалева, В.В.Столина. М,2007.

  4. Психологическая диагностика. Под ред.Акимова,Гуревича. Санкт –Петербург., 2005.

  5. Практическая психология. Под.ред. М.К.Тутушкиной. Санкт –Петербург., 2001.


Каталог: downloads
downloads -> Правила соревнований международная Ассоциация Бокса [Преамбула]
downloads -> Бехаалотха Когда будешь зажигать Числа 8,1 12,16
downloads -> Жастарды еңбекке тәрбиелеудегі қазақ халқының Ұлттық салт-дәСТҮрлері. Шалғынбаева Қадиша Қадырқызы
downloads -> График проведения аттестации педагогических работников №
downloads -> Ғылыми кеңесшісі: тарих ғылымдарының докторы, профессор, Қр білім және ғылым министрлігінің Р
downloads -> Қазақстан Республикасының юнеско және исеско істері жөніндегі Ұлттық комиссиясы
downloads -> Жүйесінде пайдалану ТҰжырымдамасы алматы, 2004 ббк 74. 200. 52 Ш 21
downloads -> Қазақстан республикасы Білім және ғылым министрлігі


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40


©netref.ru 2019
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет